16
3.
Nazariyaning tatbiq‘i va realizasiyasi yo‘llarini ochib
beruvchi nazariyaning amaliy tarmog‘i.
4.
Tadqiqotchi, ekspert, tashkilotchining faoliyat sohasi.
Ko‘pchilik ijtimoiy fanlar, shu bilan birga, “XM” fani ham faqat
o‘ziga xos, spesifik metodlarga ega. Ular, qanday bo‘lmasin,
umumiy ilmiy metodlar va boshqa (ijtimoiy va tabiiy-ilmiy) fanlar
metodlarini o‘z fanlari obyektlariga nisbatan o‘zgartirib qo‘llashadi.
Umuman, siyosiy fanlarning, jumladan, XM metodologik yondashu-
vlari uch jihatga asoslanadi:
1)
axloqiy qadriyatlarga xos fikrlar yoki shaxsiy qarashlardan
tadqiqot pozitsiyasini imkon
qadar aniq ajratish;
2)
barcha ijtimoiy fanlar uchun umumiy bo‘lgan tahliliy usul va
jarayonlardan foydalanish;
3)
tizimlashtirishga intilish yoki, boshqacha aytganda, qonun-
larni kashf etishni yengillashtiruvchi, umumiy yondashuvlar va
modellar ishlab chiqishga harakat qilish.
Bunda tadqiqotchi o‘zining shaxsiy pozitsiyasi yoki muayyan bir
masala bo‘yicha o‘z fikrlarini aytishdan qochishi kerak degan ma’no
kelib chiqmaydi. Tadqiqotchi uchun bosh muammo mafkura va fan
munosabatlari muammosidir. Amalda mafkurasiz hayot mavjud
bo‘lishi mumkin emas, mafkura u yoki bu darajada xuddi muallif-
ning ijobiy nuqtai nazari ifodasi sifatida mavjud. Dalillar sharhi, hat-
toki “kuzatuv burchagi” tanlovi va b. muqarrar ravishda tadqiqotchi
nuqtai nazariga aloqador. Bunda eng yaxshi natijaga mafkurani inkor
etgan holda erishib bo‘lmaydi, mafkuraviy bardosh, mafkuraviy plu-
ralizm va mafkuraviy nazorat orqali yuqori natijaga erishiladi (bunda
har qanday mafkura ustidan fan nazorati ma’nosida tushuniladi).
Yuqorida aytilganlar metodologik dixotomiyaga, ya’ni ana’naviy
tarixiy-ta’rifiy yoki intuitive-mantiqiy yondashuvning operasion-
amaliy yoki tahliliy-prognoztik yondashuvlar qarama-qarshiligiga
taalluqlidir. Darhaqiqat, XM fanining sezilarli rivoji natijasida
tahliliy konsepsiyalar, metodlar va modellarning jadal taraqqiyoti
ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganishga o‘tish, elektron hisoblash texni-
kasi salohiyatidan tizimli foydalanish boshlanadi. Bularning ham-
masi xalqaro siyosiy fanlarni jahon siyosati va XMni prognozlash va
amaliy boshqarish ehtiyojiga yaqinlashtirdi. Bu bilan birga avvalgi
“klassik” (эски) metodlar va konsepsiyalar mavjudligi davom etadi.
Aslida, “ana’naviy va ilmiy” metodlarni hech qachon qarama-qarshi
17
qo‘ymaslik kerak, haqiqatda ular bir-birini to‘ldiradi. Siyosiy
hodisalar mohiyatini faqatgina amaliy metodlar yordamida to‘liq
tadqiq qilish mumkin emas. Umuman ijtimoiy munosabatlarda,
ayniqsa, xalqaro munosabatlarda deterministik izohlanmaydigan
stoxastik jarayonlar hukmronlik qiladi. Shuning uchun ijtimoiy fan-
lar, shuningdek XM fani xulosalari butunlai tasdiqlanmaydi yoki
qalbakilashtirilmaydi. Boshqa tomondan, to‘plangan faktlar orasida
aniq korrelyasiya kerak bo‘lgan paitda intelektual ana’nalarni qattiq
turib himoya qilish mantiqsiz. Fundamental planda XMni o‘rganish
(P.Aron)
nazariyaga
(by ijtimoiy munosabatlar alohida turining aso-
siy harakatlanuvchi kuchi, spesifikasi va mohiyatini tadqiq qilish),
sosiologiyaga (
uning o‘zgarishlari va evolyusiyasini aniqlashtiruvchi
desterminant va qonuniyatlarni izlash);
tarixga
(istisno va analogi-
alarni (o‘xshashliklarni) topishga ko‘maklashuvchi avlodlar va davr-
lar almashinuvi jarayonida XM rivojlanishi) va
prakseologiyaga
(xalqaro siyosiy qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va realizasiyasi
jarayoni tahlili) asoslanuvchi yondashuvlarni talab etadi. Amalda
faktlar tahlili
(mavjud ma’lumotning yig‘indisi tahlili); mavjud holatni
sharhlash
(nomaqbullikdan qochishga da’vat qiluvchi va hodisaning
ma’qul rivoji ta’minoti sabablarini izlash) vaziyatning keyingi evoly-
utsiyasini
prognozlash
(uning oqibatlari ehtimolligini tadqiq qilish),
qarorni tayyorlash
(vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi mavjud vositalar
ro‘yxatini tuzish, turli alternativalarni (muqobilliklarni) baholash) va
nihoyat,
qarorni qabul qilish
(bunda vaziyatning imkoniy o‘zgarishiga
tez aralashuv zaruriyatini inkor etmaslik kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: