2.Narx belgilash.
Bozorda talab va taklif nisbatiga ko’ra muvozanat narxi shakllanadi
(VII bob).
3.Iqtisodiyotni tartibga solish.
Bozordagi talab va takliflarning nisbati, elastikligi
darajasiga ko’ra bozorda narx o’zgarishi orqali talab va taklif bir-biriga moslashtiriladi. Unga
muvofiq ravishda barcha resurslar mikro miqyosdan, ya’ni firma korxonalardan tortib makro
miqyos — mamlakat miqyosigacha taqsimlanadi. Bozor yordamida iqtisodiyotdagi asosiy
nisbatlar belgilanadi.
4.Nazorat qilish.
Ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) na-qadar sifatli, iste’molchi
talabiga javob bera olishini bozor aniqlaydi. Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni
ham nazorat qilishda bozorning oldiga tushadigani yo’q.
5.Rag’batlantirish.
Bozor talab va taklif nisbati asosida belgilanadigan narxlar orqali
taqchil, yaxshi... sifatli tovar ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, aksincha serob, yomon... sifatsiz
yoki ortiqcha xarajat qilib tayyorlangan tovarlarni kasodga uchratib, ularni ishlab chiqarishni
keskin kamaytiradi yoki to’xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |