XXV bob. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
1-§. O‘zini o‘zi boshqaruv va uning demokratik jami
-
yatdagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy dav-
latchilik an’analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xo
-
hish-irodasini to‘la aks ettira oluvchi o‘zini o‘zi boshqarish organ
-
lari tizimini barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chu-
qur o‘rganildi va O‘zbekiston sharoiti e’tiborga olindi. Natijada
O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga
keldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Konstitutsiya
-
ning 105-moddasiga asosan fuqarolarning yig‘inlari hisoblanadi.
Ular qishloq, shaharcha, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda
hamda shahardagi mahallalarda faoliyat ko‘rsatib, ikki yarim yil
muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi.
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko‘rinib turibdiki,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari tizi
-
midan ajratilgan va alohida turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi
organdir.
O‘zbekiston o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimini davlat or
-
ganlari tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa
tomonlariga mutlaqo yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli
barcha mamlakatlarda (Rossiya, Turkmaniston, Fransiya, Germa-
niya va hokazo) bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atal-
sa, O‘zbekiston uni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb atadi.
Bu shunchaki nomni o‘zgartirish emas, masalaning mohiyatini
bildiruvchi holatdir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga nisbatan
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish so‘zi o‘zini o‘zi boshqarishni
mustaqil demokratik institut sifatida to‘laroq ko‘rsatadi. Sababi,
mahalliy boshqaruv faqat o‘zini o‘zi boshqaruv orqali emas, davlat
organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya’ni mahalliy boshqaruv-
da davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va
hokimlarning asosiy vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga
oshirishdir.
443
Shuning uchun O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqaruvning mahal
-
liy o‘zini o‘zi boshqaruv emas, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvi
deb nomlanishi masalaning asl mohiyatiga mos keladi va o‘zini
o‘zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo‘nalishi,
jahon davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan
muhim institut hisoblanadi. O‘zini o‘zi boshqarish fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlaridan bo‘lib, bu huquq fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqaruv organlari orqali amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mam
-
lakatning tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (ja
-
moa) manfaatidan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masala
-
larni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat ko‘rsatadigan fuqarolar
faoliyatining tashkiliy tizimidir.
O‘zini o‘zi boshqarish tushunchasi bilan o‘zini o‘zi boshqarish
organlari tushunchasi bir biridan farq qiladi. O‘zini o‘zi boshqaruv
tashkiliy tizimdan iborat faoliyat bo‘lsa, o‘zini o‘zi boshqaruv or
-
ganlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmalar (tashkilot)
hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va ja
-
moat ishlarida ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o‘zini
o‘zi boshqaruv fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini
ta’minlovchi muhim vositalardan biridir.
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o‘z ifodasini topgan.
Unga asosan fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda
o‘zini o‘zi boshqarish orqali ishtirok etadi.
Bizning Konstitutsiyamiz o‘zini o‘zi boshqarish masalasiga
faqat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini faoliyatini
belgilash bilan yondashgan.
Aslida o‘zini o‘zi boshqarish ancha keng faoliyat bo‘lib, bir
necha harakatlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umum-
xalq ovozi) ham ayrim mamlakatlarning Konstitutsiya va qonun
-
larida o‘zini o‘zi boshqarish hisoblanadi.
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat
tashkiloti, korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham
o‘zini o‘zi boshqarish orqali faoliyat olib boradi. O‘quv yurtlari-
444
dagi ota-onalar qo‘mitalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati
boshlang‘ich tashkilotlari ham o‘zini o‘zi boshqarish ko‘rinishidadir.
Shunday qilib, o‘zini o‘zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil
Kengash, qo‘mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi.
O‘zini o‘zi boshqaruv demokratiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib,
xalq hokimyatini ro‘yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokrat
-
lashib borgan sari o‘zini o‘zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqaro
-
lik jamiyatining asosiy sharti va muhim instituti hisoblanadi.
O‘zini o‘zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli
fikrga asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi.
Bu o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy
tuzulmalar ishida ishtirok etishda ko‘rinadi.
Biror-bir yo‘l bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida
ishtirok etishni cheklash, to‘sqinlik qilish mumkin emas.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”
1
gi
Qonunda (8-modda) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi ko‘rsatil-
gan va ularning amaliy faoliyati ham shuni ko‘rsatadi.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o‘zini o‘zi boshqaruv davlat or
-
ganlaridan mustaqil deb ko‘rsatilgani bilan (Rossiya Konstitutsi
-
yasining 12-moddasida, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari
davlat hokimyati organlari tizimiga kirmaydi, deb belgilangan),
ba’zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. Masalan, Rossiyada 50 ming-
dan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy boshqaruv ma’-
muriyati boshlig‘i – o‘lka, viloyat ma’muriyati boshlig‘i, davlat
organi tomonidan tayinlanishi belgilangan.
O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
aniq bir xil pog‘onada mahallalarda tuzilishi va bir xil nomlar
bilan atalishi, ularning O‘zbekistonning siyosiy tizimida o‘zining
munosib o‘rnini topishiga, bozor munosabatlariga asoslangan
demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish davrida ijti
-
moiy hayotda faol ishtirok etishiga sabab bo‘ladi. Albatta, shahar
va mahallalarda tuzilgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakolat
-
larida farq bor.
1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil, 17-son,
219-modda (Qonun 2013-yil 12-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan).
445
O‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jami
-
yat ishlaridagi ishtirokini ta’minlovchi, ularning ma’naviy tarbi
-
yasiga, ijtimoy himoyasiga ta’sir qiluvchi va boshqa manfaatlarini
ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shuvchi muhim tuzilmadir.
Keyingi paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyati yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurish
-
da fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta umid
bog‘lanmoqda. Buni Prezidentimizning “Biz fuqarolik jamiyatini
qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz
rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita
xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yana
-
da rivojlantirish demakdir”, degan so‘zlaridan ham bilsa bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatida fuqarolar faqat davlat va jamiyat ishlarida
ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatda har bir shaxs-
ning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, har bir kishi o‘zini to‘laqonli
shaxs, jamiyatning to‘la a’zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli kattadir.
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllan
-
tirishda, O‘zbekistonning eng katta yutug‘i ushbu masalani hal
qilishga milliy an’analar, qadriyatlarni tiklash, aholining tub man
-
faatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish
bo‘ldi. Ya’ni, o‘zini o‘zi boshqarishda asosiy tayanch (makon) qilib
mahallar belgilandi.
O‘zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta’sirchan
vosita boshqa mamlakatlarda yo‘q. U uzoq davrlardan ijtimoiy
hayotda beqiyos o‘ringa ega bo‘lib kelgan. Inson qalbida Vatan
tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘ururning vujudga kelishiga,
millatchilik illatlaridan holi bo‘lishga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to‘laroq aniqlasa
bo‘ladi. Demak, ushbu xislat O‘zbekistonga xos xususiyatdir. Bu
esa, umume’tirof etilgan demokratiya yo‘llariga mamlakatimizning
qo‘shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda, O‘zbekiston
demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda.
Mahallalar faqat eski mahalla o‘rinlarida tashkil qilinib qol-
masdan, ularga ko‘p qavatli binolarning qo‘shilishi yoki ko‘p qavatli
binolardan iborat mahallalarning tashkil etilishi esa, ayni muddao
446
bo‘ldi. Chunki, bu ko‘p qavatli binolarda yashovchilarning hayotiga
mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish imkoniyatini beradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar-
ning muvaffaqiyati demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoni
-
yatini kuchaytirmoqda. Bu esa, asosiy maqsad – fuqarolik jami
-
yatini qurishga ko‘maklashadi. “Biz islohotlarni chuqurlashtirish,
demokratik tub o‘zgarishlar yo‘lidan olg‘a siljish, hayotimizda asl
demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to‘g‘risida gapirganda,
avvalo, fuqarolik jamiyati asoslariga o‘tish, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish muassasalarini butun choralar bilan kengaytirishni
nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning asosiy mohiyati va bosh
mantiqidir”, – deb ta’kidlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisining to‘rtinchi sessiyasida.
O‘zini o‘zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining
kengayishi esa, bevosita mahallalarning mavqeini kuchaytirish
bilan bog‘liq.
Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo‘lmagan, faqat
O‘zbekistonga xos, davlat bilan fuqarolarni bog‘lovchi muhim
ko‘prikdir. Uning faoliyati natijasida davlat bilan fuqarolar o‘rtasida
alohida munosabat vujudga keladi.
Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolar-
ning jamiyat va davlat ishlaridagi ishtirokini ta’minlash bilan
chegaralanmaydi. Jamiyat azolarini jamiyatning to‘la qonli a’zosi
bo‘lish uchun imkoniyat yaratilishini nazarda tutadi.
Bu o‘z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy masalalarni oladi.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va
jamiyat hayotida ma’lum mavqyega ega bo‘lish uchun asos yaratadi.
Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza choralarini kuchaytirish ham
kiradi. Demak, o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki mahallalarning
vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash,
kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib
qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini,
ma’naviy kamolotini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi
salbiy jihatlarni yo‘qotish uchun ish olib borishi va milliy qadriyat
-
lar, urf-odatlar, an’anlarga, Vatanga, davlatga, boshqa fuqarolarning
manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
447
O‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallarning faoliyati, bun
-
dan so‘ng ham takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti – mahalla fao-
liyatining tashkiliy asoslarini, yanada takomillashtirish, uning
vazifalari ko‘lamini kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv
organlari bilan o‘zoro yaqin munosabatlarini ta’minlash alohida
dolzarb ahamiyat kasb etadi”
1
.
Hozirgi kunning eng muhim masalalaridan biri – davlat or
-
ganlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ham
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta umid qilin
-
moqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |