5-BOB. ROMLI TEMIRBETON KO‘PRIKLAR
5.1. Romli ko‘priklarning sxemalari
To„sinli ko„priklarda (3-bobga qarang) ularning asosiy ko„taruvchi
elementlari (to„sinlari) yuqoridan tushgan bosimni tayanchlarga tayanch
qismlari
orqali
uzatadi.
Ammo,
shu
bilan
birga,
ko„priklar
konstruksiyalarida romli sistemalar ham etarli darajada keng tarqalgandir
(rasm 5.1). Romli sistemalarning ajralib turadigan o„ziga hos xususiyati –
gorizontal ko„taruvchi elementlarning (rigellarning) tayanch ustunlari bilan
bikr birlashtirilganidir.
Rasm 5.1. Zo„riqtirilmagan
temirbetonli romli
ko„priklarning sxemalari
Ko„prik qurilishida yig„ma temirbeton konstruksiyalar keng
qo„llanilganiga qadar unchalik katta bo„lmagan oraliqlarni berkitish uchun
monolit temirbetonli romli sistemalar qo„llanilgan (rasm 5.1). Romli
65
ko„prik yuklanganida rigeldagi eguvchi momentlarning qiymati xuddi shu
oraliqli qirqilmagan to„sinda hosil bo„ladigan moment qiymatidan biroz
kichik bo„ladi. Bundan tashqari, romli ko„priklarning tayanch ustunlari
o„lchamlari to„sinli oraliq qurilmalarining katta, vazmin tayanchlarining
o„lchamlariga nisbatan ancha kichik bo„lishi mumkin, chunki katta
tayanchlarning o„lchamlari ularning bosh qismlarida tayanch qismlarini
o„rnatish zaruriyatidan kelib chiqadi. Shu tufayli romli ko„priklar beton
sarfi bo„yicha to„sinli ko„priklarga qaraganda tejamliroqdir. SHu bilan
birga, romli ko„priklarning egilish bilan birga siqilishga ishlaydigan
ustunlari etarli darajada kuchli armaturalashni talab qiladi va inshootga
ketadigan armaturaning umumiy sarfini orttiradi.
Daryolar ustidan o„tgan romli ko„priklarda ularning nisbatan ingichka
temirbeton ustunlarini muz yoki suvda oqib kelgan boshqa narsalar
shikastlantirishi
mumkin.
Shuning
uchun,
romli
sistemalarning
ko„rilayotgan turlari yo„l o„tkazgichlar va estakadalar uchun ko„proq
yaroqlidir. Bunday inshootlarda romli ko„priklarning qurilish balandligini
kamaytirish, kichik kesimli ustunlarni qo„llab ko„prik osti bo„shlig„ini
orttirish, yo„l o„tkazgich yoki estakada ostida harakatlanayotgan transport
vositalarining haydovchilari uchun ko„rish imkoniyatini orttirish kabi
afzalliklaridan samarali foydalanish mumkin.
Romli ko„priklarning yo„l ko„tarmasi bilan birlashishining har-hil
turlari mavjud. Rasm 5.1,
a
da ko„tarma konuslari ichiga kirgan chetki
ustunlar qurish varianti ko„rsatilgan. Ustunlarning balandligi katta
bo„lmaganda ularni ustoylar bilan almashtirish mumkin (rasm 5.1,
b
).
Avtomobil ko„priklari uchun bu birlashishni konsollar orqali amalga
oshirish mumkin. Ko„tarmaning katta miqdorda cho„kishini oldini olish va
ko„prikka kirish joyida qatnov qismi zamini bikrligining bir tekisda oshib
66
borishini ta‟minlash uchun konsollarning uchlariga sharnirsimon
biriktirilgan, ko„tarma ichiga joylashtirilgan temirbeton plitalar qo„llaniladi
(rasm 5.1,
v
).
Romli sistemalarning tayanchlari bir tekisda cho„kmaganda, ularning
rigellarida va ustunlarida qo„shimcha eguvchi momentlar paydo bo„ladi.
Shuning uchun monolit romli sistemalar tayanchlarning ostida kam
deformatsiyalanadigan gruntlar bo„lganda qo„llanilgan. Katta uzunlikdagi
romli
ko„priklarda xuddi shunday eguvchi momentlar harorat
o„zgarishlaridan ham hosil bo„ladi. Monolit romlar beton kirishishiga ham
sezgirdir. Sanab o„tilgan faktorlarni konstruksiyaga deformatsion choklar
yoki sharnirlar kiritish orqali ancha kamaytirish mumkin. Deformatsion
choklar ikkitali ustunlar o„rnatish (rasm 5.2,
a
) yoki bir uchi bo„ylama
siljiydigan holda tayangan osma to„sinlarni o„rnatish orqali joylashtirilishi
mumkin (rasm 5.2,
b
).
Ko„ndalang kesimda bir temir yo„l iziga mo„ljallangan romli
temirbeton ko„prik vertikal yoki qiya ustunli romdan iborat. Ustunlar
balandligi katta bo„lganda, ular bir-biriga rasporkalar bilan bog„lanadi
(rasm 5.3,
a
). Inshootning balandligi romlar orasidagi masofadan 2,5†3
marta katta bo„lganda, ustunlar ko„prikning ko„ndalang bikrligini
ta‟minlash uchun qiyalikka ega bo„ladi.
Ikki yo„l uchun romli ko„prikning ko„ndalang kesimi variantlari rasm
5.3,
b
da keltirilgan. Birinchi variantda har bir yo„l uchun ikki bo„ylama
romdan tashkil topgan alohida konstruksiya o„rnatilgan. Ko„prikning o„qi
bo„yicha chok mavjud, poydevor ham chok bilan ajratilgan. Ikkinchi
variantda romlar ballast koritasi plitasi, ko„ndalang to„sin-diafragmalar,
rasporkalar va umumiy poydevor bilan bir yaxlit konstruksiyaga
birlashtirilgan.
67
Rasm 5.2. Deformatsion choklari
bo„lgan romli ko„priklarning
sxemalari
Rasm 5.3. Romli ko„priklarning ko„ndalang kesimlari
Ko„rilgan romli sistemalarning katta kamchiligi – ular qurilishini
industriyalashtirishning qiyinligidir. Romli sistemalarda zavodlarda
tayyorlangan elementlarni qo„llash katta eguvchi momentlar va ko„ndalang
kuchlar hosil bo„ladigan kesimlarda montaj choklarini o„rnatish
zaruriyatini keltirib chiqarib ishlarni murakkablashtiradi. Shuning uchun,
hozirgi paytda romli sistemalar ko„rilgan ko„prik turlari uchun kam
qo„llaniladi, lekin avtomobil yo„llari yuklari uchun yig„ma temirbetonli
romli yo„l o„tkzgichlar qurilgani ma‟lum.
Oldindan zo„riqtirilgan temirbetonli inshootlarning konstruksiyalari va
qurilish uslublari rivojlanib borgani sari romli ko„priklarning katta
oraliqlarni berkitishga imkon beradigan yangi konstruktiv shakllari paydo
bo„ldi. Zamonaviy romli ko„priklarni qurishning asosiy uslubi – rigellarni
ayri bloklardan oraliq tayanchlar yoki hovonlarsiz osma usulda yig„ishdir.
68
Chet ellarda bunday sistemalarni qurishda osma betonlash usuli ham
qo„llaniladi.
Zamonaviy romli sistemalarda konstruksiyaning asosini rigellari osma
usulda montaj qilinadigan T-simon romlar tashkil qiladi. Agar
konsollarning uchlari oraliqda bo„ylama siljishlarga imkon beradigan
sharnirlar bilan biriktirilgan bo„lsa, u holda romli-konsol sistemasi hosil
bo„ladi (rasm 5.4,
a
). Romli-osma sistemada qo„shni romlar rigellari
uchlariga osma to„sinlar o„rnatiladi (rasm 5.4,
b
).
Rasm 5.4. Oldindan
zo„riqtirilgan
temirbetonli
romli
ko„priklarning
sxemalari
Romli-osma sistema rigellarida montaj paytida va ekspluatatsiya
davrida faqat manfiy eguvchi momentlar paydo bo„ladi. Shuning uchun, bu
yerda oldindan zo„riqtirilgan armatura yuqori zonaga joylashtiriladi.
Katta oraliqli romli sistemalarda turli xil panjaraga ega bo„lgan
shaparak konstruksiyali rigellar ham qo„llaniladi. Rasm 5.4,
v
da pastga
yo„nalgan hovonlar turidagi panjaraga ega bo„lgan shaparak rigelli romli-
osma ko„prikning sxemasi keltirilgan.
Zamonaviy ko„priklarda, shuningdek, rigellari uchlari montaj
qilingandan so„ng bikr chok bilan birlashtirilgan romli-qirqilmagan
69
sistemalar ham qo„llanilishi mumkin. Bunday konstruktiv sxemada
tayanchlarning siljishiga, harorat ta‟siriga va beton kirishishiga
konstruksiyaning sezgirligi ortadi. Bundan tashqari rigel o„rta qismining
ost tarafiga qo„shimcha armatura qo„yish talab etiladi.
Romli – qirqilmagan sistemalarning bir turi sifatida ustunlari qiya
joylashgan, “yugurayotgan ohu” deb nom olgan konstruksiyani ko„rsatish
mumkin (rasm 5.4,g). Bunday sxemani temir yo„l tik qirg„oqli jarliklar
ustidan o„tganda qo„llash maqsadga muvofiqdir.
Bir qator konstruktiv va texnologik afzalliklariga qaramasdan romli
sistemalarning turlari (rasm 5.4 ga qarang) temir yo„l ko„priklarida kam
qo„llaniladi. Ular qo„llanilishining asosiy sohasi hozirchalik avto-yo„l
ko„priklari bo„lib qolayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |