3. Xotira haqida tushuncha. Xotira
turlari va ularning xususiyatlari.
64
shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining
qandayligiga;
shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
irodaviy kuchi va intilishlariga.
44-rasm
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha,
xotira - barcha ruhiy jarayonlarning eng
muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson
shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va
ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning
o’ziga xos xususiyatlari, xossalari,
mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda
ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim
muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan ma’lumotning
borligini bilamiz-u, lekin kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira olmaymiz.
Psixolog sifatida shuni ta’kidlash lozimki, xotira bu – doimiy va o‘zgaruvchan
hamda saqlangan ma’lumotlarni o‘rganishdir. Xotira ustidagi izlanishlar uning
qanday ishlashini tushunishimizga yordam beradi. Masalan 92 yoshli qariya insult
bilan kasallangandan so‘ng u oldingidek harakatlana olardi. U oilaviy albomlarni
ko‘rganda qarindoshlarini eslay oladi, ammo, kundalik yangi suhbatlarni va hatto
haftaning qaysi kuni ekanligini eslay olmaydi. U har safar yangiliklarni
eshitganda ta’sirlanadi va pochchasining o‘limini tez-tez eslaydi. Buning aksi
o‘laroq Xotira Olimpiadasida medallar sovrindori rus jurnalisti SHereshevskiy
boshqa jurnalistlar intervyularni qayd qilsa, u shunchaki tinglardi. Balki biz 7 yoki
9 tagacha bo‘lgan raqamlarni takrorlay olarmiz ammo Shereshevskiy 70 tagacha
bo‘lgan raqamlarni 3 soniya ichida takrorlay oladi. Bundan tashqari, u raqamlarni
orqadan oldiniga ham osonlik bilan aytib bera oladi. Hatto u yuzlab ro‘yxatlar
orasidan 15 yil oldingi ro‘yxatni ham aniq aytib bera olgan. U shunday boshlagan:
“Biz stol atrofida o‘tirgan edik, siz kursida kulrang kastyum kiygan holda o‘tirgan
edingiz va menga mana bunday holatda qarayotgan edingiz”.
19
Ajablanarli holat shunday emasmi? Siz ham imkoniyatlaringizni sinab
ko‘rishingiz mumkin. Atrofda turli tovushlar, qo‘shiqlar, yuzlar, ko‘rinishlar, turli
joylar, turli ta’m va hidlar mavjud. Tasavvur qiling, siz 2500 ta yuzlar va joylarni
har biriga 10 soniyadan vaqt ajratib ko‘rdingiz. Keyinroq esa oldingisiga
o‘xshamagan boshqa 280 ta yuzlar va joylarga e’tibor bering. Ralf Xaberning
axborotiga ko‘ra siz 90% oldingilarini eslab qolasiz. Keyingi tajriba tasavvur
qiling, siz oldin shakli aniq bo‘lmagan, har tomonlarga chizilgan rasmni
ko‘rdingiz, so‘ngra shakli aniq bo‘lgan to‘liq rasmni ko‘rdingiz.
David Mitchellning tadqiqotlariga ko‘ra to‘liq ob’ektlarni ko‘rish va eslab
qolish noaniqlariga nisbatan oson va tez. Xotira tadqiqotchilari 1 asrdan ko‘proq
19
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers. 329-b.
65
vaqtdan buyon quyidagi savollarga javob izlamoqda: Qanday qilib biz xotira
yutuqlariga erishishimiz mumkin? Nima uchun biz, hatto, bir daqiqa oldin
uchrashgan insonimizning ismini unutib qo‘yamiz? Xotiralar miyada qanday
saqlanadi? Nima uchun ayrim narsalarni tez unutamiz ammo alamli, istalmagan
hodisalarni unutishimiz qiyin? Qanday qilib bir hodisa ikki shaxsning xotirasida
turlicha qoladi? Xotiramiz imkoniyatlarini qanday o‘stirishimiz mumkin?
20
Insonlarni o‘rganish va axborotni qabul qilish bo‘yicha 3 turga ajratsak
bo‘ladi. Bular: eshitish, ko‘rish va harakat xotiralar. Bular miyaga kirayotgan
xabarning turiga bog‘liq. Ko‘rish: bunda yaqqol tasavvurlar hosil qilinadi. Bunda
so‘z tasavvurdagi manzaralar timsolida xotiraga joylashadi. Doktor Medina
fikricha: barcha sezgi organlari ichida eng muhimi aynan axborot qabul qilish
bo‘yicha mavjud sezgidir.
Vizual xotira cheksiz. Tadqiqotlardan birida ishtirokchilarga 10000 ta rasm
berilgan va so‘ng boshqa rasmlar bilan aralashtirilgan rasmlarni berib ularni
ajratish topshirilgan. 99% aniqlikda rasmlar to‘g‘ri ajratilgan. Va hatto 3 oydan
so‘ng ham shu natija takrorlangan. 10% o‘qiganda, 20% eshitganda, 30% o‘qib
eshitganda, 50% eshitib ko‘rganlarda, 70% suhbatlashganda, 90% bajarayotganda
eslab qolingan. Tevarakdagi ma’lumotlarni hissiyotlarimiz orqali qabul qilamiz.
O‘rganish va xotirada saqlashning turli usullari mavjud. Har bir odamda ma’lum
usullarning majmui mujassam bo‘lib turlicha usullarda turlicha o‘rganish
mumkin.
21
Xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan
ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga
bevosita bog’liq bo’ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan
ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizgachasini, o’zi
faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko’plab psixologik
eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi o’ylab topib, o’zi bevosita bajargan
ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada
Do'stlaringiz bilan baham: |