erkin mavzudagi insho dir. Erkin mavzudagi inshoda o‘quvchining biror
mavzu bo‘yicha turli fanlar, boshqa manbalardan olgan bilimlari va uning
shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi.
Erkin mavzudagi insho ommabop uslubda yoziladi.
12.2-mashq. Adabiyot, ona tili, tarix, geografiya, biologiya fanlari bilan aloqador erkin insho mavzularini shakllantiring. Ulardan birining mufassal rejasini tuzing. Namuna:
O‘ZBEKISTON — VATANIM MANIM
R e j a: I.K i r i s h. O‘zbekistonning tarixi va istiqboli haqida.
II.A s o s i y q i s m:
1.“Men nechun sevaman O‘zbekistonni?”
2.Vatanimning tabiiy boyliklari.
3.Vatanim — rivojlangan sanoat maskani.
4.O‘zbekiston shoirlar va adiblar madhida.
III.X u l o s a. O‘zbekiston jahonga yuz tutmoqda.