“Kasbiy ta`lim” kafedrasi



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

tashqi
 
ishtiyoq
; boshqa bir kuchaytiruvchi tajriba va natijalar tufayli namoyon bo’ladi.
67
 
 
Boshqaruv  psixologiyasida  menejerlar  xodimlarning  tashabbusini  doimo 
rag`batlantirib turish maqsadida quyidagi  maslahatlarga rioya qilishlari muhim: 
 
yangiliklar  qo`llab-quvvatlashib,  rag`batlantirib  borilgandagina  vaziyat 
yaratish uchun mas’uliyatni o`z ustingizga oling; 
 
topqir bo`ling, mehnatni doim tashkil etishning yangi shakllarni izlash va 
xodimlar o`rtasida o`zaro ijodiy ishlarni avj oldirishga harakat qiling; 
 
tashkiliy  ishlar  madaniyatiga,  tashabbusni  bo`g`ib,  cheklab  qo`yadigan 
odatdagi rasm-qoidalarga o`z diqqatingizni jalb qiling; 
 
qo`l ostingizdagi kishilar o`z fikrlari va bilgan narsalari to`g`risida bir-biri 
bilan,  siz  bilan  o`rtoqlashishni  istaydigan  bo`lishlari  uchun  ochiq  ko`ngillik  va 
erkinlik vaziyatni yarating;  
 
boshqalarning  o`z  umrini  yashab  bo`lgan  eski  uslubidan  voz  keching. 
Mayda-chuyda narsalarga ahamiyat bermang;  
 
befarqlik va hatto qarshilikka ham duch kelib qolishingiz mumkin, bunga 
tayyor  turing.  Ishning  foydasi  uchun  ijodiy  tashabbusi  kerakligini  izchillik  bilan 
tushuntirib berish yo`li bilan bularni asta-sekin yengib o`tish mumkin; 
 
yangi vazifalarni aniq-ravshan, tushunarli va yaqqol qilib ta’riflab bering. 
Ularning qanday ado etilayotganligini doimo nazorat qilib boring. Ijodiy ravishda 
yondashishni  talab  qiladigan  vazifalarni  alohida  ko`rsatib  o`ting.  Qimmatli 
resurslarni,  odamlarning  vaqt  va  kuch-quvvatlarini  sarflaydigan,  lekin  ish 
faoliyatingizning  rivojlanishiga  yordam  bermaydigan eski  mahsulotlar, xizmatlar, 
chora-tadbirlardan voz keching; 
 
o`z  xodimlaringizning  shaxsiy  xususiyatlarini  bilib  oling  va  hisobga 
oladigan bo`ling. Har bir kishining qobiliyatlarini alohida baholang; 
                                                 
67
 Kelvin Seifert and Rosemary Sutton,  Educational Psychology © 2009, Second Edition. 54-b. 


148 
 
 
maqsad va vazifalarni shu tariqa shakllantiringki, toki ular mazkur ishlarni 
bajarishda  qatnashadigan  xodimlarning  shaxsiy  manfaatlariga  imkoni  boricha 
ko`proq mos keladigan bo`lsin;  
 
xodimning  o`z  qadrini  bilishiga  va  oldiga  qo`yilgan  vazifani  uddalashga 
bo`lgan istagini qo`llab-quvvatlab boring; 
 
xodimlarning  o`z  shaxsiy  fazilatlari  va  bilimlarini  namoyon  qilishlari 
uchun  hamma  imkoniyatlarni  yaratib  bering.  Kishi  nechog`li  ko`proq  bilimdon 
bo`lsa,  mehnatga  rag`bati,  o`ziga  ishonch  bilan  qarab  mustaqil  ishlay  olsa, 
mehnatining qadri shuncha yuqori bo`ladi.  
 
Shu bilan bir qatorda,   boshqaruvning  tabiatan  har  xil odatlarga  bir xilda  mos 
tushadigan usuli yo`q. Yaxshi boshliq  kerak paytda boshqarishning yo liberal yoki 
demokratik  usuli  yoki  avtoritar  usulini  tanlay  oladigan  yaxshigina  psixologdir. 
Muammolarni  ijodiy  yo`l  bilan  hal  etish  uchun  mehnat  resurslari  va  moddiy 
resurslardan  foydalanishning  mumkin  qadar  ko`proq  usullarini  qo`llash,  mehnat 
intizomiga  rioya  etilishini  nazorat  qilib  borish,    turli  xodimlar  o`zlarining  ijodiy 
qobiliyatlariga  qanday  baho  berishini  va  shu  qobiliyatlarini  ularning  har  biri  qay 
tariqa  namoyon  qilmoqchi  ekanliklarini  o`ylab  ko`riish,    vazifani  aniq-ravshan 
qilib  o`rtaga  qo`yish  va  kutiladigan  natijani  taxminan  tasvirlab  berish  mehnat 
unumdorligini samarali bo`lishiga  o`z ta’sirin ko`rsatadi. 
 
 
 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish