Umumiy naflilik egri chizig’i. Risk qilishdan qochish. Rasm-1 Rasm asosida xulosa chiqaradigan bo’lsak, shartli birlikda o’lchangan naflilik bo’yicha
siz uchun yutqazib qo’ygandagi zarar, yutganingizda olgan pulingizdagi naflilikdan ko’p bo’ladi.
Bunda me’yoriy miqdor kategoriyasidagi natija puldagi miqdor o’lchovidan boshqacha bo’ladi.
Siz tavakkalchilikdan voz kechasiz. Ana shuning uchun ham yutuqni qadr-qimmatini
o’lchaganda yuz berish mumkin bo’lgan natijani matematik kutish bilan uning kutilayotgan
nafliligi o’rtasida farq bor. Oddiy til bilan aytganda qo’lingizdagi pulni sarflab, qo’shimcha pul
yutish sizga quvonch bag’ishlaydi, lekin borini yo’qotish, qo’ldagi puldan ayrilish siz uchun
og’ir, sezilarli bo’ladi. Iqtisodiy nazariyada bu fenomen egalik qilish effekti deb ataladi.