Ro`yxatga olindi: №


AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR
Nazorat savollari
1. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyatini tavsiflang.
2. Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadini qanday izohlaysiz?
3. Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalarini sanab va har birini
tavsiflang.
4. Korporativ boshqaruv ishtirokchilarini guruhlang.
5. Korporativ boshqaruv va korporativ menejmentning umumiy va farqli 
jihatlarini izohlang.
6. Turli xalqaro tashkilotlar tomonidan keltirilgan korporativ boshqaruv 
prinsiplarining umumiy va farqli jihatlarini izohlang.
7. Sizningcha, O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning qaysi prinsiplariga 
mukammal darajada amal qilinadi?
8. O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning huquqiy asoslari qaysi
qonunchilik hujjatlarida belgilangan?
9. Rivojlangan mamlakatlarda korporativ boshqaruv kodeksining qo‘llanish 
xususiyatlari.
10.
O‘zbekistonda
korporativ
boshqaruv
kodeksining
qo‘llanish
xususiyatlari.
Testlar
1. Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati to‘g‘ri keltirilgan javobni 
belgilang.
a) amaldagi   huquqiy   me’yorlarga   asoslanib,   boshqaruvning   ma’lum   bir
prinsiplari   asosida   korporativ   tuzilmalarda   muntazam   foydaga   erishish   uchun
amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyati;
b) kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib 
borish orqali aksiyadorlar daromadligini aniqlash;


c) aksiyadorlar mulki ustidan nazoratni amalga oshirib, kapital tarkii teng 
taqsimlanishiga qaratilgan boshqaruv faoliyati;
d) aksiyadorlik jamiyatlaridan erishilgan foydani mulkdorlar va menejerlar 
o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan faoliyat.
2. Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi qaysi javobda keltirilgan?
a) kompaniyaning bozordagi ulushi va kapitallashuv darajasini oshirib 
borish orqali aksiyadorlar daromadligini ta’minlash;
b) korporativ tuzilmada xarajatlarning maqsadli yo‘naltirilishi ustidan
nazoratni amalga oshirish;
c) boshqaruvning xalqaro talab va standartlariga muvofiqligini ta’minlash;
d) aksiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda davlat 
tomonidan boshqaruv sifatini oshirish.
3. Qaysi javobda korporativ boshqaruv ob’ekti to‘g‘ri berilgan?
a) korporativ munosabatlar;
b) korporativ prinsiplar;
c) korporativ ishtirokchilar;
d) aksiyadorlik jamiyati zararlarini taqsimlash.
4. Korporativ boshqaruv sub’ektlari qaysi javobda keltirilgan?
a) aksiyadorlik jamiyatlari, aksiyadorlar, menejerlar, davlat, kreditorlar va 
boshqa manfaatdor shaxslar;
b) qimmatli qog‘ozlar bozori, fond bozori, qimmatli qog‘ozlar markaziy 
depozitariysi;
c) barcha korporativ munosabatlarga nisbatan korporativ boshqaruv
sub’ektlari sifatida qaraladi;
d) korporativ boshqaruv amaliyotida alohida sub’ektlar mavjud emas;
5. Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda joriy 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishni kimlarning zimmasiga yuklaydi?
a) shartnoma asosida menejerlarga;
b) imtiyozli aksiyalar egalariga;
c) ichki nazorat organlariga;
d) ish yurituvchilarga.
6. Aksiyadorlik jamiyati va xodim-aksiyador o‘rtasidagi korporativ
munosabatlar ko‘lami qaysi javobda to‘liq berilgan?
a) mehnat shartnomasi asosidagi hamda mulkdorlik nuqtai nazaridan
munosabatlar;
b) mehnat shartnomasida belgilab qo‘yilgan majburiyatlar yuzasidan
munosabatlar;
c) aksiyadorlik jamiyati va xodim-aksiyador o‘rtasida alohida korporativ 
munosabatlar tizimi yuzaga kelmaydi;


d) egalik qilib turgan ulushi asosida yuzaga keladigan munosabatlar.
7. Aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatida professional menejmentga
qachondan boshlab alohida e’tibor qaratila boshlangan?
a) XX asrdan;
b) 1980 yillardan;
c) XXI asrdan;
d) 1950 yillardan.
8. Korporativ boshqaruvning prinsiplari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?
a) qonuniylik, adolatlilik, hisobdorlik, javobgarlik, oshkoralik, shaffoflik;
b) itoatkorlik, qonuniylik, majburiylik, ta’minlanganlik, to‘lovlilik;
c) manfaatdorlik, muddatlilik, asoslanganlik, maqsadlilik, qonuniylik;
d) xalqaro amaliyotda korporativ boshqaruv prinsiplari qabul qilinmagan
O‘zbekistonda mustaqillik va liberallik prinsiplari mavjud.
9. Korporativ   boshqaruvning   qaysi   prinsipi   aksiyadorlik   kompaniyalarida
aksiyadorning   ulushidan   qat’iy   nazar,   bir   xil   munosabatda   bo‘lish,   minoritar
aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini ta’minlash lozimligini nazarda tutadi?
a) adolatlilik prinsipi;
b) hisobdorlik prinsipi;
c) shaffoflik prinsipi;
d) oshkoralik prinsipi.
10. O‘zbekistonda   korporativ   boshqaruvni   tashkil   etish   va   amalga
oshirishning   huquqiy   asosi   hisoblangan   eng   asosiy   qonunchilik     hujjatini
ko‘rsating.
a) “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi Qonun;
b) “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun;
c) Korporativ boshqaruv kodeksi;
d) Soliq kodeksi va “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonun.
11. Rivojlangan davlatlarda qo‘llaniladigan Korporativ boshqaruv kodeksi 
qanday hujjat hisoblanadi?
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinib, aksiyadorlik 
jamiyatida rioya qilinishi majburiy hisoblangan hujjat;
b) davlat qonun chiqaruvchi hokimiyati tomonidan qabul qilinib, barcha 
rioya qilishi majburiy bo‘lgan hujjat;
c) jamoat tashkilotlari tomonidan qabul qilinib, barcha rioya qilishi majburiy
bo‘lgan hujjat;
d) Jahon banki tomonidan qabul qilinib, barcha davlatlardagi aksiyadorlik 
jamiyatlari tomonidan rioya qilinishi majburiy hujjat.


12. O‘zbekistonda Korporativ boshqaruv kodeksi qaysi holatda majburiy 
hujjat hisoblanadi?
a) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangach, tegishli
aksiyadorlik jamiyatida;
b) Korporativ boshqaruv kodeksi har qanday holatda majburiy amal qilinishi
lozim bo‘lgan hujjat hisoblanadi;
c) aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangach, ijroiya 
organi amal qilishi majburiy hisoblanadi;
d) ijroiya organi tomonidan tasdiqlangach, barcha xodimlar tomonidan rioya
qilinishi majburiy hisoblanadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish