Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
ﻼُآَو
َﺔﱠﻨَﺠْﻟا
َﻚُﺟْوَزَو
َﺖْﻧَأ
ْﻦُﻜْﺳا
ُمَدﺁ
ﺎَﻳ
ﺎَﻨْﻠُﻗَو
ِﻩِﺬَه
ﺎَﺑَﺮْﻘَﺗ
ﻻَو
ﺎَﻤُﺘْﺌِﺷ
ُﺚْﻴَﺣ
اًﺪَﻏَر
ﺎَﻬْﻨِﻣ
َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا
َﻦِﻣ
ﺎَﻧﻮُﻜَﺘَﻓ
َةَﺮَﺠﱠﺸﻟا
)
٣٥
(
«Ey Odam, siz juftingiz bilan jannatni maskan tuting va u yerda yenglar, ichinglar, ammo mana bu
daraxt mevasidan yemanglar, zolimlarga aylanasizlar
»,
(Baqara, 35.)
- deb buyurdi.
Odam va Havvo jannatda uzoq vaqt farog‘atda yashadilar. Ularning farog‘atiga hasad qilgan, o‘zi esa
bunday ne’matdan mahrum bo‘lgan Iblis g‘arazli maqsadini amalga oshirishga kirishdi.
Alloh taolo Odam va Havvoga Iblisdan ehtiyot bo‘lishni, uning vasvasasiga uchmaslikni ta’yinladi:
ﻰَﻘْﺸَﺘَﻓ
ِﺔﱠﻨَﺠْﻟا
َﻦِﻣ
ﺎَﻤُﻜﱠﻨَﺟِﺮْﺨُﻳ
ﻼَﻓ
َﻚِﺟْوَﺰِﻟَو
َﻚَﻟ
ﱞوُﺪَﻋ
اَﺬَه
ﱠنِإ
ُمَدﺁ
ﺎَﻳ
ﺎَﻨْﻠُﻘَﻓ
)
١١٧
(
ﻻَأ
َﻚَﻟ
ﱠنِإ
ىَﺮْﻌَﺗ
ﻻَو
ﺎَﻬﻴِﻓ
َعﻮُﺠَﺗ
)
١١٨
(
ﻰَﺤْﻀَﺗ
ﻻَو
ﺎَﻬﻴِﻓ
ُﺄَﻤْﻈَﺗ
ﻻ
َﻚﱠﻧَأَو
)
١١٩
(
«
Bas, aytdik: «Ey, Odam, aniqki, bu iblis senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u
ikkovinggizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo‘lib qolursan. Shubhasiz, sen u yerda
(jannatda)
och va yalang‘och qolmaysan. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham
qolmaysan».
(Toha, 117-119.)
Ibn Abbos (r.a.), Ibn Mas’ud (r.a.) va boshqa sahobalarning rivoyat qilishlaricha, Iblis yana jannatga, Odam
va Havvoning yonlariga kirmoqchi bo‘ldi. Jannat xazanalari uni kiritishmadi.
Jannatning go‘zal maxluqlari orasida ilon ham bor edi. Uning tanasi benihoya chiroyli bo‘lib, tuya singari to‘rt
oyoqda yurardi.
Iblis ilonning yoniga keldi va uning og‘ziga kirib, jannatga o‘tib olish uchun izn so‘radi. Iblisni og‘ziga solib
olgan ilon xazanalar oldidan jannatga kirib ketdi, ular Iblisni ko‘rmay qoldilar.
Iblis
Odamning yoniga borib, uni vasvasa qildi:
ﻰَﻠْﺒَﻳ
ﻻ
ٍﻚْﻠُﻣَو
ِﺪْﻠُﺨْﻟا
ِةَﺮَﺠَﺷ
ﻰَﻠَﻋ
َﻚﱡﻟُدَأ
ْﻞَه
ُمَدﺁ
ﺎَﻳ
َلﺎَﻗ
ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا
ِﻪْﻴَﻟِإ
َسَﻮْﺳَﻮَﻓ
)
١٢٠
(
«Ey
Odam, men seni abadiyat daraxti va chirimas
(yo‘q bo‘lmas)
mulkka boshlab boraymi?» -
dedi».
(Toha, 120.)
ُنﺎَﻄْﻴﱠﺸﻟا
ﺎَﻤُﻬَﻟ
َسَﻮْﺳَﻮَﻓ
ﺎَﻤُآﺎَﻬَﻧ
ﺎَﻣ
َلﺎَﻗَو
ﺎَﻤِﻬِﺗﺁْﻮَﺳ
ْﻦِﻣ
ﺎَﻤُﻬْﻨَﻋ
َيِروُو
ﺎَﻣ
ﺎَﻤُﻬَﻟ
َيِﺪْﺒُﻴِﻟ
َﻦﻳِﺪِﻟﺎَﺨْﻟا
َﻦِﻣ
ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ
ْوَأ
ِﻦْﻴَﻜَﻠَﻣ
ﺎَﻧﻮُﻜَﺗ
ْنَأ
ﻻِإ
ِةَﺮَﺠﱠﺸﻟا
ِﻩِﺬَه
ْﻦَﻋ
ﺎَﻤُﻜﱡﺑَر
)
٢٠
(
«Alloh ikkovingizni bu daraxt mevasini yeyishdan bekorga man’ etmadi. Agar bundan iste’mol
qilsalaringiz ikkovingiz ham farishtaga aylanasizlar yoki jannatda abadiy qolib ketasizlar».
(A’rof, 20.)
Iblis Odam va Havvoning jinsiy avratlari bor ekanligini, bu avratlarni jannat liboslari bilan bekitib yurishlarini
farishtalardan eshitgan edi. Ularning libosi tirnoq singari silliq va yaltiroq bo‘lib, tana a’zolarini to‘la yopib
turardi. Iblis Odam va Havvoning avratlarini ochib tashlab, sharmanda qilmoqchi bo‘ldi. U ilonning yordami
bilan
jannatga kirdi, u yerda bir daraxt bo‘lib, uni «Shajarat-ul-xuld» (abadiyat daraxti) deyilardi, tanasi
nihoyatda go‘zal, yaproqlari xushbo‘y, mevasi esa beqiyos lazzatli edi. Undan faqat farishtalar iste’mol
qilardilar.
Vahb ibn Munabbahdan: «Farishtalar taom yemas edilarku, bu daraxt mevasidan iste’mol qilardilar,
deyapsiz», - deb so‘ralganda, u kishi: «Alloh xohlaganini qilishi mumkin», - deb javob bergan.
Ibn Abbosning rivoyatlariga qaraganda, Alloh man etgan daraxt bug‘doy boshog‘i edi.
Iblis uning juda xushbo‘yligini, xushxo‘rligini
maqtadi, o‘zi mevasidan yedi va avval Havvoni keyin Odamni
qistadi. Odam va Havvoda sabr-toqat qolmadi, Allohning man’ etgani yodlaridan ko‘tarildi va shu daraxt
mevasidan yedilar. Shu ondayoq ularning ustidagi jannatiylik libosi sidirilib tushdi, ulug‘liklari yo‘qoldi, qip-
yalang‘och bo‘lib, sharmanda bo‘ldilar. Odam sharmandalikdan qochib, jannat daraxtlaridan birining yaprog‘lari
orasiga kirib berkindi. Alloh taolo: «Ey Odam, qaerdasan?», -deb xitob qildi. Odam: «Yo Alloh, men bu
yerdaman» - dedi. Allohning «Chiqmaysanmi?»
- degan savoliga, «Men sendan uyalaman» - deb javob berdi.
Alloh ularga qahr bilan:
«Ikkovingizni bu daraxtdan qaytarmaganmidim va ikkovingizga, Iblis sizlarga ochiq dushmandir
demaganmidim?!»
,- deb xitob qildi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Keyin har bir aybdorning aybiga munosib jazoga hukm qildi. Odam sharmandalikdan qochib yaproqlari
orasiga berkingan «Talh» va «Sidr» daraxtlari jannat daraxtlari bo‘lib, nihoyatda chiroyli va ko‘rkam edi. Uni
hatto mevasigacha tikonli qilib, odamlar bu daraxtlardan nafratlanadigan holga keltirdi.
Shaytonning jannatga kirishiga yordam bergan ilon jannatdan quvilib, oyoqlari kesildi va qorni bilan sudralib
yuruvchiga aylantirildi. Dunyoda
insonlarning nafratiga uchrab, bir-birlariga dushman bo‘lib qoldilar.
Havvo jannat daraxtining mevasidan uzgan vaqtida, meva o‘rnidan qonga o‘xshash suyuqlik oqqan edi.
Alloh taolo Havvoni har oyning boshida hayz ko‘rish, homilador bo‘lganda va farzandini tug‘ayotgan vaqtda
esa, bir necha bor o‘lim bilan yuzma-yuz olishish azobiga giriftor qildi.
Odam va Havvoning bu itoatsizliklari uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: