48
Kompensatsiya
miqdorlarini
belgilash
chog‘ida
xodimlarning
shaxsiy
avtomobillaridan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik
uchun kompensatsiya to‘lash tartibiga
(Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi
154-son qaroriga 3-ilova)
amal qilish kerak. Mazkur tartibda to‘lovning chegaralangan
me’yorlari belgilangan.
Kompensatsiya summasi hisoblanganda avtomobilning rusumiga qarab, eng kam ish
haqiga karrali miqdordan kelib chiqib, bir oy uchun to‘lov me’yorlari hisobga olingan.
Ular:
GAZ-24, 31 uchun - EKIHning 6
baravari;
VAZ, Neksiya, Moskvich uchun - EKIHning 5 baravari;
Tiko uchun - EKIHning 3 baravari;
boshqa xorijiy rusumlar uchun - EKIHning 4 baravarini tashkil qilgan.
Mazkur ro‘yxatda ko‘rsatilmagan rusumlardagi avtomobillar bo‘yicha korxonalar
kompensatsiya summasini mustaqil ravishda (xodim bilan kelishib), yonilg‘i-moylash
materiallarini xarid qilish, texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlaridan, bir oydagi avtomobil
amortizatsiyasi summasidan kelib chiqib belgilaganlar.
2011 yilda Prezidentning 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son qarori
(32-ilova)
bilan kompensatsiya to‘lashning chegaralangan summalari avtomobil dvigatelining
quvvatiga bog‘liq holda (uning rusumidan qat’i nazar) quyidagicha belgilandi:
100 ot kuchidan yuqori - bir oy uchun eng kam ish haqining 4,5 baravari;
70 dan 100 ot kuchigacha - EKIHning 3,5 baravari;
70 ot kuchigacha - EKIHning 2 baravari.
Dvigatelning quvvati ishlab chiqaruvchi zavodning hujjatlarida, texnik pasportda
ko‘rsatiladigan avtomobilning texnik ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi. Shaxsiy
avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya oluvchi xodim buxgalteriyaga texnik
pasport nusxasini taqdim etishi shart. Masalan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
avtomobillar dvigatel quvvatining quyidagi parametrlariga (ot kuchida) egalar:
Matiz
Epica
Spark
Nexia
M, MX
BEST
LS
LT
L, LS
LT
SOHC
1.5
DOHC
1.6
49
62
143
156
68
81
75
108
Captiva LTZ (AT)
Lacetti
Damas
Tico
230
121
38
41
Rossiyada ishlab chiqarilgan ayrim avtomobillar bo‘yicha dvigatelning ot kuchidagi
quvvati quyidagilarni tashkil qiladi:
VAZ
GAZ
Moskvich
2107
2110
Niva
31
24
407 1.4
72
69
80
150
98
45
49
Tegishincha, EKIH 49 735 so‘m bo‘lganda Lacetti avtomobilidan foydalanganlik
uchun kompensatsiyani to‘lash me’yori oyiga 223 807,5 so‘mni tashkil qiladi va hokazo.
Korxona o‘zining Moliyviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, kompensatsiyani
belgilangan me’yorlardan oshadigan miqdorlarda to‘lashi mumkin. Biroq ushbu holda
korxonaning o‘zi uchun ham (foyda solig‘i bo‘yicha), kompensatsiya oluvchi uchun ham
(jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha) soliq oqibatlari yuzaga
keladi. Me’yorlardan ortiqcha to‘lov summasi soliq solinadigan foydani belgilayotganda
xodimning chegirilmaydigan xarajati
(Soliq kodeksi 147-moddasining 11-bandi, bundan
keyin - SK)
va soliq solinadigan daromadi
(SK 174-moddasining 11-bandi)
hisoblanadi.
Me’yorlar doirasidagi summalar korxonaning chegiriladigan daromadi hisoblanadi
(SK
145-moddasining 15-bandi)
va xodimning daromadi deb tan olinmaydi
(SK 171-moddasi
ikkinchi qismining 8-bandi).
Me’yor doirasida va undan oshadigan kompensatsiya
summasiga yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari solinmaydi. Shaxsiy
avtomobildan foydalanganlik uchun xodimga to‘lanadigan kompensatsiyaning aniq
miqdori rahbarning tegishli buyrug‘i bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: