Xalqaro siyosiy fanlar predmeti
“XM nazariyasi” mustaqil fanmi yoki uni politologiyaning ajral-
mas qismi deb hisoblash mumkinmi? Bir qarashda, bu savolning
javobi aniq: yadrosi siyosiy o‘zaro aloqalar bo‘lgan xalqaro munosa-
batlar siyosatshunoslikning ajralmas obyektidir.
XM siyosatning har qanday boshqa turlari (iqtisodiy, ijtimoiy va
boshqalar)ga o‘xshab turli xil vositalar yordamida ro‘yobga chiqiv-
chi manfaatlar, maqsadlar va qadriyatlar raqobati va muvofiqlashu-
vidan iborat.
Bu yerda ichki siyosatdagi kabi, gap hokimiyat va zaxiralar
taqsimoti to‘qnashuvi haqida ketmoqda. Olimlarning fikricha, xalqaro
munosabatlar fanining asosiy predmeti hokimiyat munosabatlaridir. Un-
ing predmeti siyosiy fanlar predmetiga to‘g‘ri keladi, faqat geografik
sohada farqlanadi. Dalil sifatida ichki siyosiy va xalqaro – siyosiy ja-
rayonlarning kuchli o‘zaro ta’siri va o‘zaro birlashib ketishiga oid fak-
tlar keltiriladi. Haqiqatan, hozirgi kunda ichki va xalqaro siyosatning
o‘zaro bir-biriga singib ketishi fenomeni kuzatilayapti. Siyosiy fanlarni
ichki va tashqiga ajratmasdan uning asosiy masalalarini ko‘rib chiqishga
bo‘lgan intilishi tushunarli va samaralidir. Gap oxir-oqibatda, asosida
manfaatlar kurashi yotgan siyosatning faoliyat jarayoni sohasidagi ikki
jihati va ikki aspektiga taalluqli. Ammo “Xalqaro munosabatlar” fani
o‘zining uzoq yillik tarixiga qaramasdan yetarli darajadagi yirik muvaf-
faqiyatlarga erisha olmadi (bu sohadagi ilk tadqiqot mil.avvalgi V asrda
yashab o‘tgan Fukididning “Peloponnes urushi tarixi” asaridir). Ushbu
yo‘nalishda muvaffaqiyatga erishgan yirik vakillar safiga G.Morgentau,
R. Aron va A.Yolfers va boshqalarni kiritish mumkin. Ular ushbu feno-
menning murakkabligini, uning ichki va xalqaro hayot, psixologiya va
tashkilotlar nazariyasi, iqtisodiy soha va ijtimoiy strukturaga bog‘liq
ravishda bir yoqlama tushuncha emasligini nomoyon etishgan. Bu holat
sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot va matematika, antropologiya va
informatika hamda boshqa fanlar imkoniyatlariga tayangan holda
davlatning tashqi siyosiy faoliyatini aniq o‘rganishga yordam beradi.
XMlar fanini avtomatlashtirishdagi asosiy to‘siq, uning obyektini
identifikasiyalashdagi qiyinchilik tufayli kelib chiqadi. XM nazari-
yasining ana’naviy obyekti markaziy yoki yuqori hokimiyat, xusu-
13
san, qonuniy zo‘ravonlik va so‘zsiz majburlov yo‘qligi bilan hara-
katlanuvchi anarxik, betartib maydon, ya’ni “fuqarolik jamiyatidan
oldingi holati” hukmron bo‘lgan muhit hisoblanadi. Bu munosabat
bilan Raymon Aron xalqaro munosabatlarning spesifik belgisi ularn-
ing “urush soyasida” yuzaga kelishidir deb hisoblaydi. Shuning
uchun xalqaro munosabatlarni tadqiq qilish haqida gap ketganida,
eng avvalo, milliy manfaatlar prinsipi mutloqlashtirilishi va
davlatlararo o‘zaro ta’sir e’tiborda tutiladi, lekin dunyoning o‘zaro
bog‘liqligi hamda ichki va tashqi siyosatning o‘zaro birikib ketishin-
ing o‘sishi natijasida har qanday chegaralarni kesib o‘tuvchi va ya-
gona davlat nazoratidan qochuvchi sotsial munosabatlar va oqimlar
“Xalqaro munosabatlar” fanining obyektiga aylanadi. Boshbosh-
doqlik xalqaro munosabatlarning asosiy kriteriyalari orasidagi
imtiyozli o‘rnini asta- sekin yo‘qotmoqda. Milliy manfaatlar haqida
ham shunday deyish mumkin. Ba’zida milliy manfaatlarga bog‘liq
strategik muhit xususiyatlari birinchi o‘ringa chiqadi va xalqaro
munosabatlarning anarxikligi darajasiga ta’sir o‘tkazadi. Piravord-
natijada xalqaro munosabatlar obyekti, bir tomondan, tartib va tart-
ibga
solish
dualizmi,
boshqa
tomondan,
oldindan
aytib
bo‘lmaslikning salmoqli hissasi bilan xarakterlanadi. Qayd etilgan
dualizmni yagona nazariya doirasida aks ettirib bo‘lmaydi.
Amerikalik olim K.Xolstining fikriga qaraganda, “Xalqaro munosa-
batlar” fani uchun nazariy plyuralizm murakkab dunyoning turli
shakldagi realligining yagona imkoniy javobidir. Yagona nuqtai naz-
ar yoki alohida metodologiyaga asoslangan muayyan ortodonsallikni
o‘rnatishga urinish bilish progressi imkoniyatining haddan tashqari
soddalashishiga va kamayishiga olib kelishi mumkin. (Holst, 1989.
P.256). Turli vositalardan foydalanadigan turli imkoniyatlarga ega va
turli muhitlarda ro‘yobga chiqadigan siyosiy faoliyatning turli
ko‘rinishlari haqida so‘z ketyapti. Lekin siyosatshunoslikning boshqa
sohalaridan farqli tomoni shundaki, XM nazariyasi “kuchlar balan-
si”, “bir va ko‘p qutblilik”, “diplomatiya”, “strategiya” kabi o‘zining
xususiy tushunchalari va muammolariga ega. XM haqidagi fan
“milliy manfaat”, “muzokaralar” va boshqa shu kabi umumsiyosiy
tushunchalar bilan siyosiy nazariyani boyitdi. Shu tarzda u o‘zining
tadqiqot predmetiga ega, nisbatan avtonom siyosiy fan sifatida
namoyon bo‘ladi. Ammo uning to‘liq alohida fan ekanligi to‘g‘risida
gapirishga hali erta.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |