Butun bo‘lak (qism)lardan tashkil topadi. Shuningdek, ushbu bo‘laklar yana
qismlarga bo‘linishi mumkin. Biz inshoda ham yoritilayotgan mavzuni oddiy
“bo‘laklashimiz” – bir necha qismlarga ajratishimiz, ba’zan esa ularni batafsilroq
yoritish uchun bu bo‘laklarning ham ichki qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi.
Natijada murakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi.
Albatta, oddiy rejada yozilgan inshoda ham kirish, asosiy qism, xulosa bilinib
turadi. Lekin murakkab rejada u yaqqol ko‘rinadi.
Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq, lekin bu qiyinlik insho
yozishni yengillashtiradi.
Bilib oling.
Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga ajratish bo‘lsa, murakkab
reja ajratilgan qismlarni yana ichki qismlarga bo‘lish demakdir.
15.2-mashq
Do'stlaringiz bilan baham: