49
nisbatan ehtiyoj kabilar ijro faoliyatining asosiy motivatorlari hisoblanadi. Ishlab
chiqarish sharoitlarida ishchi va xodimlarning mehnatga undash va ulardagi
manfaatdorlikni oshirishning tashqi omillaridan (moddiy va ma’naviy) keng
foydalaniladi. Ma’lumki, ishga nisbatan moddiy rag‘batlantirish xodimlarga
moliyaviy, pullik imtiyozlar berish orqali amalga oshirilsa, nomoddiy rag‘batlar –
bu ishchi va xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, yaratilgan sharoitlar,
xodim hurmatini o‘rniga qo‘yish, o‘zini o‘zi hurmat qilishiga turtki bo‘luvchi turli
choralar tizimidan iboratdir.
Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli, u o‘z xatti-harakatlarida
yaxlit jamiyat, mehnat jamoasi, o‘zi hurmat qiladigan, unga referent bo‘lgan
guruhning normalari, qadriyatlari va fikrlarini qabul qiladi va unga moslashadi.
Referent guruhning shaxsga ta’siri shunda ifodalanadiki, u bevosita u yoki bu ishni
bajarishi uchun motivirovka rolini o‘ynaydi. SHu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, shaxs
uchun
referent guruh
- bu shunday insonlar uyushmasiki, ularning fikrlari,
qadriyatlari, xulq– atvori va xatti– harakatlari xamisha unga ibrat bo‘ladi, shaxs
ularga taqlid qiladi va ergashadi. Referent guruh a’zolari bir erda, bir makonda jam
bo‘lmasliklari mumkin, ularni shaxs hayoti mobaynida tanlaydi, o‘zi kerak bo‘lsa,
almashtiradi. Referentlar ota–onasi yoki qarindoshlardan kimlardir, ustozlardan
kimlardir, film qahramonlari, badiiy qahramonlar yoki tanish– bilishlardan kimlardir
bo‘lishi mumkin. Kimga tahlid qilishi yoki ergashishiga qarab shaxsning psixologik
portretini aniqlash, “chizish” mumkin bo‘ladi. Referent guruh a’zolari shaxs
ijtimoiy xulqining motivatorlari hisoblanadi.
SHunday qilib, shaxsning har qanday xulq-atvori yoki harakatlarini ichki
psixologik sabablar yoki tashqi, shart-sharoitlar omili vositasida tushuntirish
mumkin. Oxirgisi vaziyatli motivatsiya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida uning
o‘ziga xos o‘rni va roli bor.
Vaziyatlarga oid motivatsiyada tashqi motivatorlar rolini turli stimullar
o‘ynaydi. Boshqaruv faoliyatida bu rag‘batlantirish vositasida manfaatdorlikni
oshirishdir. Ijrochi xodimlarda bunday sharoitlarda mehnat faoliyatiga nisbatan
ichki psixologik turtki bo‘lib, bu avvalo mehnatdan manfaatdorlikni, qolaversa,
mehnatdan qoniqishni ta’minlaydi.
YUqorida ta’kidlanganidek, bunda xodimlarga belgilanadigan maoshlarning
miqdori, pulli mukofotlar, ma’muriyat tomonidan yaratilgan sharoitlar va shu kabi
tashqi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda hamma tashkilot
ham xodimlarini moddiy jihatdan xadeb rag‘batlantirishga imkon topa olmaydi.
SHu bois motivatsiya ma’nosida xodimlarni ichki psixologik jihatdan mehnatga
chorlash, undash, shaxs sifatida o‘z mehnatiga nisbatan ongli va mas’uliyatli
munosabatni shakllantirish katta rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: