Muallif - O.A.Amanov
III BOB. REJALASHTIRISH TURLARI VA USULLARI
Tayanch so’z va iboralar: ichki rejalashtirish muammolari, mohiyati,
maqsadi, ichki rejalashtirishning funksiyalari va ularga qo’yiladigan talablar,
rejalashtirish jarayoni, rejalashtirish usullari va uslubiyati, rejalashtirish
texnologiyasi, rejalashtirish natijasi, boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.1. Rejalashtirish turlari
Ichki rejalashtirish erkin bozor iqtisodiyotida muxim o’rin egallaydi.
Rejalashtirish umumiy iqtisodiy tizimda davlatning, ayrim korxonalarniig,
korporatsiya yoki firmalar xamda oilaviy xo’jaliklarning o’z manfaatlarini
uyg’unlashtirish imkonini beradi. Rivojlangan bozor munosabatining asosiy vazifasi
iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sish va insonlarniig turmush
darajasini oshirishga xarakat qilish lozim. Ichki rejalashtirish xam kishilarning turli
extiyojlarini qondirishga, foyda (daromad) miqdorini oshirishga qaratiladi. Bozor
iqtisodiyotida davlat va korxona rejali – yo’naltirilgan ishlab chiqarish xo’jalik
faoliyatiniig asosiy mustaqil sub’ekti xisoblanadi.
Ichki
rejalashtirish
va
davlatni
boshqarish
o’rtasida
erkin
bozor
munosabatlariga, talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan o’z aro iqtisodiy
ta’sir mexanizmi amal qiladi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotida talab taklifni keltirib chiqaradi, u esa o’z
navbatida shaxsiy talabning zaruriy hajmini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ichki
rejalashtirish erkin bozor tizimining muxim tarkibiy qismi bo’lib xisoblanadi.
Marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish, korxonani boshkarish kabi fanlar bilan
bog’liq xolda rejalashtirish fani bozor iqtisodiyotining muxim, fundamental
masalalariga
javob
topishga
imkon
yaratadi.
Ichki
ishlab
chiqarishni
rejalashtirishning mohiyatini belgilovchi ushbu masalalarni quyidagicha ifodalash
mumkin:
1.
Korxonada qanday mahsulot, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish lozim?
2.
Qancha miqdorda mahsulot, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish kerak va
buning uchun qancha iqtisodiy resurslar talab etiladi?
3.
Ushbu mahsulotni qanday ishlab chiqarish, qanday texnologiyani qo’llash
lozim va ishlab chiqarishni qanday tashkil etish kerak?
4.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning isteomolchilari kimlar va qanday bahoda
sotish mumkin?
5.
Korxona bozorga qanday moslashadi va bozordagi ichki va tashqi
o’zgarishlarga qanday moslashadi?
Bozor iqtsiodiyoti oldiga qo’yilgan ushbu fundamental masa’alardan kelib
chiqadiki, korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab
chiqarish jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy - reja ko’rsatkichlari xisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti shaoritida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar,
tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |