Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

o‘z kuchlari bilan
 bajarilgan, 
ular uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan tushum hisoblangan 
ishlar hajmini belgilashlari kerak. 
O‘z  kuchlari  bilan  bajarilgan  ishlar  deganda  buyurtmachiga  taqdim  etilgan, 
yordamchi pudrat tashkilotlarining xizmatlariga haq to‘lash xarajatlarini chegirgan holda, 
ishlar hajmini tushunish lozim.  


 
45 
Soliq kodeksining 355-moddasiga kiritilgan qo‘shimchada nazarda tutilishicha, agar 
yuqorida  qayd  etilgan  ishlarni  materiallar  bilan  ta’minlash  majburiyati  shartnomaga 
binoan  buyurtmachining  zimmasida  bo‘lsa,  ushbu  materiallarga  bo‘lgan  mulk  huquqi 
buyurtmachining  o‘zida  saqlanib  qolgan  taqdirda,  o‘z  kuchlari  bilan  bajarilgan  ishlarni 
realizatsiya  qilishdan  olinadigan  tushum  bajarilgan  hamda  tasdiqlangan  ishlarning 
buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi qiymati sifatida belgilanadi.  
Soliq  kodeksining  155-moddasiga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  norezidentining 
doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga mazkur daromadlarni olish bilan 
bog‘liq  xarajatlar  chegirib  tashlanmagan  holda  to‘lov  manbaida  soliq  solinadi. 
Norezidentlarning to‘lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga, xususan, quyidagilar 
kiradi: 
dengiz,  daryo  va  havo  kemalaridan,  temir  yo‘l  yoki  avtomobil  transporti 
vositalaridan xalqaro tashishlarda foydalanishdan olinadigan daromadlar

Ularga transport 
vositalaridan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  foydalanishdan,  ularni  ijaraga  berishdan  yoki  har  qanday 
boshqa  shakllarda  foydalanishdan,  shu  jumladan  konteynerlardan,  konteynerlarni  tashish 
uchun  treylerlar  va  qo‘shimcha  uskunalardan  foydalanish,  ularni  saqlash  yoki  ijaraga 
berishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar) kiradi. Ayrim hollarda 
fraxt  (shartnoma  shartlaridan  kelib  chiqib)  yukni  ortish,  qayta  yuklash,  tushirish  va 
joylashtirish  uchun  to‘lovlarni  ham  o‘z  ichiga  oladi.  Bunda,  agar  jo‘natish  punkti  yoki 
tayinlangan  punkt  O‘zbekiston  Respublikasidan  tashqarida  joylashgan  bo‘lsa,  tashish 
xalqaro miqyosda tashish hisoblanadi; 
xalqaro  tashishlarda  va  O‘zbekiston  Respublikasining  ichidagi  tashishlarda 
transport-ekspeditorlik  xizmatlari  ko‘rsatishdan  olingan  daromadlar

Bunda  yuk 
jo‘natuvchidan  (yukni  qabul  qilib  oluvchidan)  olingan  summa  bilan  yuk  tashuvchiga 
to‘lanishi kerak bo‘lgan, yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan 
summa  o‘rtasidagi  farq  sifatida  hisoblangan  haq  summasiga  soliq  solinadi.  Bunday 
hujjatlar  bo‘lmagan  taqdirda  O‘zbekiston  Respublikasi  norezidentiga  norezidentning  SK 
155-moddasining  9-bandida  ko‘rsatilgan  fraxtdan  olinadigan  daromadlariga  soliq  solish 
uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha to‘langan umumiy summaga soliq solinadi. 
Soliq  kodeksining  160-moddasiga  ko‘ra  O‘zbekiston  norezidentining  doimiy 
muassasa  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  va  to‘lov  manbaida  soliq  solinadigan  daromadlariga 
quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi: 
1) dividendlar va foizlarga - 10 foiz; 
2)  sug‘urta  qilish,  birgalikda  sug‘urta  qilish  va  qayta  sug‘urta  qilish  shartnomalari 
bo‘yicha sug‘urta mukofotlariga - 10 foiz; 
3)  xalqaro  aloqa  uchun  telekommunikatsiyalar,  xalqaro  tashishlarga  (fraxtdan 
olinadigan daromadlarga) - 6 foiz; 
4)  Soliq  kodeksining  155-moddasida  belgilangan  daromadlarga,  bundan  Soliq 
kodeksi 160-moddasining 1-3-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno - 20 foiz. 
Shu  tariqa  transport-ekspeditorlik  kompaniyasi  tomonidan  daromad  summasi  (yuk 
jo‘natuvchidan  (yuk  oluvchidan)  olingan  summa  bilan  yuk  tashuvchiga  to‘lanadigan, 
tegishli  birlamchi  hujjatlar  bilan  tasdiqlangan  summa  o‘rtasidagi  farq  sifatida  hisoblab 
chiqarilgan  haq)  tasdiqlanganda  uning  daromadiga  20  foizlik  stavka  bo‘yicha  soliq 
solinadi. 
Yuk  tashuvchining  tegishli  birlamchi  hujjatlari  mavjud  bo‘lmaganda  norezidentga 
to‘langan, fraxtdan olingan daromadning butun summasiga 6 foizlik stavka bo‘yicha soliq 
solinadi. 


 
46 
Soliq  kodeksining  165-moddasiga  ko‘ra  O‘zbekiston  Respublikasi  norezidentlariga 
daromadlar  to‘lash  paytida  yuridik  shaxslar  foyda  solig‘ini  to‘lov  manbaida  ushlab 
qolishlari  shart.  Uning  summasi  norezidentga  daromad  to‘lash  sanasida  Markaziy  bank 
tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha hisoblab chiqariladi. 
Norezidentga  daromad  to‘lash  manbai  soliq  organiga  to‘lov  amalga  oshirilgan 
hisobot  davri  tugaganidan  keyin  25  kundan  kechiktirmay  foyda  solig‘i  hisob-kitobini, 
soliq  davri  tugaganidan  keyin  esa  30  kun  mobaynida  daromad  oluvchi  shaxslar  STIRi, 
nomi,  daromad  summasi  va  soliq  davrida  ushlangan  foyda  solig‘i  summasini  ko‘rsatgan 
holda belgilangan shakldagi ma’lumotnomani ham taqdim etishi shart. 
Korxona  rahbari  tasdiqlangan  me’yorlarga  qo‘shimcha  to‘lov  belgilab,  uni  buyruq 
(farmoyish)
  bilan  rasmiylashtirishga  haqlidir  Biroq  bunda  shuni  hisobga  olish  lozimki, 
me’yorlardan ortiqcha sutkalik pullar summasi: 
Soliq  kodeksi  174-moddasining  9-bandiga  ko‘ra  xodimning  daromadi  deb  e’tirof 
etiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi; 

 
foyda solig‘i to‘lovchi korxonalar uchun chegirilmaydigan xarajat hisoblanadi 
(SK 
147-moddasining 3-bandi); 

 
yagona  ijtimoiy  to‘lov  va  sug‘urta  badallari  solinmaydi
  (SK  308-moddasining  1-
bandi). 
Me’yor doirasidagi sutkalik pullar foyda solig‘ining hisob-kitobi paytida chegiriladi 
(SK  145-moddasining  14-bandi),
  jismoniy  shaxsning  daromadi  hisoblanmaydi 
(SK  171-
moddasi  ikkinchi  qismining  7-bandi),
  tegishincha,  ijtimoiy  sug‘urtaga  ajratmalar 
solinmaydi. 
Yagona  soliq  to‘lovi  to‘lovchisida  xarajatlar  soliq  solinadigan  tushum  hisob-kitobi 
chog‘ida hisobga olinmaydi. 
MISOL.
  Ishlab  chiqarish  korxonasining  xodimi  Moskvaga  5  kun  muddat  bilan 
xizmat  safariga  yuborildi.  Korxona  rahbarining  buyrug‘iga  asosan  xodimga  xizmat 
safarida  bo‘ladigan  har  bir  sutka  uchun  35  dollar  hisob-kitobidan  sutkalik  xarajatlarga 
mablag‘lar to‘landi. Qaytib kelgach xodim buxgalteriyaga bo‘nak hisobotini taqdim etdi, 
unda ko‘rsatilishicha, sutkalik pullar 175 AQSh dollarini tashkil etib, hisobot to‘ldirilgan 
kunda  MB  kursi  bo‘yicha  so‘mga  qayta  hisoblaganda  274  750  so‘mni  (175  x  1  570) 
tashkil etadi. 
Me’yor  doirasida  xodimga  125  dollar  (sutkasiga  25  dollardan)  berilgan,  unga 
jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  solinmaydi  va  summa  foyda  solig‘i 
to‘lovchi korxonada chegiriladigan xarajat deb e’tirof etiladi. 
Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  hisob-kitobi  chog‘ida  xodimning 
jami daromadiga oshgan summa - 50 dollar (78 500 so‘m) kiritiladi. Ushbu summa foyda 
solig‘i  hisob-kitobi  chog‘ida  chegirilmaydigan  xarajat  hisoblanadi.  Sutkalik  pullarning 
butun summasiga (274 750 so‘m) yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badallari solinmaydi

Tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  ishlab  chiqaruvchi  korxona  yangi  texnologik  uskunani 
xarid  qilayotganda  Soliq  kodeksining  159  va  269-moddalari  bilan  belgilangan,  foyda 
solig‘i  va  mol-mulk  solig‘i  bo‘yicha  soliq  solinadigan  bazani  kamaytirish  ko‘rinishidagi 
imtiyozlardan foydalanishga haqlidir.  

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish