«UCHTADAN OXIRI BOR ERTAKLAR» TURKUMIDAN
HURISHNI EPLOLMAGAN KUCHIKCHA
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, hurishni eplolmaydigan bir kuchukcha bo’lgan
ekan. U na hura olarkan, na miyovlay olarkan, na ma’rashni va na kishnashni
bilarkan, qisqasi, hech bir maxluq tilida gapirishni uddalay olmaydigan shunday
bir go’rso’xta ekan. Asli-naslini so’rasangiz, o’zi bir mushtdaygina, juda ham
oddiy kuchukcha ekan. Ilgarilari kuchuk asari ko’rinmaydigan bu qishloqda uning
qayerdan paydo bo’lib qolganini hech kim bilmas ekan. Albatta, shundoq
bo’lgandan keyin «men nega hurishni bilmayman-a?» – degan o’yni xayoliga ham
keltirmas ekan. Lekin kunlarning birida kimdir uni savolga tutibdi:
– Qiziq, sen nega sira hurmaysan?
– Hurish?.. Bu nima deganingiz? Axir men bu yerlik emasman, men hurishni
bilmayman...
– Obbo jinqarcha-yey! Nahotki, hamma kuchuklar vov-vov deb hurishini
bilmasang?
– Nimaga huradi?
– «Nimaga» deganing nimasi? Axir kuchuk bo’lgandan keyin huradi-da!
O’tkinchilarga qarab huradi, ko’ziga shubhali ko’ringan mushuklarga qarab huradi.
Oyga qarab huradi, hayotidan mamnun bo’lganda huradi. Jahli chiqqanda, g’ashi
kelganda huradi. Ko’pincha kunduz kunlari huradi, lekin tunda hurgan paytlari
ham bo’ladi.
35
– Gapingizda jon borku-ya, lekin men...
– Sen juda kim bo’libsan? Yoki sen to’g’ringda gazetalarda yozishlarini
xohlaysanmi?
Kuchukcha nima deb javob berishni bilmay, jimib qolibdi. U hurishni
bilmagani uchun ham uni qanday o’rganishga aqli yetmabdi-da.
– Unday bo’lsa, men nima qilsam, sen ham shunday qil, – kuchukchaga ichi
achiganidan maslahat solibdi xo’rozcha. U o’zining jarangdortovushi bilan
bo’ynini gajak qilib bir necha marta Qu-qu-qu-quvvv!» deb qichqiribdi.
– Bu sen o’ylaganchalik osonga o’xshamaydi, — debdi kuchukcha.
– Be, shu ham gap ekanmi! Yaxshilab quloq sol, mening tumshug’imga
diqqat qil. Qisqasi, men nima qilsam, sen ham shunday qil.
Xo’rozcha yana «qu-qu-qu-quvvv!» deb qichqiribdi.
Kuchukcha unga taqlid qilmoqchi bo’libdi-yu, biroq tomog’idan qandaydir
beo’xshov «qih-qih» degan ovoz chiqibdi, xolos. Shu yerda donlab yurgan
tovuqlar cho’chib, har tomonga qochib qolibdi.
– Hechqisi yo’q, — tasalli beribdi xo’rozcha, — birinchi martaga bu juda
yaxshi chiqdi. Endi esa takrorla. Qani!
Kuchukcha yana bir marta qichqirishga urinib ko’ribdi, biroq yana hech narsa
chiqmabdi. Shunda u kunda-kunda oz-ozdan mashq qila boshlabdi, goho u
o’rmonga kirib ketarkan-da, u yerda xalaqit beruvchi hech kim bo’lmay, ko’ngli
istagancha qichqirar ekan.
Kunlardan bir kun ertalab u shunaqangi qotirib qichqiribdiki, azbaroyi ovozi
tiniq va jarangdor chiqqanidan o’zi ham zavqlanib ketibdi. Xo’roz qichqirig’i
qulog’iga chalingan tulkivoy o’zicha: «Xudoga shukur, xo’rozvoy holimdan xabar
olgani keldi! Bu himmati uchun unga darrov minnatdorchilik izhor qilib qo’yishim
kerak», deb o’ylabdi o’zida yo’q suyunib. U xo’rozcha istiqboliga oshiqibdi,
Albatta, pichoq, vilka va salfetka olib olishni ham unutmabdi, chunki o’zingizga
ma’lumki, tulki uchun babaq xo’rozdan shirinroq taom dunyoda bo’lmaydi. Lekin
babaq xo’roz o’rniga dumida cho’nqayib o’tirgancha ovozining boricha paydar-
pay «qu-qu-qu-quvvv!» deb qichqirayotgan kuchukchani ko’rganda, tulkivoyning
qanchalik hafsalasi pir bo’lganini aytmasa ham o’zingiz bilsangiz kerak.
– Eh, – debdi tulkivoy, — bu ahvolda qopqonga tushib qolmasam go’rga edi!
– Qopqonga deysanmi? — ajablanib so’rabdi kuchukcha.
– Ha-da! Men seni ataylab o’zini o’rmonda adashib qolganga solib, xo’roz
bo’lib qichqiryapsanmi deb o’ylabman. Yaxshiyamki, paytida ko’rib qoldim seni.
Lekin bunday ov qilish g’irromlikdan boshqa narsa emas. Kuchuklar odatda ovchi
kelayotganidan ogohlantirib, hurib ovoz beradilar.
– Yolg’on gapirsam, o’lay agar... Ov qilish mening xayolimga ham kelgani
yo’q. Men bu yerga faqat mashq qilgani kelganman.
– Mashq qilgani kelganman deysanmi? Nimani mashq qilasan?
– Men hurishni o’rganyapman, ancha o’rganib qoldim ham. Quloq solgin-a,
juda yaxshi hura olaman.
Shunday deya kuchukcha yana «qu-qu-qu-quvvv!» deb baralla qichqiribdi.
Tulki ichaklari uzilgudek qotib-qotib kulibdi. Yerga dumalab, qornini ushlab
shunaqangi kulibdiki, sira o’zini to’xtatolmabdi. Kalaka qilib kulganlaridan
36
kuchukcha qattiq xafa bo’libdi, — axir buni o’rganguncha ozmuncha mehnat
qildimi! Bechora yig’lamoqdan beri bo’lib, dumini qisgancha uyga qaytibdi. Bir
vaqt yo’lda u bir kakkuga duch kelibdi. G’amgin ketayotgan kuchukchani ko’rib,
kakkuning unga rahmi kelibdi va ko’ngil so’rabdi:
– Senga nima bo’ldi, kuchukvoy, tinchlikmi?
– Hech narsa bo’lgani yo’q.
– Bo’lmasa nega buncha g’amgin ko’rinasan?
– Eh... so’rab nima qilasan?.. Hamma balo hurishni eplolmaganimdan.
Buning ustiga birov o’rgatib qo’yay ham demaydi.
– Gap faqat shunda qolgan bo’lsa, men senga ko’z ochib-yumguncha o’rgatib
qo’yganim bo’lsin. Yaxshilab quloq sol, men sayrayman: kuk-ku, kuk-ku!
Bildingmi?
– Unchalik qiyinga o’xshamayapti...
– E, oppa-oson! Men juda kichkinaligimdan kukulashni bilaman. Qani,
takrorla: «Kuk-ku, kuk-ku, kuk-ku, kuk-ku!..»
– Ku, – sayrashga urinibdi kuchukcha, – ku...
U mana shu «kuk-ku»ni yana ko’p martalab takrorlabdi, o’sha kuni
kechgacha va ertasiga ham faqat shuni mashq qilibdi, bir haftadan keyin esa
ajabtovur kukulaydigan bo’lib qolibdi. U o’ziga o’zi qoyil qolib, o’ylabdi: «Mana,
nihoyat men chinakam huradigan bo’lib qoldim. Endi meni hech kim kalaka qilib,
ustimdan kulolmaydi».
Ayni shu kunlari ov mavsumi boshlangan paytlar ekan. O’rmonda ko’p
ovchilar paydo bo’libdi. Ular ichida to’g’ri kelgan tomonga va duch kelgan
jonivorga qarab o’q otaveradiganlari ham bor ekan. Agar ovozlari quloqqa
chalingudek bo’lsa, bulbullami ham ayab o’tirishmas ekan. Ana shunday
ovchilardan biri o’nnonda ketayotib, butalar orasidan: «Kuk-ku, kuk-ku...» degan
ovozni eshitib qolibdi. Ovchi darhol miltig’ini qo’liga olib mo’ljallabdi-da, ustma-
ust: «Paq-paq!» – o’q uzibdi. Xayriyat, o’q kuchukchaga tegmabdi. Xuddi
qulog’ining ostidan vizillab o’tib ketibdi. Bechora kuchukchaning shunaqangi
o’takasi yorilibdiki! Qochib ketayotib, o’zicha o’ylar emish: «Hoynahoy, bu
ovchining esi joyida bo’lmasa kerak, bo’lmasa kelib-kelib hurishni biladigan
kuchukka qarab o’q uzadimi...»
Ovchi esa bu paytda o’ljasini qidirish bilan ovora ekan. U mo’ljalga aniq
urganiga shubha qilmagan ekan-da.
«Hoynahoy urgan qushimni allaqayoqdan paydo bo’lgan haligi kuchukcha
ilib ketgan», o’ylabdi u.
Alamini bosish uchun ovchi inidan mo’ralab turgan sichqon bolasiga qarab
o’q uzibdi, lekin bu ham mo’ljalga tegmabdi. Kuchukcha bo’lsa chopib
ketaveribdi, ketaveribdi...
Kuchukcha chopib ketaveribdi, ketaveribdi, bir vaqt bir sigir bemalol o’tlab
yurgan o’tloqzordan chiqib qolibdi.
– Qayoqqa shoshib ketyapsan, kuchukvoy?
– O’zim ham bilmayman.
– Unday bo’lsa to’xtab, birpas damingni ol. Bu yerning o’tlog’ini qara, ko’m-
ko’k.
37
– Eh, gap o’tloqda bo’lganda-ku, o’zim bilardim-a...
– Ha, nima bo’ldi? Tobing yo’qmi?
– Undan battari. Men hurishni bilmayman!
– Seni qara-yu, dunyoda eng oson narsa shu-ku! Quloq sol: «Mo’-o’! Mo’-o’!
Mo’-o’!..» Xo’sh qalay, yoqdimi?
– Durust. Lekin bir narsani ko’nglim sezib turibdi, menga kerak bo’lgan narsa
bu emas. Chunki, sen sigirsan...
– Ha, albatta, sigirman...
– Men esa sigir emas, kuchukchaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |