29
nini bilib, kuzatishlarni tashkillashtirishimiz mumkin. Boshqa o‘zga-
ruvchanliklar mazmuni o‘zgarishiga javob sifatida o‘z mazmunini
o‘zgartiradigan o‘zgaruvchanlar
tobe o‘zgaruvchanlar
deyiladi. Ularn-
ing mazmuni boshqa o‘zgaruvchanlar mazmuniga bog‘liqdir. O‘zining
shaxsiy mazmunini o‘zgartirib boshqa o‘zgaruvchanlar mazmuniga
ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchanni
mustaqil o‘zgaruvchan
deyishadi. Bir
o‘zgaruvchanning mustaqil yoki tobe bo‘lishi mazkur o‘zgaruv-
chanlikka oid gipoteza bilan tasdiqlanuvchi munosabat orqali belgila-
nadi. O‘zgaruvchan bir tadqiqotda tobe, ikkinchisida mustaqil bo‘lishi
mumkin. Ijtimoiy tahlil uchun muhim bo‘lgan o‘zgaruvchanning bir tipi
oraliq o‘zgaruvchandir.
Oraliq o‘zgaruvchan
tobe va mustaqil o‘zga-
ruvchanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni amalga oshiradi. Ular bosh-
qa o‘zgaruvchanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani boshqaradi.
Agar biz shunga mos keluvchi nazariyani yaratsak, masalan, lob-
bistik faoliyat guruhi tashkil etilishi va mablag‘lar o‘sishi o‘rtasidagi
oraliq
holatni egallasa, quyidagi bashoratni qilishimiz mumkin:
Agar lobbistik faoliyat faol xarakterga ega bo‘lsa, bunda
manfaatdor guruhlarni tashkil etish hukumat mablag‘lari o‘sishi bi-
lan ijobiy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Qachonki lobbistik faoliyat juda
cheklangan bo‘lganida manfaatdor guruhlarni uyushtirish hukumat
mablag‘lari o‘sishi bilan qisman aloqaga ega bo‘ladi.
O‘zgaruvchanning so‘nggi tipi bu antesedent o‘zgaruvchanlikdir.
Antesedent o‘zgaruvchan
– ushbu gipoteza doirasida mustaqil o‘zga-
ruvchanlik sifatida ko‘rib chiqilayotgan boshqa o‘zgaruvchanda
o‘zgarishini yuzaga olib keluvchi o‘zgaruvchandir. Oraliq o‘zga-
ruvchan tobe va mustaqil o‘zgaruvchan o‘rtasida o‘rin egallagan vaq-
tda, antesedent o‘zgaruvchan mustaqil o‘zgaruvchangacha harakatga
kirishadi. Masalan, ota-onalarning partiyaviy tegishliligi ovoz berish
ehtimolligi bilan bog‘liq kauzal zanjirdagi antesedent o‘zgaruvchan
hisoblanadi.
Shunday qilib,
gipotezalar – ma’lum darajadagi o‘zgaruvchanlar
o‘rtasidagi munosabatlar tasdig‘idir
. Ular bizning barcha nazariy
tuzilmalarimizning empirik foydaligi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish
uchun asos yaratadi. Biz gipotezani induktiv yoki deduktiv mulo-
hazalar yo‘li bilan yaratamiz, bu, biz joylashgan tadqiqot jarayoni bos-
qichiga bog‘liq. Agar nazariyani yaratishda biz tajriba va xatolar
metodlaridan foydalansak, gipotezalar induktiv umumlashtirish ja-
rayoni yordamida ilgari suriladi. Induktiv usul bilan qo‘lga kiritilgan
31
gipotezaga ishonishni istasak, bu kuzatuvlarimiz noto‘g‘ri yo‘nalishga
yo‘naltirmasligiga ishonch hosil qilishimiz uchun asosiy raqobatlashu-
vchi gipotezalarni tekshirishga intilishimiz shart.
Nazariya ikki shartni bajarishda foydali intelektual instrument si-
fatida tan olinadi. Bashorat qilingan nazariyaga mos keluvchi
ma’lumotlar topilganda va raqobatlashuvchi gipoteza istisno qilin-
ganda. Lekin shuni esda tutish lozimki, hech qaysi alohida olingan
tadqiqot u yoki bu nazariya yoki nazariya qismini inkor etish yoki
qabul qilish uchun yetarli ma’lumotlarni bermaydi. Bunda ayni
tadqiqotga aloqasi bo’lmagan hodisalarga taalluqli nazariyalar
e’tiborda tutilyapti. Nazariya validligini rad qiluvchi ma’lumotlar
kelasi tadqiqotlar davomida doim paydo bo‘lishi ehtimoli saqlanib
qolmoqda. Biz hamisha qarama-qarshi faktlarga duch kelishga va
yanada foydali nazariyaga yangi ma’lumotlar qo‘shish uchun in-
duksiyaga bajonidil murojat qilishga tayyor bo‘lishimiz darkor. Naz-
ariyani yaratish - bu farazlar va ma’lumotlar, mulohazalar va
tadqiqotlar o‘rtasidagi doimiy o‘zaro ta’sir jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: