175
C.4-QQSH sifati(qaror qabul qiluvchi shahs )
o
C.4.1- O’z atrof muhitini idrok qilish
o
C.4.2- Fizik (jismoniy) sifat
o
C.4.3- Ma’naviy sifat
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, ushbu konsepsiya avvalgi konsep-
siyaga qaraganda ko‘pgina ustunliklarga ega va undagi asosiy kam-
chiliklar bartaraf etilgan. Uning bosh g‘oyasi - davlatning xorijiy
siyosatiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro yaqin
aloqasi, ularning o‘zaro ta’siri va o‘zaro bog‘liqligi. Bundan
tashqari,
ichki mustaqil o‘zgaruvchanlar doirasida bu omillar nisbatan to‘liq
tasvirlangan, bu esa, tahlildagi qandaydir muhim narsani o‘tkazib
yuborish ehtimolini kamaytiradi. Ayni vaqtda sxema, unda faqatgina
qayd etilgan, ammo tuzilmaga aylantirilmagan tashqi mustaqil o‘z-
gatuvchanliklarga kamroq aloqador tushunchalarni aniqlaydi. Ushbu
ahvol ichki va tashqi omillar “tengligi”da muallif yaqqol ravishda
birinchisini afzal ko‘rishidan dalolat beradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, har ikki holatda ham mualliflar tashqi
siyosatga ta’sir qiluvchi omillar ahamiyatini hech qachon mutlaq-
lashtirishmagan. R.Boskning ko‘rsatishicha, 1954 yilda Jazoir
Fransiyaga qarshi urushda, yuqorida ko‘rsatilgan omillarning
ko‘pchiligiga ega emas edi, shunga qaramasdan, u qo‘yilgan
maqsadiga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Shuni esda tutish lozimki,
nomukammal, ba’zida xato konsepsiyalar, tashqi siyosat strategik
tahlili metodlarining kam samarali, hatto xato qo‘llanishiga olib
keldi. Masalan, Iroq va Afg‘oniston munosabatlaridagi deyarli
oqlanmagan harbiy aralashuv roli. Shu bilan bog‘liq yuzaga kelgan
vaziyatning sabablari va manbalariga qarab emas, ko‘pincha amal-
dagi natijalarga qarab ish ko‘riladi, zotan, ularning bashorat etilishi
mamlakatni inqirozdan olib chiqishga qodir hisoblanadi. Strategik
tahlil uchun sabab-oqibat aloqalarini aniqlash va shu asosda inqi-
rozdan chiqish (maqsadli metodlar va vosita tizimlar) yo‘llarini
modellashtirish belgilovchi ahamiyatga ega. Vaziyat yetukligi, ya’ni
uning u yoki bu metodni qo‘llash uchun tayyor bo‘lish jarayoni an-
cha uzoq vaqtni talab etadi. XM ma’lum barqarorlikka ega bo‘lib, bu
barqarorlikning u yoki bu subyektga ta’siri hamma vaqt ham tezda
natijaga olib kelmaydi. Demak, strategik bardosh, ya’ni vaziyatning
yetilishi uchun vaqt lozim.
Tizimli strategik tahlilni amalga oshirilishining ko‘pgina algo-
ritmlari mavjud bo‘lib, u tadqiqot predmeti, obyekti, maqsad va vazi-
176
falariga bog‘liqdir. Rus politologlari xalqaro siyosiy ahvol va davlat
tashqi siyosatini tahlil qilishning quyidagi izchillikdagi harakatlarini
taklif qiladi
2
.
1.
Dunyo (mintaqa)dagi kuch
qutblarini aniqlash;
2.
Qutbdagi kuch
markazlarini aniqlash;
3.
Kuch markazlarida iqtisodiy qudratni tahlil qilish;
4.
Kuch markazlarining harbiy qudratini tahlil qilish va baholash;
5.
Kuch markazlarida ichki siyosiy vaziyatni tahlil qilish va
baholash.
6.
Xalqaro (mintaqaviy) ahvolni baholash.
7.
Xalqaro (mintaqaviy) siyosiy vaziyat rivoji bashoratini ishlab
chiqish.
Agar ushbu metod global mintaqaviy xalqaro-siyosiy vaziyatni
tahlil qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, davlatlararo darajada ayrim politolo-
glar, shu jumladan, prof.YA.S.Umanskiy taklif qilgan metod (asosiy
global omillarni hisobga olganda) nisbatan mahsuldor ko‘rinadi.
1.
Davlatning XMMMlarini aniqlash;
2.
Bu
manfaatlarga tahdidni aniqlash;
3.
Davlatning asosiy subyektlar bilan o‘zaro munosabatlari va
hamkorligi xarakteristikasi.
4.
Strategik vaziyatni ta’riflash.
5.
Bashorat senariylarini ishlab chiqish.
6.
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati uchun harakatlar dastur-
ini ishlab chiqish.
Ichki vaziyat tahlili algoritmini YA.S.Umanskiy quyidagi bos-
qichlarga bo‘ldi.
1.
XMMM muholifatini va bu manfaatlarga tahdidni aniqlash;
2.
XMMMni tuzilmasini tuzish (O‘zbekiston Respublikasi
Tashqi siyosati birlamchiligini XMMMni amalga oshirishning
vositalariga nomuvofiqligini bartaraf etish);
3.
Ushbu prioritet bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi imidji
(idroki) – korreksiya vositalarini shakllantirish bo‘yicha kelishish –
hamkorlik masalalari;
2
Q.: Siyosatshunoslikka oid sxemalar al’bomi. O’quv-uslubiy qo’llanma. –
Krasnodar: “Zakonadatelnaya initsiativa” Kuban’ siyosiy va huquqiy
tadqiqotlar ilmiy markazi, 1995. –B. 140-141.
177
4.
Korreksiya vositalarini shakllantirish shart-sharoitlari - ikki
tomonlama muzokaralar jarayoni - o‘zgarish bosqishi - strategik
vaziyat;
5.
Birlamchi sohadagi harakatlar kelishuvi - muzokaralar, ba-
shorat senariylari, harakatlar dasturi.
Do'stlaringiz bilan baham: