Matnni tashkil etish
Tahliliy ma’ruza matnini turli usullar bilan tashkil etish mumkin.
Tahlil predmetini aniqlash
. Masalan, gap MO to‘g‘risida ketsa, matn
alohida olingan mamlakatga - Afg‘oniston, Tojikiston va boshqa-
larga, aniq mintaqaviy muammo –MO davlatlari integratsiyasi, joriy
siyosiy jaryonlar, MO havfsizligi yoki alohida olingan MO mamla-
katining hududiy yaxlitligiga tahdid, tashriflarni tayyorlash, embargo
184
bo‘yicha takliflar va boshqalarga bag‘ishlanadi. Predmetni natijani
qo‘lga kiritishda tezkor bo‘lish uchun aniqlashtirish kerak.
Maqsadni belgilash ushbu predmet aynan nimani ochishga
yo‘naltirilganligini bildiradi.
1.
Guruhlar, kuchlar munosabati.
2.
Guruhdagi tashqi homiylar harakatini aniqlash.
3.
Ma’lum bir qarash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
4.
Bosh maqsadga yondosh narsalar (embargo, muzokaralar,
tashqi homiylar).
Manzilni aniqlash
muayyan shaxs, vaziyat, davlat yoki muam-
moni ishtirokchilar, ishtirokchilar birlashmasi va boshqalar asosida
tahlil qilishni ko‘zda tutadi (M.Axmadinejad, obyektlar, geoiqtisodiy
sharoitlar, Afg‘oniston).
Solishtirish qurilmasi mamlakatlar pozitsiyalari, narkotiklar
aylanmasi, qurollarni yetkazib berishni qiyoslashdir (ishtirokchilar
bo‘yicha, harakatlar bo‘yicha).Taqqoslash variantlarini ko‘rsatish
kerak. Taqqoslash jarayon dinamikasi (yillar bo‘yicha, muammo
bo‘yicha) amalga oshirilishi mumkin, dinamika orqali jaryonning
barcha subyektlarini (5 ta ma’lum savollar asosida) ko‘rib chiqish
mumkin. Bu bashoratchilar va ekspertlar uchun zarur. Shuning uchun
hukumat tuzilmalariga umumlashtirilgan hujjatlar topshiriladi.
Natija bo‘yicha yo‘naltirish
. Matn ma’lum natija va xulosalarga
mos ravishda tuziladi. Bunday matn ma’lum tezislarni rasmiy fakt-
lash uchun muzokaralarga tayyorlanish yoki o‘zini o‘zi nazorat qi-
lish, o‘z xulosalarini to‘g‘riligini tasdiqlash uchun zarur. Bu, tahliln-
ing nisbatan murakkab turi bo‘lib, u natijaning bir qancha variant-
larini ko‘zda tutadi.
Me’yoriy yo‘nalish
tahlilning ishlangan to‘la modeli, tahlil tezli-
gi, aniq shema bo‘yicha ish operativligidir.
Matnni tashkil etish algoritimi juda oddiy bo‘lishi mumkin. Bu
algoritm qanday axborot kerakligini (masalan, davlat, chegaralar,
aholi va hokazolar) va biz biladigan yoki bilmaydigan axborotni,
axborotning qaysi turini izlash zarurligini ochib berishi bilan mu-
hum. Tahliliy matn bilan ishlashda quyidagi metodik ko‘rsatmalarga
amal qilish kerak.
I. Aniq mavzu bo‘yicha matnni muommaviy - mantiqiy tuzish.
Muammoda yashirin javob, maqsad va natijaga ishora bo‘lishi mum-
kin. Muammo manfaatlar ziddiyatidan (tanqislik) kelib chiqadi. Ma-
salan, havfsizlik, jo‘natish va boshqa sohalardagi tashqi siyosat.
Bunda matnni tashkil etish qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq bo‘ladi:
185
1. Bu vaziyatni suratga olish bo‘lishi mumkin (eng kamida).
Mamlakatdagi harakatlar, siyosiy kuchlarining joylashuvi (iqtibosli
faktlar).
2. Vaziyat tahlilini nazarda tutuvchi situativ metod. Dalillar beri-
ladi. Vaziyat rivojining turli variantlarini tahlil qilish kerak, ya’ni
variativ bashoratni taqdim qilish kerak.
3. Fundamental, ko‘p omilli tahlil. Ko‘plab faktlar so‘nggi qatorga
olib kelish va bu cheklangan qatorni davlat (masalan, O‘zbekiston)
milliy manfaatlari mezonlariga olib chiqish maqsadga muvofiq.
4. Taqqoslash metodi. Tahlilni vaqt doirasida (-gacha, -dan, ke-
yin) cheklash zarur. Masalan, Hindiston va Pokistonning Afg‘o-
nistonga nisbatan strategiyasining 2001 yil 11 sentiyabrdan to hozirgi
kungacha davri.
5. Tavsiyalar, taqrizlar. Biz katta hajmdagi xulosalarga egamiz.
Tahliliy ekspertizadan o‘tkazish kerak.
II. Tahlilning formal mantig‘i asosida qo‘yilgan tahliliy vazifalar
dolzarbligi. Vazifa mazmuni. Asosiy qism (muammo yo‘nalishi yoki
boshqa usullar bo‘yicha qurilishi mumkin). Asosiy tendensiyalar.
Umumlashtirish. Xulosalar, tavsiyalar.
III. Savol-javob sxemasi bo‘yicha. Masalan, ekstremistlar harbiy
holati bo‘yicha qo‘poruvchilik harakatini davom ettira oladimi va u
… bilan aloqaga kira oladimi?
IV. Mamlakat, mintaqa, subyektlar bo‘yicha. Masalan, MO qaysi
darajada AQSh manfaatlari ta’sir zonasi hisoblanadi.
V. Davrlar bo‘yicha dinamik taqqoslash.
Tahlil predmeti tuzilmasi quyidagi mazmuniy ko‘rsatkichlardan
iborat -qayerda hamkorlik imkoniyati bor, bu hamkorlik qaysi me-
zonlar bo‘yicha amalga oshirilishi shart, hukumat darajasida, iqti-
sodiy va madaniy sohada ko‘rib chiqilayotgan davlatlar o‘rtasida
qanday asosiy o‘zaro aloqadorliklar bor; yo‘nalishlar bo‘yicha
XMMM mos kelishi yoki mos kelmasligi; mazmuni, tashkilotlari,
vositalari
(mexanizmlari)
bo‘yicha
hamkorlikning
asosiy
yo‘nallishlari tanlovi.
Birinchi bosqichda tanqislikdan (zaxiralar yetishmovchiligi)
muammoni shakllantiramiz. Tahlilda muammoning ikki darajasi
mavjud: birinchisi, muammoning o‘zi bilan bog‘liq, ikkinchisi, axbo-
rot tanqisligini bartaraf qilish bilan bog‘liq.
Navbatdagi qadam, maqsadni qo‘yish hisoblanadi. Ish maqsadini
ifodalashda qanday aniq natijalarga kelishimiz shartligini ko‘rsatish
kerak. Odatda, 3 asosiy maqsad ko‘zlanadi: Mazmuni bo‘yicha
186
tadqiqot (mexanizmi) vositalari va tashkil etish bo‘yicha. Yakuniy
maqsad yo‘nalish bilan muvofiq bo‘ladi.
Strategik tahlildan avval obyekt maqsadlarini, masalan, biror ja-
rayon ishtirokchilarini o‘rganishning ilmiy tahlili yuz berishi kerak,
ya’ni tadqiqot obyektning to‘liq tahlilini o‘tkazish zarur. Shuning
uchun strategik markazlar odatda, quyidagi faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi guruhlarga ega.
1.
Chora-tadbirlarni rejalashtirish, zarur axborotni to‘plash
bo‘yicha axborot tahliliy vazifalarni hal qilish.
2.
Axborot-tahliliy monitoring.
3.
Strategik tahlil.
Strategik ma’ruza mezonlari uning yonalishlaridan kelib chiqadi.
Tahlilning eng murakkab jihati o‘z farazlarini, gipotezani (tahlil
“onasi”), yo‘ nalishni (“ota”) ilgari surishdir. Gipoteza ehtimollik
vaziyatidir -
Agar … qilish kerak…
.
Bu yerda e’tiborni ilgari surilgan gipotezani baholashning uch
tizimli yaratuvchi mezonlariga qaratish lozim:
axborotning ishonch-
liligi
,
gipotezaning zaruriyati va uning yetarliligi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |