Silfon va membranali bosim datchiklari.
Bosim
datchiklari
tarkibiga
kiradigan sezgir elementlar tashqi kuchlanish ta’siri ostida deformatsiyalanadigan
mexanik qurilmalar bo‘lib hisoblanadi. Bunday qurilmalar Burdon trubkasi (S-
simon, spiralsimon va buralgan), gofrilangan va osma diafragmalar, membranalar,
silfonlar va ularning shakli bosim ta’siri ostida o‘zgaradigan boshqa elementlar
bo‘lishi mumkin.
5.22-rasmda aneroid barometrlarda bosimni chiziqli chetlashishga
aylantirish uchun qo‘llaniladigan diafragma ko‘rsatilgan. Bosim kamerasining
devorlaridan birini tashkil qiladigan diafragma uning chetlashishini elektr signaliga
aylantiradigan tenzodatchikka ulanadi. Hozirgi kunda bunday tipdagi aksariyat
datchiklar mikrotexnologiyalar uslubi bilan kremniy membranali qilib ishlanadi.
Membrana – bu yupqa diafragma bo‘lib, uning
S
radial cho‘zilishi metrga
nyutonlarda o‘lchanadi (5.23B-rasm). Bu erda bukilishda qattiqlik koeffitsiyentini
292
hisobga olmaslik mumkin, chunki membrananing qalinligi uning radiusiga
qaraganda anchagina kichik bo‘ladi (hech bo‘lmaganda 200 marta). Membrananing
tomonlaridan biriga qo‘yilgan bosim uni sferik tarzda bukadi.
5.22-rasm. Bosimni chiziqli ko‘chishga aylantirish uchun qo‘llaniladigan
gofrilangan metall diafragma
r
bosimning past qiymatlarida membrana markazining
z
m
chetlashishi va
uning
σ
m
mexanik kuchlanganligi bosimning kvazichiziqli funksiyalari bo‘lib
hisoblanadi (kuchlanish N/m
2
da o‘lchanadi):
(5.24)
(5.25)
Bunda
r
– membrananing radiusi,
g –
uning qalinligi. Membrananing mexanik
kuchlanganligi uning butun yuzasi bo‘ylab doimiy deb hisoblanadi.
Membrananing o‘zining eng kichik chastotasini topish uchun quyidagi
munosabatdan foydalanish mumkin:
(5.26)
Bunda r – membrana materialining zichligi. Membrananing qalinligi
anchagina katta bo‘lganda, ya’ni r/g
100 bo‘lganda, gap
yupqa plastinka
xususida boradi (5.23A -rasm). Agar bunday plastinka ikkita qisuvchi halqalar
293
orasiga mahkamlansa, tizimda halqalar bilan plastinka o‘rtasidagi ishqalanish
kuchlari bilan chaqiriladigan sezilarli gisterezis paydo bo‘ladi. Shu sababli
plastinka va uni ushlab turadigan elementlarni yaxshisi monolit konstruksiya
ko‘rinishida tayyorlagan ma’qul.
5.23- rasm. (A) -bosim ostida yupqa plastinkaning; (B) -membrananing
deformatsiyalanishi
Plastinka uchun, xuddi membranada bo‘lgani kabi, maksimal chetlashish
bosim bilan chiziqli bog‘lanadi:
(5.27)
Bunda E – Yung moduli (N/m
2
), v – Puasson koeffitsiyenti.
Plastinkada maksimal mexanik kuchlanganlik ham bosimning chiziqli
funksiyasi bo‘lib hisoblanadi:
(5.28)
(5.24)-(5.25) va (5.27)-(5.28) tenglamalarda ishlab chiqiladigan bosim
datchigi membrana yoki plastinkaning chetlashishini o‘lchaydi deb faraz qilinadi.
Shu sababli olingan chetlashishni elektr signaliga aylantirish uslubini tanlash zarur
bo‘ladi. Buni bir nechta usullar bilan bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |