Buxoro davlat universiteti b. Ibragimov, M. Ibragimov sport turlari bo



Download 7,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/324
Sana13.01.2022
Hajmi7,06 Mb.
#357211
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324
Bog'liq
joxa 1

Cho`kayotgan  odamni  qutqarish.
  Cho`kayotgan  odamni  qutqarish  har  bir 
insonning  burchidir.  Bu  burchni  ado  etish  uchun  albatta,  suzishni  yaxshi  bilish 
kerak. 
Qutqarishning  bir  necha  usul  va  amallari  bor.  Masalan,  suvga  cho`kib 
borayotgan  odamni  suv  oqimi  qutqaruvchi  tomonga  oqizib  kelayotgan  bo`lsa, 
qutqaruvchi cho`kayogan kishi oldiga burchak hosil qilib, suzib chiqishi lozim; 
Hushidan ketgan odamni suvdan olib chiqish quyidagicha bajariladi: 
a) cho`kkan  odamning  sochidan  ushlanadi  va  oyoqlarni  brass  usulida 
harakatlantirib, yonboshlab, bo`sh qo`l yordamida suzib olib chiqiladi; 
b) cho`kkan odamning iyagidan ikki; qo`l bilan bosh tarafidan kelib ushlanadi 
va  chalqancha  yotgan  holda  brass  usulida  oyoqlar  bilan  harakat  qilib  suzib  olib 
chiqiladi;  
v)  cho`kkan  odamning  orqa  tomonidan  bir  qo`lni  ikki  qo`ltig’idan  o`tkazib 
ushlab, ikkinchi bo`sh qo`l bilan yonboshlab suzib, oyoqlarni ham shu usulga ko`ra 
harakatlantirib olib chiqiladi;  
g)  qo`lni  cho`kkan  odamning  bir  qo`ltig’idan  o`tkazib,  iyagidan  ushlab 
yonboshlab suzish harakatlari bilan olib chiqiladi va h. k. 
Qutqarish  usuli  qanday  bo`lmasin,  cho`kkan  odamga  sharoitga  qarab  nafas 
olishiga  imkon  berish  kerak,  bu  hech  qachon  esdan  chiqmasligi  shart  bo`lgan, 
birinchi navbatda qilinadigan vazifadir. 
Shu o`rnida bir voqeani o`quvchilar e`tiboriga havola qilmoqchimiz. 
O`zingiz  bilasiz,  hayotda  nimalar  bo`lmaydi,  qanday  odamlar  uchramaydi, 
deysiz.  Kunlarning  birida  shahrimizda  barpo  etilayotgan  yangi  turarjoy  dahasi 
hududida yer qazish ishlari tufayli, ko`lga teng kelib qoladigan sun`iy suv havzasi 
paydo bo`ldi. Yoz kelish bilan bu bolalarning maza qilib cho`miladigan maskaniga 
aylandi.  Suv  tiniq,  jozibali,  orombaxshligi  bolalarnigina  emas,  kattalarni  ham 
o`ziga  chorlar  edi.  Kun  issiq,  oftob  badanni  qizdirardi,  bolalar  baqiriq-chaqiriq 


119 
 
qilib  cho`mila  boshlashdi.  Suv  bo`yiga  bir  payt  besh  ulfat  to`rva-xaltalarini 
ko`tarib, bir maza oshadigan bo`ldik, deb kelib qoladilar. Odatda, suvni sevadigan 
bolalar  yanada  maroqli  cho`milish  yo`llarini  izlab  topishadi,  katta-katta  yog’och 
doiralar (disk) ustira 5-6 tadan bola chiqib olib, «ko`l» bo`ylab suzib yurishar edi. 
Buni  ko`rgan  haligi  besh  ulfat  darhol  doiralardan  birini  bolalardan  iltimos  qilib 
olishadi. 
Beshovlon bir bo`lib doiraga chiqib o`tiradilar. Yigitlardan faqat biri suzishni 
bilmas  edi.  Ular  juda  xursand,  o`zlarini  bamisli  daryoda  -  qayiqda  ketayotgandek 
his  qilishardi,  Suvda  cho`milib  yurgan  bolalardan  birining  sho`xligi  tutib,  sekin-
asta  suzib  keladi-yu,  ular  o`tirgan  «qayiqni»  ag’darib  yuboradi.  Ular  baravariga 
suvga tushib ketadilar. Shunda yigitlardan biri suzishni bilmaydigan do`stini eslab 
qoladi  va  zudlik  bilan  u  tomonga  suzib  borib,  qo`rquvdan  talvasaga  tushayotgan 
og’aynisini suvdan olib chiqadi. Yaxshiyamki bu yigitning suzishni bilmasligidan 
bir  kishi  bo`lsa  ham-xabardor  ekan,  aks  holda  ko`ngilsiz  hodisa  ro`y  berishi 
mumkin  edi.  Qutqaruvchi  yigit  tajribali  suzuvchi  bo`lgani  tufayli  suvda  oqilona 
harakat qilib, dam do`stiga, dam o`ziga nafas olishga imkon yaratadi. 
Ma`lumki,  cho`kayotgan  odam  ongli  harakat  qilmaydi.  Qo`llarni  osmonga 
emas, pastga olishni u xayoliga ham keltirmaydi. Dod solib qo`llarini suv urgancha 
tepaga  ko`taraveradi,  natijada  suv  o`z  qa`riga  tortib  ketadi.  Aslini  olganda, 
odamzodni  cho`ktiradigan  narsa  -  mana  shu qo`rquv,  dahshat vasvasasidir.  Odam 
qo`rqib  ketmasa,  u  o`zini  suvda  tutib  tura  oladi.  Suzishga  o`rganayotganda 
hammamiz ham shu hissiyot paydo bo`lganidagina suzib yotganmiz. Chunki xuddi 
shu paytda bizda ongli harakat qilishga erkin ixtiyor tug’ilgan. 
Cho`kayotgan  odam  jon  holatda  unga  yordamga  kelgan  kishini  duch  kelgan 
yeridan  mahkam  tutib  olishi  mumkin.  Bunday  vaziyatda  qutqaruvchi  esa  hushini 
yo`qotib qo`ymasligi kerak. Masalan, cho`kayotgan kishi uning ikki bilagidan tutib 
qolganida,  qutqaruvchi  qo`llarini  pastdan  yonga  siltab,  chiqarib  olishi,  bordi-yu, 
cho`kayotgan  odam  uning  orqa  tomonidan,  bo`ynidan  ikkala  qo`li  bilan  ushlab 
olsa,  darhol  uning  bosh  barmoqlaridan  tutib  ajratib,  qo`lini  qo`yvormagan  holda, 
o`zining oldiga uning orqasini qilib o`tkazib olishi lozim. Agar cho`kayotgan odam 


120 
 
old  tomondan  bo`yinga  yopishib  olsa,  tizzani  unga  tirab,  yengidan  itarib  ajratish 
lozim.  Shunday  hollar  ham  bo`ladiki,  cho`kayotgan  kishi  sizga mahkam  yopishib 
oladi.  Bunday  holatda  bir  zum  suv  tagiga  tushish,  ya`ni  cho`kayotganday  harakat 
qilish kerak. Shunda sizni o`zi qo`yib yuboradi va suvdan chiqishga o`zi talpinadi, 
harakat qiladi va yordam berayotganda boshqa qarshilik ko`rsatmaydi. 
Xullas, cho`kayotgan odamni qutqarish, unga yordam berish yoki suv tubidan 
cho`kkan  odamni  olib  chiqish  o`ziga  xos  usul  va  amallarga  ega.  Suzishni 
biladigan, ayniqsa, sportchi suzuvchilar har qanday vaziyatda ham yordamga shay 
bo`lishlari lozim. 
Suvdan qutqarib chiqilgan odamning ahvoli odatda, har xil bo`ladi. Ba`zilari 
yengil - sal og’iz-burniga suv kirgan, yo`talib, o`qchib, qusib, keyin tuzalib ketadi, 
Boshqa birlari og’irroq - o`pkaga suv kirgan, nafas olishi qiyinlashib qolgan, afti-
angori ko`karib ketgan bo`ladi. Bundaylarni albatta, tezlik bilan shifokor qabuliga 
eltish kerak. Uchinchi xildagilar esa ancha og’ir - hushini yo`qotgan, nafasi to`xtab 
qolgan, ammo yuragi sekin-sekin urib turgan bo`ladi. Bundaylarga shu zahoti - bir 
daqiqa ham o`tkazmay, zudlik bilan sun`iy nafas oldirish zarur. 

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish