“Kasbiy ta`lim” kafedrasi



Download 5,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/437
Sana14.01.2022
Hajmi5,28 Mb.
#361068
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   437
Bog'liq
KASBIY PSILGIYA 1KURS

fikr yetakchilari
ga 
qaratishlari  darkor.  Ba’zi  mutaxasislar  ularni  ta’sir  o’tkazuvchilar  yoki  yetakchi 
qabul  qiluvchilar  deb  atashadi.    Ushbu  insonlar  nutq  so’zlasa,  iste’molchilar 
eshitadi,  ishonadi. So’z  ta’siri  iste’molchi  xulqiga  ulkan  ta’sir  o’tkazadi.  Do’stlar, 
qarindoshlar,  tanishlardan  olingan  ma’lumot,  reklama  kabi  tijorat  manbalaridan 
ishonchliroq  hisoblanadi.  Ko’p  hollarda  so’z  ta’siri  o’z-o’zidan  sodir  bo’ladi: 
Iste’molchilar o’zlari xush ko’rgan brend haqida gaplashib o’tirishadi. 
52
 
Umuman  olganda,  guruhlar  guruhiy  qarorlarni  qabul  qilishga  qadar, 
qatnashuvchilarning  ustanovkalariga  muvofiq  tabaqalanadilar,  shu  asnoda,  agar 
umumiy muhokamadan oldin guruh a’zolarining ko’pchilik qismi  tavakkal qarorni 
qabul  qilishga  moyil  bo’lsalar,  u  holda  tavakkal  tomoniga  nisbatan  og’ish  sodir 
bo’ladi.  Bunga  qarama-qarshi,  agar  guruh  a’zolarining  ko’pchilik  qismi  umumiy 
muhokamadan oldin ehtiyotkorlik talab etiladigan qaror qabul qilsalar, unda guruhiy 
qaror ehtiyotkorlik pozisiyasini o’zida aks ettiradi.
 
Noaniqlik  va  tavakkalchilik  sharoitlarida  olib  boriladigan  iqtisodiy  faoliyat 
tadbirkorlik  faoliyatida  ajralib  turuvchi  xususiyatlardan  biri  hisoblanadi.  Shu  bois 
ham,  tadbirkorlarning  tavakkalchilikka  munosabatini  o’rganishga  bag’ishlangan 
izlanishlar  psixologik  tadqiqotlarning  katta  qismini  tashkil  qiladi.Tadbirkorlarning 
tavakkalchilikka  munosabatini  o’rganish  uchun  taniqli  mutaxassis  R.Brokxauz
 
o’z 
davrida Kogana-Uollacha uslubidan foydalangan. Menejerlar va tadbirkorlar ustida 
olib  borilgan  qiyosiy  tadqiqotlarida  u  tavakkalchilikka  nisbatan  har  ikkala  toifa 
                                                 
52
 Phillip Kotler, Gary Armstrong. Marketing asoslari. 15-nashr. Darslik. “Pearson Education Limited” nashriyoti. 
2014 yil. 198-b. 
 


125 
 
sinaluvchilari  orasida  sezilarli  farq  yo’qligini  aniqlagan  (rahbarlar-firma 
mulkdorlari). Biroq olim natijalarni o’rtacha ahamiyat bilan qiyoslaganda esa, ikkila 
guruh  ham  tavakkalchilikka  moyilligini  yaqqol  ko’rsatgan.  Ushbu  subyektiv  baho 
ko’pincha,  ularning  qulay  shart-sharoitlarni  subyektiv  baholashlari  va  shu  orqali 
muvaffaqiyatga 
erishishlarida 
shaxsiy 
imkoniyatlaridan 
qay 
darajada 
foydalanishlariga  bog’liq.  Tadbirkorlikning  psixologik  xususiyatlari  fenomenining 
ilmiy  tahlili  hozirda  uning  iqtisodiy  fikrlar  taraqqiyoti  kabi  rivojlanib  bormoqda. 
So’nggi yillarda ushbu fenomen muammosining dolzarbligini tushuntirish mahalliy 
olimlar  oldiga  qator  vazifalarni  ko’ndalang  qilib  qo’ymoqda.  Shu  bois,  bu  borada 
1999-2007  yillar  oralig’ida  qator  ijtimoiy-psixologik  tadqiqotlar  olib  borildi  va 
natijalarning  ikki  qutbini,  ya’ni  juda  ehtiyotkor  va  tavakkalchilikka  moyillik 
mezonlari  tadqiqotimiz  uchun  ahamiyatli  hisoblanadi.  Shu  nuqtai  nazardan 
qaraganda  ehtiyotkorlik  borasida  farqli  ko’rsatkich  yakka  tartibda  faoliyat  olib 
boruvchi tadbirkorlarda ko’rinadi.  
O’ylashimizcha  tadbirkorlikning  bu  turi  ko’p  jihatdan  shaxsning  o’z 
imkoniyatlari  va  harakatiga  asoslanganligi  tufayli  va  shaxsiy  sarmoya  hisobiga 
rivojlantirilishi  orqali,  ular  ehtiyotkorlik  bilan  faoliyat  yuritishga  moyildirlar.  Shu 
bilan  birga  tavakkalchilikka  moyillik  ham  aynan  yakka  tartibda  faoliyat  olib 
boruvchi tadbirkorlarda ko’proq uchrayapti. 
79-rasm 
Bozorning o’zgaruvchanligi unda 
turg’unlikning mavjudmasligi 
tadbirkordan tavakkalchilik asosida ish 
yuritishni taqazo qiladi. Ko’p jihatdan 
tadbirkorlikdagi muvaffaqiyat 
tavakkalchilik orqali ham belgilanadi. 
 
Biznesmen  respondentlar  guruhidagi  tadbirkorlar  orasida  tavakkalchilikka 
moyillikning  kam  ko’rsatilishi,  ular  faoliyatining  xususiyatlari  bilan  belgilanadi. 
Jamoaviy tartibda ishlash, yakka tashabbusning cheklanganligi va xo’jalik yuritish 
faoliyatining  aniq  rejasiga  rioya  etish  tavakkalchilikka  qarama-qarshi  bo’lgan 
holatlardir.  Ma’lumki  jamoaviy  tartibda  ish  yuritish,  qaror  qabul  qilishda  guruhiy 
uslublarni  yo’lga  qo’yadi  va  muvaffaqiyatli  natija  ehtimolini  oshiradi.  Iqtisodiy 
sohadagi  jamolar  faoliyatini  o’rganishga  bag’ishlangan  ijtimoiy-psixologik 
tadqiqotlar,  guruhiy  qaror  qabul  qilish,  iloji  boricha  kam  tavakkallik  xususiyatiga 
ega ekanligini e’tirof etgan. 
O’tkazilgan  tadqiqot  quyidagilarni  bizga  aniqlash  imkonini  berdi,  ya’ni 
tadbirkorlarda  odatda  yosh  o’tishi  bilan  tavakkalchilikka  moyillik  pasayib  boradi; 
tajribali  tadbirkorlarda  tavakkalchilik  ko’rsatgichi  ancha  past  bo’ladi;  tadbirkor 
ayollarning  tavakkalchiliklari  tadbirkor  erkaklardan  farqli  o’laroq  ayrim 
hollardagina  namoyon  bo’ldi,  bu  milliy  mentalitet  bilan  izohlanishi  mumkin. 
Yuqorida  shartli  ravishda  ajratilgan  ikki  toifa  vakillarining  o’zaro  qiyosiy  tahlili 
yana  shuni  aniqlash  imkonini  berdiki,  unga  ko’ra  saralangan  erkin  tadbirkorlar 
biznesmen respondentlar guruhidagilardan, magistrantlar bakalavr guruhidagilardan 
tavakkalchilikka moyillik darajasi yuqoriroq ekan.  


126 
 
Masalan,  rad  etilgan  shaxslar,  ichki  konflikti  borlarda  tavakkalchilikning 
yuqoriligi  aniqlanib,  bu  tadbirkorlar  o’rtasida  raqobatbardoshlikdan  darak  beradi; 
guruh sharoitida  yakka hollardan  farqli tavakkalchilik  qilishga  moyillik kamroq  va 
sekinroq  namoyon  bo’ldi.  Bu  esa  ikkinchi  tomondan  guruhiy  kutishlarga  ham 
bog’liqligi  tadqiqot  natijalariga  ko’ra  o’z  yechimini  topdi.  Buni  biz  biznesmen 
guruhi  sinaluvchilarida  aniqladik.  Bunga  sabab  sifatida  yana  ushbu  guruh 
vakillarining  sarmoyasi  davlat  organlari  hamda  xorij  sarmoyadorlari  tomonidan 
kafolatganligi, xo’jalik faoliyatini yuritishda aniq strategik rejaning mavjudligi bilan 
izohlanadi. 
Bizga  ma’lumki  tadbirkorlik  faoliyatida  tavakkalchilik  tadbirkorning  asosiy 
emosional-irodaviy  xususiyati  sifatida  o’rin  tutadi.  Ko’p  hollarda  mag’lubiyatdan 
qochishga  bo’lgan  ehtiyojni  sezish,  tadbirkorda  tavakkalchilikka  nisbatan 
moyilliklarni  cheklanishiga  olib  keladi.  Qanchalik  tavakkalchilikning  oshishi 
mag’lubiyatdan  qochish  motivasiyasiga  nisbatan  zaruratni  kam  talab  qiladi. 
Shuningdek,  tavakkalchilikka  moyillik  muvaffaqiyatga  nisabatan  ijobiy  bog’lanish 
hosil  qilib,  bu  tadbirkorda  xo’jalik  faoliyatini  yuritishda  va  strategik  maqsadlarni 
amalga oshirish vaqtida yangidan-yangi g’alabalarga zamin yaratadi. 
Demak, himoyaga nisbatan yuqori motivasiyali kishilar ko’pincha baxtsizlik va 
tushkunlik holatlariga tushib qolisharkan.  
80-rasm 
 
 
Tadqiqotning  aniqlanishicha, 

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   437




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish