4.
Muvaffaqiyatga
intilish
hamda
mag‘lubiyatdan qochish motivlari,
tavakkalchilik psixologiyasi.
50
Odamlarning mehnatga ichki psixologik motivatsiyasi ularning professional
xulq-atvorining mazmunan boy bo‘lishini, kasbga nisbatan ongli va to‘g‘ri
motivatsiyaning shakllanishini ta’minlaydi. Shu o‘rinda mashhur psixolog Abraam
Maslouning
motivlar
ierarxiyasi
hamda
D.Maklellandning
motivatsiya
konsepsiyalari katta ahamiyatga egadir.
D.Makklellandning motivatsiya nazariyasida esa uch turli ehtiyojlar va ularga
mos motivlar ajratilgan: xukmronlik qilish ehtiyoji, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji
va aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyoji. Har bir ehtiyoj turi o‘ziga xos turtkiga
sabab bo‘ladi va ularning har birida shaxsning tavakkal qilishi darajasi turlicha
bo‘ladi.
Masalan, xukmronlik qilishga nisbatan ehtiyoj orttirilgan, hayot mobaynida
shakllanadigan bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiyaning roli katta va inson o‘zgalar
faoliyatini nazorat qilish, ularga ta’sir ko‘rsatishni istayveradi. SHu boradagi yuqori
motivatsiyaga ega insonlarni muallif ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi toifa
xukmronlikka hokimiyatga qiziqqani uchun intiladi, chunki ular uchun o‘zgalar
ustidan nazorat qilish jarayoni juda qiziqarli va ular shuni istaydilar. Bunday toifa
uchun korxonaning manfaati, uning maqsadlari ahamiyatsiz, muhimi kimlarnidir
ustidan boshliq bo‘lish g‘oyasidir.
Ikkinchi toifa odamlar uchun jamoa manfaatlari va unga erishish yo‘lidagi
ishlarni ko‘pchilik bo‘lib xal qilish muhim. Lavozimga erishgach, bundaylar darxol
guruh yoki jamoa bilan kelishib, hamkorlikda umumiy vazifalarni xal qilishni
boshlaydi va o‘zi ham muammolarni echish, qarorlar qabul qilishda bevosita faol
ishtirok etadi. Bunda o‘zining shaxsiy manfaatlarini, obro‘ qozonish kabilarni u
keysingi o‘rinlarga qo‘yadi.
Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li
bilan qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi
bajarib, o‘zgalar e’tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib,
so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda
tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori bo‘lsa,
tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda turishni afzal
ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur etkamaslik.
Psixologik nuqtai nazaridan D.Makklellandning nazariyasiga yaqin nazariya
Dj.Atkinsonnikidir. Uning fikricha, muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshqa bir
ehtiyoj – mag‘lubiyatdan qochish bilan birgalikda qaralmog‘i lozim. Biror narsaga
erishishga kuchli ehtiros xis qilgan odamlarda muvaffaqiyatga erishish
motivatsiyasi, va aksincha. Bunday motivatsiyasi kuchsiz bo‘lganlar esa
mag‘lubiyatdan qochishni ko‘proq o‘ylaydiganlardir. Ikkala nazariya asosida
mualliflar birgalikda sub’ektiv jihatdan ma’qul ko‘riladigan tavakkal qilish
nazariyasiga asos solishdi. Amaliyotdan ma’lum bo‘ldiki, samarali rahbarlar hech
qachon juda yuqori darajada ham, o‘ta past darajada ham tavakkal qilmas ekanlar.
Ular o‘z faoliyatlarida tavakkalning maqbul, o‘rtacha darajasida faoliyat yuritib,
oldindan muvaffaqiyatsizliklardan o‘zlarini asrar ekan. Noaniqliklar ko‘p, tavakkal
qilishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlardan doimo iloji boricha o‘zlarini olib qochishar
ekan. SHu bois ham ularda mag‘lubiyatga uchrash kam bo‘ladi.
51
Odamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish
ehtiyojini ba’zan partisipativ (lotincha “participate” - ishtirok, sherikchilik
ma’nosini bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj
shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar
xamkasblari, oshnalari va mavqe jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy
e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. SHu nuqtai nazardan tahlil
qilinganda,
Do'stlaringiz bilan baham: |