Muallif - O.A.Amanov
Inaktiv rejalashtirish korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi ya’ni orqaga
xam qaytmaydi, ilgariga qarab xarakat xam qilmaydi. Uning asosiy maqsadi ishlab
chiqarish barqarorligiga erishishdir. Inaktiv tashkilotlar o’z qoida, qadriyat va
uslublarini ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy samaradorligidan ustun qo’yadi.
Inaktiv rejalashtirishga asoslangan korxonalarga misol qilib davlat korxonalari,
byudjet tashkilotlari, administrativ tashkilotlar, korxonalarning xizmat ko’rsatish va
funksional xizmatlar rejalarini keltirish mumkin.
Preaktiv rejalashtirish korxona faoliyatining turli sohalarida uzluksiz
o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning
ilgor yutuqlariga tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar,
lekin yig’ilgan tajribalarga kamroq axamiyat beradilar. Bunday rejalashtirish
kelgusini istiqbollash va unga tayyorgarlik ko’rishdan iborat bo’ladi.
Rejalashtirish yuqoridan quyiga karab amalga oshiriladi. Avval tashqi sharoit
istiqbollanadi, so’ngra korxonaning muxim maqsadlari va strategiyasi belgilanadi.
Preaktiv rejalashtirishning kamchilik tomoni shundaki, prognoz qanchalik uzoq
muddatni qamrab borsa, shunchalik xatolik extimoli yuqori bo’ladi.
Interaktiv rejalashtirish istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish
yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual,
tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, xozirgi davrni
va kelgusining o’z aro aloqasiga tayanadi.
Ichki rejalashtirish turlari va sistemalari nafaqat korxonalar rejali faoliyati
mazmunini, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha darajalarida rejalashtirish
mazmunini xam xarakterlaydi. Bu erda rejalashtirish faoliyatining mazmuni yoki
predmetini ilmiy va amaliy jixatdan aniqlashtirish zarur.
Rejalashtirish nazariyasi ilmiy bilimlarni quyidagi muhim muammolarbo’yicha
shakllantirishni ko’zda tutadi: bozor rejalashtirish uslubiyati, me’yoriy bazani
yaratish, rejadaginormativ va ko’rsatkichlarning o’zaro ta’sirmexanizmi,reja tuzish
usullari, strategik rejalashtirish, moliyaviy rejalashtirish, tarmoqli rejalashtirish,
biznes - rejalashtirish, ijtimoiy - mehnat rejalari, operativ rejalashtirish, rejalarni
iqtisodiy baholash, rejalashtirishni takomillashtirish.
Rejalashtirish amaliyoti nazariya va uslubiyatni o’zlashtirish, rejalarni asoslash
usuli va uslublarini o’rganish, barcha bilimlardan zaruriy mablag’ va resurslarni
tanlashda foydalanish kabilarni ko’zda tutadi. Korxonada rejalashtirish mazmuni
iste’molchi va ta’minotchi, ob’ekt va tizimi, reja tuzish usullari va texnologiyasi kabi
o’z aro bog’liq tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: