Buxoro davlat universiteti b. Ibragimov, M. Ibragimov sport turlari bo



Download 7,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/324
Sana13.01.2022
Hajmi7,06 Mb.
#357211
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   324
Bog'liq
joxa 1

Brass usuli 
Brass  usulida  suzish  chindan  ham  eng  qadimiydir.  U  shuning  uchun  ham 
qadimiyki,  odam  suvga  u  yoxud  bu  sabablarga  ko`ra  tushar  ekan,  albatta  brass 
usulida suzishning qandaydir elementlarini bajaradi, endigina suvga tushgan odam 
ham, suzishni o`rganishni maqsad qilib olgan bola ham shartli ravishda brassdagi 
harakat elementlarini bajaradi. Buning sababi mazkur suzish usulining oddiyligida, 
uning  hayotga  yaqinligidadir.  Hatto  yerda  o`tiradigan  bola  ayrim  vaqtlarda 
oyoqlarini  ikki  yoniga  bukib  brass  holatini  oladi.  Bejiz  emaski,  sport 
mutaxassislari brass usulini tusha suzish usuli deyishadi. 
Brass  usulida  suzish  sportda  XVI-XVII  asrlarda  Yevropada  keng  tarqalgan 
edi.  Hatto  nemis  o`qituvchisi  Nikolay  Vinema  suzish  sportiga  oid  asari 
(«Vodolaz»)  da  brass  usulini  bayon  qilar  ekan,  uni  qurbaqaning  suzishiga 
o`xshatadi.  Inglizlar  bu  usulni  «ko`krakda  suzish»  deb  ta`riflaganlar.  Frantsuzlar 
esa brasscha suzish deb nomlaganlar. Keyinchalik suzishning bu usuli faqat sport 


112 
 
musobaqalarida emas, balki harbiy mashq sifatida ham keng yoyiladi va bora-bora 
qo`shinlarda  uni  o`rgatish;  maxsus  tayyorgarlikdan  o`tish  kabi  jangovar  mashqlar 
qatoridan o`rin oladi. 
Brass  usuli  qanchalik  keng  tarqalgan  bo`lishiga  qaramay,  u  olimpiada 
o`yinlaridagi  musobaqalarga  ko`p  vaqtgacha  kiritilmay  keldi.  Faqat  1908-yili 
Londonda  bo`lib  o`tgan  IV  Olimpiadada  mustaqil  sport  turi  sifatida  o`yinga 
kiritildi. 
Ma`lumki, brass usulida suzishning tezligi past bo`lgan. Hozir ham nisbatan 
shunday.  O`sha  paytlarda  nemis  suzuvchisi  Rademaxer  tezlikni  oshirish  uchun 
burilish  va  finish  oldida  qo`llarni  havoda  ko`tarib  «uchish»  harakatlarini  qo`shdi. 
1928-yili  Amsterdam  (Gollandiya)  da  bo`lib  o`tgan  musobaqalarga  filippinlik  T. 
Il’defonso  suv  ostida  songacha  suvni  eshish  harakatlarini  kiritdi.  1956-yildagi 
Mel’burn  (Avstraliya)da  bo`lgan  XVI  Olimpiada  o`yinida  sovet  suzuvchi 
sportchisi  X.  Yunichev  200  metrlik  masofaga  suzishda  «Sho`ng’ib  brass»  usulini 
qo`llab  tezlikni  yana  ham  oshirishga  muyassar  bo`ldi.  Ammo  keyinchalik  suvga 
sho`ng’ib brasscha suzish man qilindi. 
Yillar  o`tib  brass  usulida  suzishning  texnikasi  takomillashib.  boraverdi.  Bir 
qator  elementlar  yangilandi,  qo`shildi.  Masalan,  urushdan  keyin  gollandiyalik 
trener  M.Braun  o`z  shogirdi  A.Xaan  bilan  birga  izlanishda  bo`lib,  o`ziga  xos 
yangilik kiritdi. Ular boshni suvdan ko`tarmagan holda qo`llar bilan eshib, oyoqlar 
suvni depsilayotgan vaqtda panjalar yordamida suvni o`ziga tortish va shu paytda 
boshni ko`tarib nafas olishni qo`lladilar. 
Xullas,  brass  usulida  suzish  ancha  takomillashtirildi.  Bu  usulning  hayotda 
amaliy ahamiyati ham kattadir. Masalan, cho`kayotganlarni qutqarishda, narsalarni 
olib o`tishda, zaruriyat taqozo qilganida kiyim-bosh bilan suvga tushib suzishda bu 
usul juda qo`l keladi. Chunki asosiy itarish kuchi oyoq bilan bajariladi, qo`llar esa 
biror  boshqa  ishni  bajarishi,  ya`ni,  masalan,  cho`kayotgan  odamni  ushlab  suzish 
mumkin. 
 
 


113 
 
 
 
3.4-rasm 

Download 7,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish