yu, havoni hidlay boshlabdi. O’ng tomonga qayrilib hidlabdi – hech nimaning isi
olishibdi. Gunafsha juda nimjon, poyasi ham ingichka ekan. U sovuqda dir-dir
qaltirarmish, lekin sira bo’sh kelmay, dadil hid taratarmish, chunki bu uning burchi
– Shu atrofda g’alati bir narsa bor deb darrov aytdim-a, — debdi oq ayiq
– Ha, to’g’ri aytding, – debdi ayiq, xotinining gapini chuqur o’ylab olgach.
sahrosida ushoqqina binafsharang jonivor paydo bo’lib, chor atrofga g’alati bir
xushbo’y hid taratarkan. U birgina ingichka oyoqchasida qad ko’tarib turarmish va
Gunafshani tomosha qilgani kelganlarning son-sanog’i yo’q emish. Sibirdan
bug’ular chopib kelishibdi. Amerikadan ho’kizsimon hayvon darak topib kelibdi,
44
morj va tyulenlar suzib kelishibdi, qayoqdandir uzoq-uzoqlardan oq shimol tulkisi
kelib qolibdi, bo’rilar yetib kelishibdi, birinchi bo’lib, albatta, chaqimchi dengiz
zag’izg’onlari yetib kelishibdi. Hamma bu g’alati, yovvoyi gulni, uning ingichka
qaltiroq poyasini ko’rib hang-u mang bo’libdi, uning nafis xushbo’y hididan
to’yib-to’yib nafas olishibdi.
Shunisi qiziqki, uning hidi kech kelganlarga ham yetibdi. Eng so’nggi
daqiqada ham u avvalgiday hid taratib turibdi.
– Doimo shunday xushbo’y hid taratib turish uchun, – debdi tyulen, – butun
bir omborxonaga ega bo’lish kerak. Uning muz tagida, qayerdadir hoynahoy
ombori bo’lsa kerak.
– Men buni darrov sezgandim, o’sha zahoti aytdim-a, – debdi oq ayiq, –
O’sha yerda bir nimasi bor!
Ayiq hecham bunaqa demagandi, albatta, lekin hech kim uning gapirgan-
gapirmaganini eslayolmabdi.
Hammadan keyin chayka qaytib kelibdi, uni g’alati notanish haqida biror
narsa bilib kelgin, deb janubga jo’natishgan ekan, u nafasini rostlab olgach, bu
kichkina xushbo’y jonivorning gunafsha deb atalishini, boshqa joylarda – janubda
ular millionlab topilishini gapirib beribdi.
– Yuborgan elchimizni qarang-u, – debdi tyulen ensasi qotib, — Biz biror
yangi gap bilganimiz yo’q. Xo’sh, bu gunafsha boshqa yerga emas, xuddi shu
joyga qanday kelib qoldi? Yo’q, to’g’risini aytsam, nima gapligiga hech aqlim
yetmay qoldi, juda hayron bo’lib qoldim.
– U nima dedi, nima bo’lib qoldim dedi? — shivirlab so’rabdi ayiq xotinidan.
– Hayron bo’lib qoldim deyapti, – urg’ochi ayiq ham shivirlab javob beribdi,
– Xullas, boshi qotib qolganmish-da, qaysi oyog’ini bosishni bilmasmish.
– Ha, ha, – deb gapni ilib ketibdi ayiq, – Men xuddi shunday deb o’ylovdim-
a, ko’nglimda xuddi o’sha so’zlarni takrorlovdim-a.
O’sha kuni kechasi butun qutb kuchli qars-qurs va gumburlashdan larzaga
kelibdi. Butun-butun muz parchalari dag’-dag’ qaltirab, yupqa oynaday chirs-chirs
sinibdi. Bechora gunafsha muzday havoga o’zidagi bor muattar hidini taratibdi,
go’yo u bu bepoyon muz sahrosini bir zumda eritib, iliq moviy dengizga yoki
ko’m-ko’k maysa bilan qoplangan poyonsiz ko’kalamzorga aylantirmoqchi
bo’layotganday edi. Keyin gunafsha holdan toyib, boshini egib, qaddini bukibdi-
yu, shu-shu boshqa o’rnidan turolmabdi.
Tongda hamma gunafshaning so’lib qolganini ko’ribdi, u ingichka tolasida
egilib, oppoq qor ustida rangsiz va jonsiz yotganmish. Agar uning oxirgi o’y-
fikrlarini so’zda ifodalash mumkin bo’lsa, biz, hoynahoy quyidagi so’zlarni
eshitgan bo’lardik:
«Mana, men o’lyapman, Lekin kimdir boshlashi kerak edi-da. Qachonlardir
bu yerda million-million gunafsha ochilib yotadi. Muzlar eriydi, orollar hosil
bo’ladi, ulardan bolalarning qo’ng’iroqday sho’x kulgisi eshitilib turadi».
Do'stlaringiz bilan baham: