63
etish demakdir. Harorat sezgisi harorati har xil darajali buyumlarning terimizga
bevosita urilib turishidan paydo bo’ladi. Terimizga tegib turgan buyumning harorati,
terimizga nisbatan pastroq bo’lsa - sovuqni, balandroq bo’lsa - issiqni sezamiz.
Og’riq sezgilari
ichki va tashqi a’zolarimizda bironta o’zgarishga bog’liq bo’lgan
xavfli xolatlarni ongimizda aks ettirish demakdir.
SHu bilan birga, adaptatsiya -
(
lot. «adapto» - moslanmok
)
analizator
sezgirligining unga uzoq ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchi ta’sirida yoki ular ta’sirining
yo’qligida o’zgarishi
muhim ahamiyatga egadir. Adaptatsiya (moslashish) tufayli
analizatorlar tashqi muhitning o’ta o’zgaruvchi sharoitlariga moslashishi mumkin.
Ko’rish yoki eshitish sezgisining yo’qotilganligi ma’lum darajada sezuvchanlikning
boshqa turlarini rivojlantirish hisobiga to’ldiriladi. Sezgi a’zolari sezuvchanligining
kuchayish hodisasi ba’zi maxsus kasblar bilan uzoq vaqtdan bilan shug’ullanadigan
shaxslarda kuzatiladi. Bularning xammasi sezgilarimiz hayot sharoitlari va amaliy
mehnat faoliyati talablari ta’siri ostida rivojlanishining dalilidir.
Xotira
- atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va
ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va
noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish,
esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik
jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha
taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik
(yunon.«mnema»-xotira)
faoliyat, psixikaning «tanasi» sifatida namoyon bo’ladi.
Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz
bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham
hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga
chiqishini ta’minlaydi.
Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina
eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan ortiq
belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son, belgi,
narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo’lganda, uni
yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning tanlovchanligi va
ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz
lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan-
kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga
bog’liq:
esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish bildirayotganligi
va shu ishga moyilligiga;
Do'stlaringiz bilan baham: