Buxoro davlat universiteti b. Ibragimov, M. Ibragimov sport turlari bo



Download 7,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/324
Sana13.01.2022
Hajmi7,06 Mb.
#357211
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   324
Bog'liq
joxa 1

Qo`llar  harakati.
  Yonboshlab  suzishda  qo`llar  harakati  hech  qachon  bir-
biriga mos kelmaydi - biri bir xil harakat qilganida ikkinchisi ikkinchi xil harakatni 
bajaradi.  Shu  sababli  ham  bunda  bir  qo`l  tayyorlanish  harakatini  boshlaganda, 
ikkinchi qo`l ishchi harakatni boshlaydi va h. k. 
Yuqoridagi  qo`lning  tayyorlanish  harakatini  tasvirlaydigan  bo`lsak,  bunda 
uning  dastlabki  holati  suvda,  ya`ni  tanadan  songacha  uzatilgan  holatda  bo`ladi. 
Tayyorlanish harakati esa quyidagicha kechadi: suvdan oldin yelka, bilak va keyin 
panja tirsakdan bukilgan holda chiqadi. So`ng qo`l tirsakdan yozilgan holda oldin 
panja,  keyin  bilak  yelkadan  oshib  o`tarkan,  to`g’rilanadi  va  oldinga  iloji  boricha 
uzatiladi.  Shunday  uzatiladiki,  butun  panja  uchi,  bilak,  yelka  kamari  tana  bilan 
oyoqlarning  gorizontal  holatiga  to`ppa-to`g’ri  bo`lib  qoladi.  Shundan  keyin  shu 
qo`l  suvga  botib  borarkan,  tirsakdan  sal  bukiladi.  Qo`l  holati  bilan  suv  sathi 
oralig’ida taxminan 45° burchak hosil bo`lganida tayyorlanish harakati tugaydi. 


116 
 
Yuqoridagi  qo`lning  ishchi  harakati  boshlanish  oldida  hozir  aytib 
o`tganimizdek, qo`l tanaga nisbatan perpendikulyar holatda turgan bo`ladi. Endi u 
tana  bo`ylab  oldindan  orqaga  harakat  qilib  ish  bajarishi,  ya`ni  eshish  harakatiga 
o`tishi lozim. Eshishning birinchi yarmidayoq tirsak burchagi sal yozilib taxminan 
90°  atrofida  bo`ladi.  Songa  yaqinlashib  qolganida  esa  u  tamoman  yozilib 
to`g’rilanib  oladi.  Binobarin,  qo`l  chanoq  yonidan o`tayotganida bu  bosqich  ham 
tugaydi,  demak,  eshish  harakati  -  ish  bajarish  oxiriga  yetadi.  Endi  u  tayyorlanish 
harakatiga ko`chadi va h. k. 
Pastki  qo`lning  ishchi  harakatida  uning  dastlabki  holati  suv  ostida  to`g’ri 
uzatilgan vaziyatda, kaft  eshishga  tayyorlanayotganday  pastga  qaragan  bo`ladi.  U 
harakatni,  odatda,  pastga-orqaga  eshish  bilan  boshlaydi.  Qo`l  pastga  harakat 
boshlaganida tirsakdan sal bukiladi. Ishchi harakatning o`rtalariga yetganida tirsak 
burchagi  taxminan  100°  atrofida  bo`ladi.  Qo`l  yoy  hosil  qilib  bo`lganida  uning 
ishchi harakati tugagan bo`ladi. 
Pastki  qo`lning  tayyorlanish  harakatini  mutaxassislar  odatda  ikki  qismga 
bo`ladilar: qo`lning tanaga tomon harakati va oldinga tomon harakati. Qo`l tanaga 
tomon  harakati  boshlanganida  u  tirsak  bo`g’imidan  bukiladi,  yelka  tanaga  olib 
kelinadi. Qo`l
 
tirsakdan taxminan 40° atrofida bukilib, kaft tanaga qaragan paytda 
pastki  qo`lning  tayyorlanish  harakatining  birinchi  qismi  tugaydi.  Keyin  qo`l
 
yozilarkan,  oldinga  uzatiladi  va  kaft  pastga  qaratiladi.  Shu  bilan  uning  ikkinchi 
qismi ham tugaydi. 
Nafas olish.
 Suzishning bu usulida nafas olish va chiqarish ham o`ziga xos 
tarzda kechadi. Masalan, suzuvchi yuqoridagi qo`l bilan eshish harakatini tugallash 
oldida  boshini  suvdan  chiqib  turgan  yelkasiga  qaratadi,  qo`li  suvdan  chiqib 
harakatining birinchi yarmiga kelganida nafas oladi. Keyin suzuvchi yuzini suvga 
botirib  nafas  chiqaradi  va  h.  k.  Keyingi  nafas  olish  va  chiqarishlar  shu  tariqa, 
davom etib boraveradi. 

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish