Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
12.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o`ziga xos 
xususiyatlari. Bank tizimi va uning elementlari.  
Kredit  tizimi  deb  kredit  munosabatlar  majmuasi  va  kredit 
munosabatlarni tashkil kiluvchi va amalga oshiruvchi kredit institutlar 
yigindisiga  aytiladi.  Kredit  tizimi  orkali  xukukiy  va  jismoniy 
shaxslaryaing  vaktincha  bo`sh  mablag’lari  yig’iladi  va  korxona, 
tashkilotlarga, davlatga vaktincha foydalanishga beriladi. Kredit tizimi 
bir  necha  bo`g’inlardan  iborat  bo`lishi  mumkin.  Mablatlarni  jalb 
kilishi  va  taqsimlanishiga  qarab  kredit  tizimi  bo`g’inlari  o`z 
xususiyatlariga  ega  kiladi.  Jahon  amaliyotida  kredit  tizimi  o`zinikg 
tashkil qilinish turiga qarab quyidagi guruxlarga bo`linadi. 
• Markaziy bank 
• Tijorat banklar 
• maxsus-kredit institutlar 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ikki  pog’onali  kredit  bank  tizimi 
ko`p  mamlakatlar  iqtisodining  asosi  hisoblanadi.  Bu  Markaziy  bank, 
bank institutlari va nobank kredit muassasalaridir. 
Bank institutlariga quyidagi banklar kiradi: 
– tijorat banklar; 
– investitsiya banklari; 
–  jamg’armalar  jalb  qiluvchi  banklar  (O`zbekistonda  Xalq 
banki); 
– ipoteka banki; 
– savdo banklari; 


213 
 
– tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha banklar;  
– tarmoqlar bo`yicha ixtisoslashgan banklar va boshqalar. 
Nobank kredit tashkilotlarga: 
 – investitsiya kompaniyalari; 
– sug’urta kompaniyalari; 
– nafaqa va boshqa fondlar kiradi. 
O`zbekiston  Respublikasi  konunlariga  asosan  bank  -  tijorat 
muassasasi bo`lib, jismoniy va xukukiy shaxslarning bo`sh turgan pul 
mablag’larini jalb kilish va ularni o`z nomidan, tulovlilik, muddatlilik, 
kaytib  berish  sharti  asosida  joylashtirish  operatsiyalarini  va  boshka 
bank operatsiyalarini bajaradi. 
Banklar  -  tovar-pul  xujaligining  ajralmas  atributidir.  Tarixan 
bular  yonma-yon  rivojlanib  keldilar.  SHuning  uchun  kiymatning  pul 
shaklining  muomalasining  boshlanishi  bank  ishining  boshlanishi  deb 
hisoblash,  xamda  bank  faoliyatining  rivojlanishidagi  etukligi  doimo 
iqtisodiyotdagi  tovar-pul  alokalarining  rivojlanish  darajasiga  mos 
kelgan. 
 
Banklar-moliyaviy  bozorning  tashkiliy  tuzilishining  bir 
qismi bo`lgan kredit tashkiloti bo`lib, jismoniy va yuridik shaxslarning 
vaktinchalik  bo`sh  turgan  pul  mablag’larini  jamg’rish,  yig’ish, 
jamlangan (akkumultsiya kilingan) mablag’larni o`z nomidan kaytarib 
berishlilik, 
muddatlilik 
asosida 
berish 
xamda 
mijozlarning 
topshirig’iga  ko`ra,  to`lovlarni  amalga  oshirish  vazifalarini  amalga 
oshiradilar. 
 
Bu  «bankning  ilk»  belgilari  bo`lib,  ular  aslida  tarixan 
banklarning  shakllanishidagi  3  asosiy  yo`nalishni  o`zida  aks  ettiradi. 
Ma`lum  bir  shartlar  asosida  ushbu  yo`nalishlarga  cherkovlarning 
o`zlariga  topshirilgan  pul  mablag’larini  saqlab  berishni  ta`minlash 
faoliyatini, sudxurlik kreditlarini, keyinchalik ularning tijorat kreditiga 
aylanishini, almashtiruv (menyali) «stollarining» idoralarining «xisob-
kitob»  va  valyuta  bilan  faoliyatlarini  mumkin.  Xaqiqatda  esa  oxirgi 
yo`nalish bu tashkilotlarga nom berish uchun asos bo`lib xizmat kildi. 
Banklar ma`lum belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`linadi. 
•  mulk  shakliga  qarab:  aktsioner,  noaktsioner,  kooperativ, 
kommunal, davlat, aralash, xalkaro banklarga bo`linadi; 
• kredit beruvchi banklarga; 
• milliy mavkei bo`yicha: milliy va xorijiy banklarga; 


214 
 
•  faoliyat  ko`rsatishi  va  bajaradigan  funktsiyalariga  qarab: 
depozit, universal, ixtisoslashgan banklarga bo`linadi. 
Aktsioner  banklar  aktsioner  kompaniyalar  sifatida  yuzaga 
kelgan  banklar  bo`lib  aktsiyalar  chiqarish  xisobidan  ular  kapitalining 
asosiy  qismi  yuzaga  keltiriladi.  Ko`pgina  rivojlangan  mamlakatlarda 
bank tizimining asosiy qismini aktsioner banklar tashkil qiladi. 
Noaktsioner  banklar  paychilar  mablag’lari  xisobidan  tashkil 
kilingan  banklar  bo`lib,  ular  bir  yoki  bir  necha  shaxs  ixtiyorida 
bo`lishi mumkin. 
Mayda  ishlab  chikaruvchilar,  xunarmandlarning  faoliyatini 
qo`llab-quvvatlash  maqsadida  kooperativ  banklar  tashkil  kilinadi.  Bu 
banklarning  mablag’lari  ishtirokchilarning  mablag’lari  xisobidan 
vujudga  keltiriladi  va  mijozlarga  ularning  faoliyatini  rivojlantirish 
uchun 
engil 
sharoitda 
kredit 
beriladi. 
Kommunal 
banklar 
ixtisoslashgan  kredit  tashkilotlar  bo`lib,  kommunal  xujalik  va  uy-joy 
qurilishini kreditlash
 va 
moliyalashtirish bilan shug’ullanadi. 
Davlat  banklari  davlat  ixtiyorida  bo`lgan  kredit  muassasa  bo`lib, 
o’zining  birinchi  kurtaklari  kadimiy  Rimda,  Egipetda,  keyinchilik 
XVI-XVII asrlarda Evropada vujudga kelgan.  
Ixtisoslashtirilgan  banklarning  turdagi  sifatida  investitsiya, 
jamg’arma,  rivojlanish  va  taraqqiyot  banklarini  keltirish  mumkin. 
Kredit  tizimining  yana  bir  kismi  nobank  kredit  muassasalari  bo`lib, 
davlat va korxonalarni   moliyashtirishi,   uzoq   muddatli   kreditlash   
bilan shug’ullanadi.  

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish