Savol va topshiriqlar
.
1.Tartib va reja o‘zaro qanday bog‘liq?
2.Inson faoliyatida tartibsizlik qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?
3.Insho rejasi bilan insho yozish rejasi farqini tushuntiring.
4.Insho rejasida kirish va xulosa qanday farqlanadi?
14.5-mashq
. Berilgan izohlardan
muqarrar, chiston, mantiq, fasl
so‘zlarning
ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring va eslab qoling:
1) gap, fikr,
harakat kabilarning aqlga monandligi, asosliligi; 2) vujudga kelishi aniq, shubhasiz,
turgan gap; 3) narsa yoki hodisaning muhim belgilarini tavsiflab, nimaligini
topishni o‘quvchiga havola etadigan she’riy shakl; 4) vaqt, muddat, davr; yilning
to‘rtdan bir qismi; bo‘lak, qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |