Sof achitkining texnologik tavsifi.
Ishlab chiqarishda birinchi bijg‘itishda
olingan cho‘kmadani achitqisi birinchi generatsiyaning ekin achitqisi deyiladi. 1-chi,
2-chi generatsiyadan 10-chi generatsiyagacha achitqini ishlatish mumkin.
(Generatsiya-nasl, avlod, tug‘ilish, yuzaga kelish).
Achitqili pivo sharbati (suyuk achitqi) bijg‘itish sig‘imidagi suyuklikka
qo‘shiladi. Sig‘im hajmining 85-90 % ikki-uchga bo‘lib to‘ldiriladi.
Asosiy bijg‘ishning 1-bosqichida sharbat yuzasida mayin oq ko‘pik hosil
bo‘ladi va unga «zabel» deyiladi. (Zabel-oqarmok, oqatirmoq). Oqarish - 1-1,5 kun
davom etib, achitqi xujayralari aktiv ko‘payib sharbatning ekstraktivligi kuniga 0,2-
0,5%-ga kamayib boradi. O‘simlik va hayvon tanasidagi oqsil bo‘lmagan organik,
moddalar ekstraktiv moddalar taribiga iradi.
Ikkinchi bosqich past chirmov davri (period nizkix zavitkov)-qalin, ok ixcham
ko‘tarilayotgan ko‘pik bilan ifodalanadi). Uning tashqi ko‘rinishi - oq rangli
chiroylik shakldagi chirmov. Ikkinchi bosqich 0,5-1 kun davom etadi.
Uchinchi bosqich-baland chirmov davri bo‘lib, u yuqori bijg‘ish tezligi,
intensivligi bilan xarakterlanadi. Kuniga ekstraktning kamayishi 1-1,5% tashkil
qiladi. Ko‘pik po‘kak tepaga baland ko‘tariladi va yuzasida o‘ziga xos jigar rangli
nuxtalar paydo bo‘lib, asta sekin bijg‘iyatgan sharbat yuzasi to‘liq bo‘yaladi, va bu
bosqich 3-4 kun davom etadi.
To‘rtinchi bosqich chirmovniig to‘kilishi davri, chirmovning asta-sekin
to‘kilishi, yo‘qolib ketishi bilan xarakterlanadi va ikki kun davom etadi. SHarbatning
yuzasi yupqa jigar rang qatlam bilan tortiladi, davomi 2 kun. Kuniga sharbatning
ekstraktivligi kuniga 0,5-2%-ga kamayadi. Achitqi cho‘kmaga tushib pivo tinadi.
Shu bosqichni oxirgi mahsulotiga yosh pivo deyiladi. Kandlarni spirtli bijg‘ishida
bijg‘iyotgan muhit harorati ko‘tariladi, chunki 1 kg qand bijg‘iganda 628 kDj issiklik
chiqadi. Harorat ko‘tarilib ketmasligi uchun bijg‘iyotgan pivo sharbati sovitiladi. Past
haroratda eruvchan SO
2
-ni to‘planishini ta’minlanadi va 0,2% SO
2
-ni to‘planishini
ta’minlaydi. Ekstrakt moddalarining bijg‘ish mahsulotlariga aylanishi sababli,
bijg‘ish jarayonida ekstrakt moddalar kamayib boradi. Bu aylanish kattaligi bijg‘ish
darajasi deyiladi va foizda ifodalangan bo‘lib bijg‘igan ekstraktni suslodagi
ekstraktga nisbati deb aniqlanadi.
X=(E-e)100/E bu erda:
E-boshlangich pivo sharbatining ekstraktivligi
E-yosh yoki tayyor pivoning ekstraktivligi
Bijg‘iyotgan pivo yoki suslodagi spirt va dioksid borligida aniqlangan ekstrakt
«ko‘rinadigan» ekstrakt deyiladi. Haqiqiy ekstrakt-spirt va SO
2
cheklangan pivo va
bijg‘iyotgan susloda piknometrik usul bilan aniqlanadigan ekstraktdir. Bijg‘ish
davomi suslodagi ekstrakt moddalar miqdoriga qarab 11-13% bo‘lsa 7 kun, 14-18%
bo‘lsa, 8-10 kun davom etadi. Ekstrakt moddalarning kamayishi kuniga 0,15-0,20%
bo‘lsa asosiy bijg‘ish tugadi deb hisoblasa bo‘ladi.
Asosiy bijg‘ish tugagach, yosh pivo bijg‘ishni davom etib tugatishi va pivo
etilishi uchun germetik yopiq sig‘imlarga quyiladi. Achitqi chetlanib achitqi
bo‘limiga, yuvish va ishlov berishga yuboriladi. Ishlab chiqarish achitqisi bijg‘itish
qobilyatini, bijg‘itish xususiyatini o‘zgartirsa yoki mikroorganizmlar o‘z tozaligini
yo‘qotsa toza achitqi ekini yangilanadi.
Davriy va o‘zluksiz bijg‘itish usullari mavjud. Bijg‘ish davom etilganda achitqi
va kislorod borlig‘i pivoni hidini, rangini va muattarligini buzadi. Bijg‘ish davomida
pivo sharbatining ekstraktini kamayishi, spirt, SO
2
ko‘payishi kuzatiladi.
1.
Nazorat savollar
Sof achitqi ekini nima
2.
Nima uchun pivo sharbati sovutiladi
3.
Ekstraktni pivo sifatiga ahamiyati
4.
Kulmoqning vazifasi nimada,
5.
Undirilgan arpani pivo ishlab chiqarishda qo‘llashdan maqsad
Tayanch so‘z va iboralar
Pivo, pivo sharbati, zator, pivo achitkisi, arpa, xmel, solod, undirish, sof achitki
ekini, bijg‘ish, bijg‘ish boskichlari, solod fermentlari.