“Kasbiy ta`lim” kafedrasi



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

4.
 
Insoniy  qadriyatlarga  erishish  bosqichi.  Bu  bosqichda  jamoa  xis-
tuyg’ulari  bir  maqsad  yo’lida  umumlashadi.  Jamoaviy  faollik  vujudga  keladi, 
an’anaviylik qaror topadi. Inson o’z qiziqishlari va intilishlarini jamoa xayoti bilan 
bog’laydi.  
 
Atrofdagilarga  ishoni  ortadi,  do’stlik  va  muhabbat  rishtalari 
mustahkamlanadi.  Bu  jarayonlarda  tadbirkor  rahbar  zimmasiga  katta  mas’uliyat 
yuklanadi.  
 
Bunda  tadbirkorning  o’ziga  xos  ish  yuritishi,  boshqaruv  malakasi, 
tashkilotchiligi, tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo’ladi. 
78-rasm 
 
Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, 
shijoatli bo’lib, ishchi-xizmatchilarning 
fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, 
demokratik usulda ish ko’radi. Shu bilan bir 
qatorda, korxonada intizomni, tartibni 
talabchanlik bilan nazoratga oladi. Sifat 
bilan ko’rsatkichni e’tibordan chetda 
qoldirmaydi. 
 
Mehnatni aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. O’zining qobiliyatiga 
ob’ektiv  baho  bera  oladi.  Kadrlarni  tanlashda,  ish  jarayonida  tanish-bilishchilikka 
emas, asl mutaxassislarga suyanadi. 
Haridorlarning  kasbi  ham  ularning  qanday  tovar  va  xizmatlarni  iste’mol 
qilishi, xaridiga ta’sir qiladi.  
Masalan boshqaruvchilar ko’proq jiddiy, sipo kiyimlarni kiysa, konchilar esa 
g’adir-budur  kiyimlarda  yurishadi.  Marketologlar  ma’lum  bir  kasbiy  guruhning  u 
yoki bu mahsulotga nisbatan o’rtachadan-yuqori qiziqishi bor bo’lsa, shuni zudlik 
bilan  aniqlashga  intilishadi.  Korxona  xattoki  ma’lum  bir  kasbiy  guruh  uchungina 
mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tishi mumkin.
51
 
Tadbirkor  rahbar  faoliyatida  qo’l  ostidagilar  bilan  muloqot-muomalada  ham 
ziddiyatli  holatlar  ro’y  berishi  mumkin.  Bunga  rahbarning  yoki  xodimning 
kalondimog’ligi,  muomala  madaniyatining  pastligi,  qiziqqon-jizzakiligi,  qo’rsligi, 
                                                 
51
 Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti. 
2014 yil. 195-b. 
 
 


123 
 
qo’polligi,  tundligi va  boshqalar sabab bo’ladi. Xodimning  dangasaligi, yalqovligi, 
maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar tug’diradi. 
Tadbirkor  rahbar  va  xodimlar  o’rtasidagi  ruhiy  psixologik  ziddiyatlar  kelib 
chiqishga sabab:  
 
mehnat jarayonining noto’g’ri uyushtirilishi;  
 
shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi; 
 
jamoa a’zosining o’ziga xosligidir. 
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to’g’ri idrok etishi, taxlil qilishi, 
baholashi muhim ahamiyatga ega.  
Agar  rahbar  har  bir  ziddiyatli  xodisaga  holisona,  do’stona,  samimiy 
munosabatda  bo’lsa,  masala  to’g’ri  echimini  topadi,  bordi-yu,  jizzakilik  qilib, 
nosog’lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo’lishiga yo’l qo’yadi. Tadbirkor rahbar har 
qanday  ziddiyatli  holatda  o’zini  tutishi,  bosiq  bo’lishi,  uzoqni  ko’zlashi,  murosa-
madora qilishi, holatga moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat 
qilishi yaxshi natija beradi.  
 
                                                                              
 
 
Ilmiy  izlanishlari  asosida,  amerikalik  psixolog  J.Rotter  insonlarni  o’z  xulq-
atvorlari  va  ularga  aloqador  voqealar  ustidan  nazorat  omillarida  ustuvorlikka  ega 
bo’lish bo’yicha ayrim mulohazalarini bayon etgan.  
Fikrimizcha,  tadbirkorlar  tashqi  lokus  nazoratga  (eksternal)  ega  bo’lishlari 
bilanoq  faoliyatlarida  tashqi  vaziyatlar  orqali  sodir  bo’ladigan  asosiy  voqeliklar 
(tashqi  sharoitning  yaxshiligini,  boshqa  tadbirkorlarning  ta’siri,  ta’sodifiy 
vaziyatlar)ni  anglab  yetadilar.  Tadbirkorlarning  ichki  lokus  nazoratga  ega  bo’lishi 
esa,  aksincha,  o’ziga  tegishli  hodisalarni  yuqori  darajada  nazorat  qilishga  xizmat 
qilib,  o’z  navbatida  u  muvaffaqiyatga  erishish  kabi  mag’lubiyatdan  qochish 
motivasiyalarining  ta’siri  doirasida  mas’uliyatni  qabul  qilishga  moyilligini 
aniqlashda qo’l keladi. 
Bu  borada  olib  borilgan  qator  ijtimoiy-psixologik  tadqiqotlarning  natijasi, 
yutuqqa  erishish  motivasiyasi  bilan  internallik  aloqasini  ijobiy  ekanligini 
tasdiqlaydi.  Ma’lumotlarning  asoslanganligi  professional-notadbirkorlikka  nisbatan 
yuqori internallik darajasi bilan tavsiflanadi. 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish