11.4.Kreditning bahosiga ta`sir qiluvchi omillar.
Bankning foiz siyosati kredit siyosatining asosiy bo`limi
hisoblanadi. Bu siyosat turli kreditlar va qarzdorlar bo`yicha
belgilanuvchi foiz stavkalarini aniqlashda foydalaniladigan quyidagi 3
omillarni o`z ichiga oladi:
1.
O`zbekiston
Respublikasi
Markaziy
bankining
qayta
moliyalashtirish stavkasi;
2.
kredit resurslari (o`z va jalb qilingan mablag’lari) manbalari;
3.
kreditlash, qarzdorlar turlari va yo`nalishlari
Kreditlarni bahosiga quyidagi omillar ta`sir etadi.
Bank
tomonidan
berilgan
kreditlarning
iqtisodiyotning
tarmoqlari o`rtasida joy lashtirilganlik holati.
•
Ushbu yo`nalishning ahamiyati shundaki, tijorat banklari
kredit portfelini diversifikatsiya qilishning asosiy mezonlaridan biri
kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga ko`ra joylashtirilganligi
hisoblanadi. SHu jixatdan olganda, ushbu yo`nalish kredit siyosatining
samaradorligini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omillardan biri
hisoblanadi.
II. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va o`zoq
muddatli kreditlarning o`zaro nisbati.
Tijorat banklari faoliyatining mazmuniga ko`ra, avvvalo, qisqa
muddatli
kreditlash
institutlari
hisoblanadi.
Ular
xo`jalik
sub`ektlarining aylnma mablag’larga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishda
muhim rol’ o`ynaydi. Ko`pchilik rivojlanayotgan davlatlarda
inflyatsiya darajasining nisbatan yuqori va nobarqaror ekanligi tijorat
banklarining
kredit
portfelida
qisqa
muddatli
kreditlarning
salmog’ining yanada oshishiga sabab bo`ladi.
Inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori bo`lmagan va barqaror
bo`lgan sharoitda o`zoq muddatli kreditlar xajmini oshirish tijorat
banki daromad bazasini mustaxkamlashning sinalgan usullaridan biri
hisoblanadi.
204
III. Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida
muddati o`tgan kreditlar salmog’ining o`zgarishi.
Tijorat banklari tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida
muddati o`tgan kreditlar salmog’ining o`zgarishi kredit siyosatining
samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda bank amaliyotida, xususan, G’arbiy
Evropa davlatlarining bank amaliyotida muddati o`tgan kreditlar jami
kredit qo`yilmalari hajmidagi salmog’ini 3 foizdan oshmasligi normal
xolat hisoblanadi. Bu ko`rsatkichning yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan
chegaraviy miqdori 5 foizni tashkil qiladi.
IV. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli
daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta`minlash.
Tijorat bankining moliyaviy barqarorligini ta`minlashning
birlamchi omillaridan biri kreditlardan olingan foizli daromadlarning
jami foizli daromadlar hajmidagi yuqori va barqaror darajasini
ta`minlash hisoblanadi. Buning boisi shundaki, kreditlash tijorat
banklari faoliyatining asosiy yo`nalishi hisoblanadi. SHuning uchun
banklar yalpi daromadining asosiy qismini kreditlash faoliyatidan
olishlari lozim.
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi.
Kreditlash shakllaridan to`laqonli tarzida foydalanish kredit
siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash shakllari bankning kreditlash
imkoniyatini oshirishga bevosita ta`sir qiladi. Hozirgi vaqtda,
respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan
foydalanilmoqda. Bo`lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan kredit
liniyasi ochmasdan turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft,
kontokorrent, kredit liniyasi ochish yo`li bilan kreditlash, forfeyting
shakllaridan foydalanilmayotganligi ularning kredit siyosatining
samaradorligiga salbiy ta`sir qiladi.
VI. Foizlarni o`stirmaslik maqomiga ega bo`lgan kreditlar va
ularga hisoblangan foizlar miqdoining o`zgarishi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2
dekabrdagi “Tijorat banklarining kreditlari bo`yicha foizlarni
o`stirmaslik siyosati to`g’risida”gi Nizomga ko`ra, banklar quydiagi
hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to`xtatadilar:
205
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning
asosiy summasini va foizlarni to`lash 90 kun va undan ortiq muddatga
kechiktirilgan holda, yaxshi ta`minlangan va tiklash jarayonidagi
kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning
asosiy summasini va unga hisoblangan foizlarni to`lash 90 kun va
undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta`minlangan va
tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan
fozlarni qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat`iy
nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda.
Foiz hisoblash to`xtatilgan kundan boshlab hisoblangan
foizlar summasi tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib
tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar hisobraqami
debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar”
hisobraqami kreditlanadi.
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob`ektlaridan
foydalanish samaradorligi.
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni
garov asosida berish kredit siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri
hisoblanadi. SHu sababli, garov ob`ektlaridan unumli foydalanish
masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy
e`tibor garov ob`ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz
summasi va ularga hisoblangan foizlarni undirishga qaratiladi.
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs
manbalariga ega ekanligi
.
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish
imkoniyati bevosita ularni etarli darajada kredit resurslari bilan
ta`minlanganligiga bog’liq.
Hozirgi kunda kredit siyosatini to`zishda har bir tijorat banki
mustaqil bo`lib, ular kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini
takomillashtirib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo`jalik
sub`ektlarini kreditlash funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega
bo`lganligi uchun banklar faoliyatining samaradorligi va likvidliligini
ta`minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini turli
ishlab chiqishga e`tibor berish zarur. Banklar oladigan daromadlar
uning aktiv operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli
206
vujudga kelishi banklar tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va
o`tkazishni taqazo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |