Egalik
qilish effekti
odamlarning o’zlarida borini, ularga tegishli bo’lmagan narsaga nisbatan yuqori
baholashlari, afzal ko’rishlarini ifodalaydi. «Osmondagi turnadan qo’ldagi chittak yaxshi» naqli
aynan ana shu effektni ifodalaydi.
Sankt-Peterburg paradoksiga qaytsak, odamlar yutuqli o’yindan, misolimizda tanga
tashlashdan matematik jihatdan kutilayotgan natijasi cheksiz katta son bo’lishiga qaramay voz
kechishlariga sabab kutilayotgan naflilikni pasayib borishi bo’ladi.
Albatta riskni yoqtiradigan odamlar ham bor. Kimki riskdan qo’rqsa, g’oliblik
nashidasini surmaydi Tadbirkorlik bilan shug’ullanish o’zi ozmi-ko’pmi tavakkalchilik xatari
bilan bog’liq. Bunday kishilar uchun umumiy naflilik egri chizig’i odatdagidek qavariq emas,
balki unga teskari, botiq shaklda bo’lar ekan.
Bunday odamlar uchun o’yindagi yutuqning nafliligi qo’lidagi yutqazgan pulining
nafliligiga qaraganda yuqori baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |