Eshitish sezgilari
tovushlarni eshitishdan iborat
bo’lib, musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks
ettiradi. Odatda tovushlar oddiy va murakkab
turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan
ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi.
Insonlar uchun eshitish sezgilari katta ahamiyatga ega, chunki nutqni
o’zlashtirish tovushlarni yaxshi eshitish va ularni ajratishga bog’liq. Ona tilimizda
ishlatiladigan tovushlarni kichik yoshdan eshitib, ularga odatlanib qolamiz, shuning
uchun ularni bir-biridan ajrata bilamiz va tug’ri talaffuz qilamiz. Ammo chet tilidagi
tovushlarni tez ajrata olmaymiz, ularni talaffuz etishda qiynalamiz, chunki ularga
qulog’imiz o’rganmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |