“Kasbiy ta`lim” kafedrasi



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

Liberal  rahbar
  -
  bu  rahbarning  kayfiyatini,  ishga  munosabatini,  ishdan 
mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po`pisa bo`lmaydi, 
uning o`rniga ko`pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi, 
holos. Jamoada hamkorlik yo`q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-
pasti bilan qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa «koinotda» yurganga o`xshaydi. Aniq 
ko`rsatmalar  bermaydi.  Uning  o`rniga  norasmiy  liderlar  yoki  o`ziga  yaqin  kishilar 
orqali qilinishi lozim bo`lgan to’shiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy 
vazifasi,  uning  nazarida,  xodimlar  uchun  ish  sharoitini  yaxshilash,  ishdagi 
kamchiliklarni bartaraf  etish, kerakli  mahsulotlar, xomashyo  kabilarni  topib kelish, 
majlislarda qatnashish va xokazolardan iborat. 
Xodimlar  bilan  muloqotda  bo`lishga  to`g`ri  kelganda,  u  doimo  xushmuomala 
bo`lib,  odob-axloq  normalarini  buzmaslikka  harakat  qiladi,  lekin  hech  qachon  ular 
bilan  tortishmaydi.    Olimlarning  fikricha,  bunday  rahbar  ishi  olib  borgan  jamoada 
barcha  ko`rsatkichlar  doimo  orqada  bo`ladi.  Liberal  rahbar  bir  ishda  ko`p  faoliyat 
ko`rsatmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi. 
Ushbu usullarning har biri o`z natijasiga ega bo`lib, jamoada turli xil ijtimoiy-
psixologik kayfiyatni vujudga keltirishi mumkin. 
Tadqiqotlar natijasi shuni ko`rsatadiki, aslida hayotda sof demokratik yoki sof 
avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq 
muddat  boshqara  olmasliklari  ma’lum  bo`ldi.  Shuning  uchun  ham  ular  vaziyatga 
bog`liq,  vaziyat  konkret  jamoa  unda  qabul  qilingan  xatti-harakat  normalari, 
shaxslararo  munosabatlar  tipi  liderning  ham,  rahbarning  ham  ish  taktikasi  va 
uslubini  belgilaydi  degan  g`oya  qabul  qilinmoqda.  Lekin  bu  rahbarlik  uslublarini 
psixologik  mazmun  va  mohiyatini,  bilishning  amaliy  ahamiyati  shundaki,  har  bir 
uslubda o`ziga xos ijobiy tomoni bor. Mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`zi 
rahbarlik qilayotgan jamoaga mos xususiyatlarni tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir. 
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki ayrim 
hollarda  xato  qilsa  ham  rahbar  original  fikrlar  aytib,  yo`l-yo`riqlar  ko`rsata  olishi, 
har bir ko`rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Har qanday 


155 
 
rahbar  uchun  kerak  bo`lgan  hislatdan  yana  biri  tom  ma’noda  «ziyoli»  bo`lish  yoki 
boshqacha  qilib  aytganda,  madaniyatli  bo`lishdir.  Rahbar  o`zidagi  madaniyatni, 
avvalo,  muomalada,  odamlar  bilan  bo`ladigan  muloqotlarda  namoyish  qilmog`i 
kerak.  Muomala  madaniyati  –  bu  o`rinli,  aniq, qisqa, samimiy  gapirish  madaniyati 
va ikkinchi tomondan, suxbatdoshni tinglash qobiliyatidir. 
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir.  
95-rasm 
 
 
Rahbarlik  mavqe  sifatida  shaxsda  egalik  xususiyatini  shakllantiradi.  Bunda 
egalik  o`z  xulqi,  xatti-harakatlari  va  muomala  munosabatlariga  nisbatan  egalik 
hissini vujudga keltiradi.  Boshqarish esa bevosita  jamoaga qaratilgan  bo`lib,  uning 
psixologik  natijasi  o`zlikka  nisbatan  hurmat,  o`zligini  qadrlash,  anglash  kabilarni 
vujudga  keltiradi.  Rahbar  doim  o`z  xodimlari  bilan  mulokotda  bo`ladi.  Bu  esa  uni 
muloqot qilish ko`nikmalarini shakllangan bo`lishini talab qiladi.  Muloqot asosida 
ishni  turli  xil  tarzda  tashkillashtiradi.  Jumladan,  ishni  byurokratik,  demokratik 
tarzda tashkillashtirishi  mumkin. Xuddi  mana shu  muloqot shakliga ko`ra  jamoada 
ijtimoiy fikr vujudga keladi.  
Rahbar o`zini-o`zi  tarbiyalash, o`zini-o`zi  kamol  to’tirish  mustaqil bilim  olish 
ma’naviy dunyosini uzluksiz ravishda takomillashtirish ustida harakat qilsa, demak 
uning  istiqboli  porloq.  Lekin  uning  faoliyatini  nazorat  qilmaslik,  baholamaslik, 
rag`batlantirmaslik kabi omillar o`z ustida ishlashni pasaytiradi, lavozimiga nisbatan 
sovuqqonlik  namoyon  bo`ladi.  Shu  sohada  tizimda  faoliyat  ko`rsatayotgan 
hamkasblarining maslahatlari ishga munosabatlari uni susaytiradi, asta-sekin faollik 
yo`qola boradi.  Ishlab  chiqarishda har xil xususiyatli muammolar tinimsiz ravishda 
namoyon  bo`lib  turadi.  Notanish  yangi  nostandart  yondashishni  taqozo  etuvchi, 
yangicha  yechimni  talab  qiluvchi,  ijodiylikka  asoslanuvchi  vositalar  bilan 
qurollanish rahbarning bosh vazifasi hisoblanadi. 
Rahbarning  professional  muhim  sifatlari  masalasi  oxirgi  yillarda  mutaxasislar 
va  amaliyotchilarni  ko`proq  qiziqtirmoqda.  Bir  guruh  olimlar  amerikalik  hamda 
yaponiyalik  rahbarlar  faoliyatini  o`rganib,  ularga  xos  bo`lgan  eng  muhim 
sifatlarning bloklarini ajratib, rahbarlarning sifatlarini  quyidagicha tabaqalaganlar: 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish