Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping.
1.Alisher Navoiyning “Topmadim” g‘azali tahlili.
2.Muhammad Yusuf she’rlarida samimiylik va haqqoniylikning tarannum
etilishi.
3.Abdulla Qodiriy — tarixiy romanlar ustasi.
4.“O‘tkan kunlar” romanidagi Zaynab timsoliga tavsif.
13.3-mashq.
“O‘zbekistonimning ertasi”, “Yangi asr orzulari”, “O‘tkir
Hoshimov asarlarini sevib o‘qiyman”, “Men sevgan adabiy qahramon”
mavzularidan biriga epigraf tanlang.
13.4-mashq
. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan topib, lug‘at
daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling:
epigraf, muxtasar, to‘tiyo, emgak, timsol,
samimiy, haqqoniy
.
Savol va topshiriqlar
1.Epigraf nima? Inshoga epigraf qanday tanlanadi?
2.Barcha insholarda epigraf bo‘lishi shartmi?
3.Epigraf inshoning qaysi qismida joylashadi, unda qanday tinish belgilari
qo‘yiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |