12.3. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi.
Kredit - bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy
isloxatlarni
amalga
oshirilishining
ajralmas
belgilaridan
(xususiyatlaridan) biridir. Bu shu bilan ta`kidlanadiki, bank tizimi xar
qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil qiluvchi
unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaktinchalik bo`sh turgan pul
mablag’larini akkumulyatsiya qilish funktsiyasini amalga oshiradi.
Bank tizimining muvoffakiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat
ko`rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o`sish bog’liq
bo`ladi. Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saklab beruvchi, kredit-
xisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi
muassasalarga aytiladi.
215
Agar mamlakatda etarli darajadi bank faoliyatini ko`rsatayotgan
banklar, kredit tashkilotlar xamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo`lsa
u xolda bank tizimi mavjudligi to`g’risida gap yuritsa bo`ladi. Ushbu
sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida xamda doimo
o`z mijozlari- iqtisodiyot sub`ektlari, Markaziy bank, boshka organlar,
davlat xokimiyatlari va davlat boshkaruv organlari, o`zaro yoki
yordamchi tashkilotlar bilan mulokotda (munosabatda) bo`lib
turadilar.
Bank tizimi - tashkiliy to`zilma sifatida yirik tizim bo`lib -
mamlakatningiqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki,
banklarning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy
ne`matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste`mol qilish bilan bog’liq
xolda ko`rib chiqish zarurdir. O`zining amaliy faoliyatida banklar
xo`jalik xayotini tartibga solish mexanizmi bilan o`zviy ravishda
bog’liq.
Tijorat banklarini belgilariga qarab quyidagi turlarga bo`lish
mumkin. Mulkchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga,
aktsiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintakaviy, aralash
mulkchilikka asoslangan bankka bo`linadi. Aktsiyador
banklar
aktsiyador jamiyat kabi ochik turdagi yoki yopiq turdagi aktsiyador
banklar bo`lishi mumkin. Aktsiyadorlar safiga kirish aktsiyalarni sotib
olish yuli bilan amalga oshiriladi. Hukukiy va jismoniy shaxslar
banklarning aktsiyalarini sotib olishi va aktsiyadorlar bo`lishi
mumkin.
Ba`zi tijorat banklari paylar (badallar) xisobidan tashkil
qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari xam xuquqiy
va jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin.
Xususiy banklar - jismoniy shaxsning pul mablag’lari xisobidan
tashkil qilingan banklar xisoblanadi.
Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalkaro, respublika,
mintakaviy, viloyat banklariga bo`linishi mumkin.
Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar - universal va
maxsus banklarga bo`linadi.
Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, xar xil
xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo`ladi. Maxsus banklar
ma`lum yo`nalishlarga xizmat ko`rsatib, o`z faoliyatini shu
yo`nalishlarda yutuklarga, samaradorlikka erishishga bag’ishlaydi.
Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko`rsatuvchi banklar, eksport-
216
import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari,
ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin.
Segmentlangan bank to`zilmasi tijorat va nobank kredit
tashkilotlariga faoliyat muxitini (operatsiyalarini) qat`iy qonuniy
tomonidan chegaralab ko`yilishini bildiradi. Bunday xolat xozirda
AKSH, YAponiya, Kanada kabi davlatlarda mavjud bo`lib ularda
korparativ
mijozlarning
qimmatli
qog’ozlarni
chiqarish
va
joylashtirish operatsiyalari bilan shug’ullanishlari taqiqlanadi. Biroq,
bugungi kunda AKSH 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stegal qonuni
bekor qilinishi kutilmoqda. Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir
yoki ikki pog’onali bank tizimi xosdir. Bir pogonali bank tizimi
varianti mamlakatda yagona markaziy bank xali mavjud bo`lmasa
yoki bitta markaziy bankdan iborat bo`lsagina real (xaqikatda) mavjud
bo`lishi mumkin.
Ammo tsivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga
ikki pog’onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog’ona banklari-bu
Markaziy bank, ikkinchi quyi pog’ona esa-tijorat banklari va kredit
tashkilotlaridir. Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo`lgan barcha
davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil kiladi. Markaziy
bankning
moliya
bozoridagi
o`rni
mamlakatda
bozor
munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o`z navbatida ikki pogonali bank tizimini shakllanishiga
asosiy omil bo`lib xisoblanadi. CHunki buning tepasida Markaziy
bank bo`ladi. Ikki pogonali bank tizimining zarurli bozor
munosabatlarining
qarama-qarshiliklaridan
kelib
chiqadi.
Bir
tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish
xuquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali
amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma`lum
miqdorda tartibga solish nazorat kilish maksadli yo`naltirish zarur.
Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
Bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan
faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O`zbekiston Respublikasi Tijorat
banklari Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida
faoliyat olib boradilar. Ularga qo`shimcha retsenziya zarur emas
(fakat valyuta operatsiyalaridan tashqari). Bozor iqtisodiyoti va jaxon
xo`jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi xam rivojlana bordi. Xozirgi
sharoitda banklar tobora ko`proq faqat sof bank operatsiyalarini
bajaradigan emas.
217
Tijorat banklari kuyidagi operatsiyalarni bajaradi:
- passiv operatsiyalar;
- aktiv ssuda operatsiyalari;
- bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;
- bankning o`z mablag’lari xisobidan amalga oshiradigan
operatsiyalar va boshqalar.
Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko`rsatadigan
moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks
ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar
valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida
maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar.
Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi. Xozirgi paytda
yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat
ko`rsatmokda.
O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati
to`g’risida»gi qonunda tijorat banklarining quyidagi operatsiyalari
qayd qilingan:
1.
Mijozlarning xisob varaqalarini olib borish:
2.
Mijozlarga kassa xizmati ko`rsatish:
3.
Mijozning topshirig’iga binoan nakd pulsiz xisob-
kitoblarni bajarish:
4.
Qisqa yoki uzok muddatli kreditlar berish:
5.
SHartnoma
yoki
pullik
asosida
buyurtmachining
topshirig’iga binoan kapital quyilmalarni mablag’ bilan ta`minlash:
6.
Bo`sh pul mablag’lari-depozitlarini muomalaga jalb
kilish:
7.
Axolidan omonatlarni kabul kilish:
8.
Faktoring operatsiyalarini amalga oshirish:
9.
Lizing operatsiyalarini amalga oshirish:
10.
Tijorat banki davlatning xamda boshkalarning kimmatli
kogozlarini xarid kilish va sotish:
11.
Xorijiy valyuta va kimmatli metallarni xarid kilish va sotish:
12.
O`z mijozlari uchun kafolat va majburiyatlar berish:
13.
Byudjetning kassa ijrosini bajarish:
14.
Bank operatsiyalari bo`yicha maslaxatlar berish va boshqa
operatsiyalar.
Ular orasida eng ko`p tarkalgani veksellarni xisobga olish
usulidir. Bank veksel saklovchidan nakd xisob-kitob kilish yo`li bilan
218
veksel sotib oladi. Unda qayd etilgan summadan xisobga olish foizini
- ko`rsatilgan xizmat uchun xaq ushlab qoladi. Veksel bo`yicha tulov
muddati kelganida bank uni vekselni sotgan veksel’ saklovchiga emas,
balki vekselni bergan shaxsga takdim etadi.
Qimmatli qog’oz garovga olinib, beriladigan ssudalar,
shuningdek mana shunday qog’ozlarni xarid qilish bo`yicha
operatsiyalar fond operatsiyalari deb yuritiladi.
Tovar evasiga beriladigan ssudalar omborlar yo`ldagi va savdo
aylanmasidagi bo`lgan tovarlarni garovga olib takdim etildi. Ssudalar
o`z muddati to`lanmagan hamma xollarda garovga qo`yilgan qimmatli
qog’ozlar va tovar moddiy boyliklari bank ixtieriga mulk bo`lib o`tadi.
To`lov qobiliyatiga shubxa yo`q yirik mijozlarga bank xech kanday
ta`minotsiz ssudalar eki bank kreditlari deb ataladigan qarzlar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |