Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Tahlilning omil metodi 
Yana  omilli  va  tizimli  tahlilga  qaytamiz.  Tizimli-tuzilmaviy  yon-
dashuvga  ko‘ra,  davlatning  tashqi  siyosiy  faoliyatiga  ko‘proq  ta’sir 
ko‘rsatadigan  ichki  va  tashqi  siyosiy  omillarni  ajratib olishimiz  zarur 
va  ularning  o‘zaro  ta’sirlashuvi  va  ahamiyatini  baholashimiz  kerak. 
Ma’lumki,  obyektiv  va  subyektiv  omillar  mavjud.  XM  aktorining 
tashqi  siyosiy  xulqiga  va  umuman  aniq  siyosiy  vaziyatga  subyektiv 
ta’sir  ko‘rsatuvchi  omillar  davlatlarning  o‘zaro  ta’siri  va  o‘rganila-
yotgan mamlakat ichki vaziyati rivoji natijasida shakllantiriladi. 
Ichki omillar quyidagilarga ta’sir ko‘rsatadi: 
a) davlatlararo munosabatlar (masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida); 
b)  davlatning  (O‘zbekiston  Respublikasi)  ko‘p  tomonlama 
munosabatlaridagi manfaatlari; 
c) o‘rganilayotgan davlat manfaatdor geoiqtisodiy vaziyat (masa-
lan, O‘zbekiston Respublikasi, quvur o‘tkazish strategiyasi); 
d) mintaqadagi geosiyosiy vaziyat (xavfsizlik nuqtai nazaridan). 
Hamkor  davlatlarning  tashqi  siyosiy  harakatlari  subyektiv 
ta’sirning  ikkinchi  omili  hisoblanadi.  Sub’yektiv  ta’sirning  tashqi 
omillari tizimi global, mintaqaviy, geoiqtisodiy, geosiyosiy omillarga 
bo‘linadi. 
Obyektiv  omillarga,  eng  avvalo,  omillarning  global  tizimi,  joriy 
jahon  siyosati  omillari  kiradi.  Ularda  XM  va  ular  majmuining  aniq 
yo‘nalganligi  jamlanadi.  Global  omillarni  ochib  berish  katta 
ahamiyatga  ega,  ular  davlatning  xalqaro  munosabatlardagi  barcha 
harakatlarini  determinatsiya  qiladi,  shartlab  qo‘yadi.  Ularni  hisobga 
olishni  rad  qilish  qishloqlashtirishning  o‘sishiga  olib  keladi  (shu 
jumladan,  yaqin  o‘tmishdagi  Turkmaniston).  Yuqorida  ko‘rib  chi-
qilgan  omillardan  tashqari,  XMning  har  qanday  tahlilida  hisobga 


 
 
182 
olish  zarur  bo‘lgan  mintaqaviy  omillarni  tahlilga  tortish  maqsadga 
muvofiqdir.  Global  va  mintaqaviy  omillarning  o‘zaro  aloqasi 
O‘zbekiston  Respublikasi  prezidenti  I.Karimov  tomonidan  quyidagi 
formulada  ifodalangan:  “mintaqaviy  omilni  global  omil  orqali  hal 
qilish”. 
Mintaqaviy omillar ikki ko‘rinishga bo‘linadi: 
1) Mintaqaviy (masalan, MO, ammo jahon hamjamiyatida MOga 
qaysi  davlatlar  kiradi,  ular  umumiy  XMMM  bormi,  degan  masala 
bo‘yicha turli muqobil variantlar mavjud). 
2)  Mintaqaviy  muhit  (bu  juda  muhim,  biz  “beqarorlik  yoyi”, 
“zaxiralar yoyi”da joylashganmiz va kontinental mamlakatmiz). 
Geoiqtisodiy va geosiyosiy omillar ham alohida ahamiyatga ega . 
Geoiqtisodiy  omillarga  jahondagi  iqtisodiy  manfaatlarning  o‘zaro 
aloqasini  aks  ettiruvchi  omillar  kiradi  (xususan,  global  iqtisodiyot  so-
hasidagi vaziyat, Janubiy Koreyadagi vaziyat, Yaqin Sharqning neft va 
gaz qazib oluvchi davlatlaridagi iqtisodiy vaziyat va boshqalar).  
XMni  tahlil  qilishda  global  va  mintaqaviy  darajadagi  joriy  iqti-
sodiy o‘zaro munosabatlarning majmuini hisobga olish kerak hamda 
XMning turli jihatlaridagi geoiqtisodiy jarayonlarning kauzal model-
ini ishlab chiqish kerak.  
Geosiyosiy  omillarga  xalqaro  xavfsizlik  strategiyasi  birligi  va 
majmui, yangi jahon tartiboti va XMning joriy tizimidagi kuchlar balan-
sini  aks  ettiruvchi  omillar  kiradi.  Bu  darajada  tahlil  qilinayotgan 
davlatlar XMMM balansini, ularning imkoniyatlari va mavjud zaxiralar 
balansini, ko‘p darajali hamkorlikni (davlatlarda har bir alohida olingan 
sohada turli hamkorlar bo‘lishi mumkin) o‘rganish zarur. Xususiy omil-
lar borligini ham hisobga olish kerak. Ularga aniq individlar, vaziyatlar, 
aniq tahdid va boshqalarni kiritish mumkin. Har bir tizimni shakllantiru-
vchi omillarga xususiy omillarning  yaxlit to‘plami  kiradi. Bu  ma’noda 
strategik axborot ham xususiy omillarga tegishli.  
Omillar ularni boshqa omillar bilan birlashtirishda paydo bo‘ladi. 
Siyosiy vaziyatlar rivoji jarayonida ular 
betaraflashtirilishi 
mumkin. 
Qisman  va  yirik  neytrallash  farqlanadi.  U  yoki  bu  omilning  hukm-
ronligi holatida u 
monopol
 bo‘ladi (masalan, ko‘pincha Lotin Ameri 
kasida – bu AQSh omili). 
Omillarning  optimal  munosabatiga  erishish  maqsadida  XM 
aktorlari davlatlari manfaatlari balansi va muvofiqlashishiga erishish 
zarur, bunga xalqaro siyosatda qiyinchilik bilan erishish mumkin. 


 
 
183 
Tahlil  jarayonini  soddalashtirish  uchun  o‘rganilayotgan  omillar 
reytingini tuzish lozim. Omillar banki bilan ishlash algoritmi: 
1.
 
Mamlakat  milliy  xavfsizligiga  tahdid  reytingi  -  birlamchi 
tahdid. 
2.
 
Tahdidni bartaraf qilish uchun zaxiralar tuzilmasi (defitsit). 
3.
 
Qaysi  omillar  defitsit  (tanqislik)ni  bartaraf  qila  oladi  va  qaysi 
sharoitda –birlamchi omil. 
4.
 
Qaysi  qo‘shimcha  omillar  birlamchi  omillarni  barqaror-
lashtiradi  -  omillar  balansi.  Demak,  dastlab  tahlil  predmetiga  ta’sir 
qila  oluvchi,  shakllantiruvchi  omillar  aniqlanadi.  Keyin  birlamchi 
omillar  ajratib  olinadi,  ulardan  ehtimoliy  balans  keltirib  chiqariladi. 
Bunda  asosiy  e’tibor  salohiyatli  strategik  omillarga,  ularni  ney-
trallashtirish,  tutib  turish,  rag‘batlantirishni  hisobga  olishga  qarati-
ladi: 
5.
 
Axborotni tasdiqlash. 
6.
 
Axborotning davlat XMMMga mosligini aniqlash. 
Strategik tahlilda omildan tashqari “vektor” tushunchasi mavjud. 
Odatda  “vektor”  tushunchasi  ostida  harakatlar  integratsiyasi  va 
milliy 
xavfsizlikning 
barcha 
o‘rganilyatgan 
omillarini 
umumlashtirish  tushuniladi.  Bunda  taklif  qilinadigan  harakatlarning 
algoritmlari quyidagichadir: XMMM, ularga tahdidlar, zaxiralar - har 
bir omil bilan qiyoslash (omilni aniqlashtirish). Keyin XMMM bilan 
aloqador  holda  omil  ta’sirini  ochib  berish:  bartaraf  qiluvchi, 
monopollashtiruvchi, muvofiqlashtiruvchi. Oxirgi natija ularni yago-
na  vektorga  umumlashtirish  hisoblanadi.  Vektor  XMMM  uchun  za-
rur  omillarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ammo,  bu  model  vektordir  (biz 
yaratgan vaziyat modelidan kelib chiquvchi), aslida boshqariluvchan, 
zaif  boshqariluvchan  va  umuman  boshqarilmagan  vektor  amalda 
harakat  qilmoqda.  Analitikning  vazifasiga  qaysi  sharoitda  vektor 
boshqariluvchan bo‘lishi mumkinligini aniqlash kiradi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish