g) mabodo, korxona bozor iqtisodiyoti sharoitida sinsa ham mulk egasi ko’radigan zarar
yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar.
Shuning uchun ham xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar shubhasiz
ustunlikka ega.
Hozirgi paytda AQSh da iste’mol mollari ishlab chiqaradigan umumiy sanoat ishlab
chiqarishning 48%, Yaponiyada 51%, Frantsiyada 45%, Germaniyada 25%
i kichik korxonalar
hissasiga to’g’ri keladi. AQShda 18 million atrofida kichik korxona mavjud.
Respublikamizda ham ularning afzalligini hisobga olib, kichik korxonalar barpo etishga
katta ahamiyat berilyapti. Mamlakatimizda hozir 500 mingdan ortiq kichik korxona faoliyat
ko’rsatmoqda.
Ma’lumki, Osiyoda, jumladan respublikamiz aholisiga mayda tovar ishlab chiqarish,
hunarmandchilik an’analari xos. Bu xususiyat respublikamizda xususiy mulkchilikka asoslangan
individual, oilaviy ishlab chiqarish kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Ularning
asosiy kamchiligi moliyaviy resurslarning etishmasligi.
Turli-tuman mulkchilik sharoitida qaysi mulk turiga asoslangan,
qanday iqtisodiy faoliyat
yuritish afzal ekanligi aniq shart-sharoitdan kelib chiqib aniqlanadi. Uni quyidagi mezonlar
asosida solishtirish mumkin:
1. Xo’jalik yuritish turini tashkil etish osonmi yoki qiyinligi.
2. Mulkiy mas’uliyat va boshqarishni amalga oshirish darajasi.
3. Bozordagi talabni o’zgarishiga moslashish darajasi.
4. Fan-texnika taraqqiyotini ta’minlay olish, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash
imkoniyati.
5. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish darajasi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan xususiy-oilaviy fermer xo’jaligi ko’pchilikni diqqatini
shunisi bilan jalb etadiki, uni tashkil etish oson, ko’p mablag’ talab etmaydi. Mulk egasi eng
avvalo o’z bilimi, tajribasiga tayanadi. Bozordagi talabga tezda moslasha oladi. O’zi
xohlagancha xo’jaligida o’zgarishlar qila oladi. Daromad uning o’ziga tegishli. Qonun bo’yicha
cheklashlar minimal darajada.
Bu xo’jalik yuritishning eng kata kamchiligi mulkiy mas’ulicht mulk egasining bo’ynida
bo’lgani uchun, barcha faoliyatga o’zi javob beradi. Bordi-yu, sinsa- bankrot bo’lsa,
qarzlarni
o’zi to’laydi. Buni natijasida ayrim paytlarda uy-ro’zg’or buyumlarini ham sotishga to’g’ri
keladi. Ikkinchidan, xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan daromad va mablag’larini kamligi,
cheklanganligidir.
Shirkat, kooperativ, kichik jamoa xo’jaliklarini yuqoridagi xo’jalik shakllaridan afzalligi
shundaki, bir necha mulk egalarining qo’shilishi omillarni ko’paytiradi. Bozorga tez moslasha
oladi. Bu xo’jalik turida ham ko’pincha daromad, ishlab chiqarishni tashkil etish, kengaytirish
uchun mablag’ etishmaydi.
Xususiy — korporativ mulkka asoslangan aktsionerlik jamiyatlari bu kamchilikdan xoli.
Fan-texnika taraqqiyotiga katta ta’sir o’tkazadi. Pay mulkdan umumiy maqsadda yagona
boshqaruv orqali foydalaniladi. Shu bilan birga har bir paychini o’z
mulki boshqarishda
qatnashishini ta’minlaydi. Korxona xo’jalik faoliyatining pirovard natijasiga qarab, har bir mulk
egasi o’z ulushini oladi. Aktsiya egalarining javobgarligi cheklangan. Agar korxona bankrot
bo’lsa, u o’z aktsiyasi miqdorida mulkini yo’qotadi, xolos. Xohlaganda aktsiya sotib olib mulk
egasi bo’ladi yoki aksincha, sotib mulk egalari safidan chiqadi. Bunday xususiylik bilan
umumiylikning afzalliklari qo’shilishi xususiy va umumiy o’zlashtirishning asosiy tamoyillarini
bir butun qilib biriktiradi.
Korporatsiyalar katta miqdorda pul sarflab biron
mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgach, yangi mahsulot ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin.
Biznesning korporativ shaklida ba’zi bir suiiste’mol qilish uchun imkoniyat mavjud. U
hech qanday qiymatga ega bo’lmagan qimmatbaho qog’ozlarni sotishi va sotib olish uchun baza
bo’lishi mumkin. Undan tashqari, tipik aktsiya egasi korxona faoliyatiga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Ko’pchilik o’zining ovoz berish huquqidan foydalanmaydi. Undan tashqari, soliq ikki marta:
foydadan hamda dividenddan olinadi.
Mulk va xo’jalik yuritish shakllarini qiyoslar ekanmiz, hech qaysi shaklini har taraflama
afzal deya olmaymiz. Biridagi afzallik ikkinchisida yo’q. Biri ikkinchisining o’rnini bosa
olmaydi.
Milliy iqtisodiyotda har birining o’z o’rni, ahamiyati borki, undan kelib chiqib davlat har
bir mulk va xo’jalik shaklini rivojlanishi uchun sharoit yaratishi lozim.
Hozirgi sharoitda iqtisodiy faoliyat yuritish uchun turli
korxonalarni ittifoq
(assotsiatsiya)larga birlashuvi jarayoni yuz bermoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, bizda ham hozirgi paytda vujudga kelayotgan
assotsiatsiya shakllaridan biri
konsortsiumdir.
Konsortsium korxonalarning maxsus tashkil etilgan birlashmasi bo’lib, uning
ishtirokchilari o’z mustaqilligini saqlab qoladi, ammo muayyan maqsad yo’lida birlashadilar.
Odatda, konsortsium moliyaviy ishlar yuzasidan tuzilib, unga davlat, banklar, moliya,
investitsiya kompaniyalari,
yirik firmalar, har xil pul fondi tashkilotchilari uyushadi. U katta
mablag’ talab etadigan ishlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: