Konstitutsiyaviy


-§. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organ



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

5-§. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organ

-

lari bilan o‘zaro munosabati

O‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari ti

-

zimiga kirmaydi, shunday ekan ularning aloqasi, munosabati ham



-

korlikka asoslanadi.

“Mahaliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risida”gi  Qonunning  4-mod

-

dasi shu masalani tartibga solgan bo‘lib, viloyat, tuman va sha



-

har  xalq  deputatlari  Kengashi  va  tegishli  hokimlar,  o‘zini  o‘zi 

boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadilar, ularning faoliyatini 

yo‘naltirib turadilar deb munosabat asosi mustahkamlangan.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mahalliy 

davlat  organlari  munosabati  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari qonun bilan belgilangan vazifalarini bajarish sharoitida 

vujudga keladi.

Eng avvalo fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bi

-

lan mahalliy hokimiyat organlarining munosabatini, eng avvvalo 



o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarini  tashkil  qilishda  mahalliy  hoki-

miyat organlarining ishtirok etishida ko‘rishimiz mumkin.

Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi 

mahallalarni tuzish, birlashtirish, bo‘lish va tugatish, shuningdek 

ularning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish, ularga nom berish 

hamda ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish 

organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati 

organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama

-

si  belgilagan  tartibda  amalga  oshiriladi.  (Qonunning  6-moddasi, 



3-bandi)

Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), kenga-

 

shi  tomonidan  zaruratga  ko‘ra  lekin  har  chorakda  kamida  bir



 

marta chaqiriladi. Xalq deputatlari tegishli kengashi yoki hokim-

ning  tashabbusi  bilan  ham  fuqarolar  yig‘ini  chaqirilishi  mum

-

kin.  Bu  yerda  ham  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  bilan  mahalliy 



davlat hokimiyati organi o‘rtasida ma’lum munosabat mavjudligini 

ko‘ramiz.

Tegishli  hududlarda  fuqarolar  yig‘inini  o‘tkazish  imkoniyati 

bo‘lmasa (bu aholi ko‘pchiligini yig‘ish joy masalalari bilan bog‘liq), 




473

fuqarolar vakillarini yig‘ish Qonunning 21-moddasida belgilangan. 

Vakillik normasini fuqarolar yig‘inining raislari va ularning masla

-

hatchilari saylovini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya belgi



-

laydi.


Tajriba shuni ko‘rsatadiki, aholining hammasini to‘plab, yig‘in 

o‘tkazish  ancha  murakkab  va  hamma  vaqt  ham  uni  tashkil  qi-

lishning  iloji  yo‘q,  shuning  uchun  vakillar  yig‘ilishini  o‘tkazish 

ancha qulay va maqsadga muvofiqdir. Vakillar yig‘ilishi vakolatli 

bo‘lishida, ularning vakillik me’yori to‘g‘ri aniqlanishi katta aha-

miyatga ega. Bu ish esa mahalliy hokimiyat ixtiyoriga berilgan.

Fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) ma’lum vaqtlarda, zaru

-

ratga  qarab  chaqirilsa,  joylarda  o‘zini  o‘zi  boshqarish  faoliyati 



fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari tomonidan amalga 

oshiriladi. Rais, uning maslahatchilari fuqarolar yig‘ini (yig‘ilish) 

tomonidan saylanadi, lekin ularni saylash tuman va shahar hokimi 

bilan  kelishilgan  holda  amalga  oshiriladi.  Rais  va  uning  masla

-

hatchilarini saylashda fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) hamda hokimlar 



ishtirok etadi va bu ular o‘rtasida ma’lum munosabatlarni vujudga 

keltiradi. Tuman va shahar hokimi lozim topsa, har qanday vaqtda 

rais va uning maslahatchilarini muddatidan ilgari qayta saylashni 

taklif qilishi mumkin.

Fuqarolar  yig‘ini  raisi  doimiy  ishlovchi  bo‘g‘in,  u  ko‘pgina 

davlat organlari bajaradigan vazifalarni bajaradi. Shuning uchun, 

tabiiy ravishda rais o‘z mahkamasiga ega. Uning miqdori, rais o‘z 

vazifasini to‘liq bajarishga imkoniyat yaratib berishi shart.

Apparat  miqdorini  belgilash,  fuqarolar  yig‘ini  ixtiyorida, 

lekin  bu  masala  ham  hokim  bilan  kelishilgan  holda  amalga 

 

oshiriladi.  Apparatni  belgilashda  har  ikki  tomon  –  fuqarolar 



yig‘ini va hokim ishtirok etadi, natijada bu borada ma’lum muno

-

sabat vujudga keladi.



Har qanday organning faoliyat ko‘rsatishida moddiy imkoniyat

-

lar



  muhim  ahamiyatga  ega.  Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari, rais, uning apparati belgilangan miqdorda haq olib fao-

liyat  yuritadi.  Shu  masalada  ham  mahalliy  hokimiyat  organlari 

va  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  o‘rtasida  muno

-

sabat vujudga keladi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy 




474

mablag‘larini bir qismini xalq deputatlari Kengashlari tomonidan 

ajratilgan byudjet mablag‘lari tashkil etadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etishda 

mahalliy hokimiyat organlari ishtirok etar ekan, ular ma’lum dara

-

jada, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini nazorat qiladi. Na



-

zoratning samarali bo‘lishini o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qo

-

nunga va boshqa huquqiy hujjatlarga zid qarorlarini Kengashlar va 



hokimlar tomonidan bekor qilish tartibini o‘rnatilishini ta’minlaydi. 

Bu qoida ham ma’lum munosabatlarni vujudga keltiradi.

Endi  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  vazifalaridan  kelib 

chiqadigan munosabatlarni tahlil qilaylik.

O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  32-moddasida 

“O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishla-

rini boshqarishda bevosita va o‘z vakillari orqali ishtirok etish huqu

-

qiga  egadirlar.  Bunday  ishtirok  etish  o‘zini  o‘zi  boshqarish,  refe-



rendum o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil 

etish yo‘li bilan amalga oshiriladi”, – deb mustahkamlangan. Bu 

moddani mazmunidan ko‘rinib turibdiki, o‘zini o‘zi boshqarish ins-

tituti  –  bu  fuqarolik  jamiyati  va  davlat  ishlarida  ishtirok  etishni 

ta’minlovchi muhim vositadir.

Respublikaning  quyi  ma’muriy-hududiy  bo‘linishlarida  davlat 

hokimyati mahalliy organlari tuzilmasiga shu joylarda avvallari 

dalat  organlari  bajarib  kelgan  vazifalarni  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlariga  yuklanishi,  bu  joyda  hokimiyatga  taalluqli  masala

-

lar ham shu organlar ixtiyoriga o‘tganligini ko‘rsatadi. O‘zini o‘zi 



boshqarish organlari fuqarolarni jamiyat va davlat ishlarida ishti

-

rokini  ta’minlash  bilangina  cheklanmay,  fuqarolarning  davlat  va 



jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshi-

 

rishga  ko‘maklashadilar  ham.  Buni  turli  organlarga  saylovlarda, 



referendumlarda  ishtirok  etishda,  ma’lum  vazifalarni  bajarish 

uchun komissiyalar tuzish huquqiga egaligida ko‘ramiz.

Fuqarolarning  deputatlikka  nomzod  ko‘rsatish  huquqi  ham 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  tomonidan  amalga  oshadi.  “Xalq 

deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlariga nomzodlar 

siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan 

hamda fuqarolar yig‘inlarida (vakillarning yig‘ilishi) ko‘rsatiladi”. 



475

Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  fuqarolarning  bu 

huquqlarini  ro‘yobga  chiqarish,  amalga  oshirishga  ko‘maklashar 

ekan,  o‘z  navbatida  tuman  va  shahar  hokimyati  vakillik  organ

-

larini  tashkil  etishda  hal  qiluvchi  ahamiyat  kasb  etadi,  natijada 



mahalliy  vakillik  organi  bilan  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

o‘rtasida tegishli munosabat vujudga keladi. Fuqarolarning o‘zini 

o‘zi  boshqarish  organlari  nomzod  ko‘rsatish  huquqiga  egaligi 

ma’lum  ma’noda,  vakillik  organlarini  faoliyatini  fuqarolar  tomo

-

nidan nazorat qilib turishini ta’minlaydi. Chunki ko‘rsatilgan nom



-

zod (u saylangan taqdirda) nomzodini ko‘rsatganlar oldida mun

-

tazam hisob berib turadi, zarur hollarda esa, o‘zini o‘zi boshqarish 



organi  o‘zi  ko‘rsatgan  deputatning  vakolat  muddatidan  avval 

chaqirib  olish  masalasini  ko‘tarishi  mumkin.  Bu  qoida  nazoratni 

samarali  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Deputat  bilan  o‘zini  o‘zi  boshqa-

rish organi o‘rtasida doimiy aloqani mavjudligi, mahalliy vakillik 

organi  bilan  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  o‘rtasidagi  munosabat

-

larning  “ko‘prigidir”  Mahalliy  davlat  hokimiyati  to‘g‘risidagi  va 



fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risidagi  qonun 

holatlariga  asosan,  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari 

faoliyati  ustidan  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlarining,  ular-

ning faoliyati ustidan fuqarolar nazorat qilishining ma’lum mexa-

nizmi  o‘rnatilgan  bo‘lib,  buni  ta’minlashda  o‘zini  o‘zi  boshqarish 

organlari o‘rtasida tegishli munosabatlarni vujudga keltiradi.

O‘zini  o‘zi  boshqarish  organlariga  fuqarolar  manfaati,  huquq-

larini  ro‘yobga  chiqarishda  ko‘maklashish  borasida  berilgan  vazi

-

falardan  biri,  rais  qonunlarda  ko‘rsatilgan  hollarda  davlat  hokimi



-

yati  vakillik  va  boshqaruv  organlarida,  sud  idoralarida,  korxona, 

tashkilot va muassasalar bilan bo‘ladigan munosabatlarda fuqarolar 

manfaatini himoya qilishdir. Fuqarolar o‘z manfaatini yakka tartibda 

himoya qilishdan ko‘ra, o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishtirokida 

himoya qilishi, bu ishni natijasi yaxshi bo‘lishiga ko‘proq imkoniyat 

tug‘diradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlariga turli davlat organlarida 

fuqarolar vakili bo‘lishi huquqining berilishi, fuqarolar huquqlarining 

to‘la amalga oshishi borasidagi kuchli kafolatlardandir.

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-xo‘jalik, madaniy tadbirlar 

davlat organlari va tegishli hududdagi mahalliy organlar tomo-



476

nidan amalga oshiriladi. Quyi ma’muriy-hududiy bo‘linishlarda bu 

vazifalar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 

amalga oshiriladi va bunda o‘z-o‘zidan tegishli munosabatlar vu

-

judga keladi. Ijtimoiy-xo‘jalik, madaniy tadbirlarning ma’lum qis



-

mini fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) amalga oshirsa, ma’lum qismini 

oqsoqol,  ba’zi  tadbirlarni  esa,  ular  birgalikda  amalga  oshiradi. 

Ana  shu  tadbirlarni  amalga  oshirish  jarayonida  albatta  mahalliy 

hokimiyat organlari bilan munosabatlar vujudga keladi.

Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  o‘zining  fao-

 

liyat dasturini hamda o‘z faoliyati uchun zarur xarajatlar ro‘yxatini 



o‘zi belgilaydi va tegishli hududni obodonlashtirish va uning sani

-

tariya  holatini  yaxshilashga  doir  tadbirlar  rejasini  tasdiqlaydi. 



Bunda  ular  o‘zlarining  moliyaviy  imkoniyatlaridan  kelib  chiqadi, 

mablag‘larning  bir  qismi  esa,  tuman,  shahar  Kengashlari  tomo

-

nidan ajratiladigan byudjet mablag‘laridan iborat bo‘ladi. Obodon



-

lashtirish,  sanitariya  holatlarini  yaxshilash  tadbirlarini  o‘tkazish 

byudjetga  bevosita  bog‘liq.  Fuqarolar  yig‘ini  raisi  esa,  hududni 

obodonlashtirish  va  ko‘kalamzorlashtirish  ishlarida  fuqarolarning 

ishtirok etishini tashkil qiladi.

O‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  o‘z  hududini  ijtimoiy  infra-

strukturasini  rivojlantirishda  qator  tadbirlarni  amalga  oshiradi, 

jumladan  aholini,  mulkchilikning  barcha  shakllaridagi  korxona, 

tashkilot va muassasalarning mablag‘larini ixtiyoriy ravishda bir

-

lashtirish choralarini ko‘rib, bu xususda qarorlar qabul qiladi. Rais 



o‘z hududidagi egasiz mol-mulkni, shuningdek davlatga meros tar

-

zida o‘tgan mol-mulkni saqlash va tasaruf etish choralarini ko‘radi 



hamda  qishloq  joylardagi  dehqon  xo‘jaliklarining  oilaviy  mulk 

taqsimotlarini ro‘yxatga oladi.

Fuqarolarning  yig‘inlari  (yig‘ilishlari)  qonunda  belgilangan 

tartibda shu hududda kichik korxonalar, kooperativlar, ustaxona-

lar, xalq hunarmanchiligi sexlarini tashkil etish masalalarini ko‘rib 

chiqadi,  bu  juda  muhim  masala  bo‘lib,  bir  tomondan  aholini  ish 

bilan  ta’minlash  vazifasi  hal  qilinsa,  ikkinchi  tomondan  shunday 

tashkilot, korxona yoki ustaxonalarning tegishli hududda bo‘lishi, 

o‘zini o‘zi boshqarish organlari byudjetiga tegishli mablag‘lar tushi-

 

shiga olib keladi.




477

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yer munosabat

-

lari sohasida tegishli vazifalarni bajaradi va bu sohadagi yig‘inlar 



bilan  raislarning  vakolatlari  alohida-alohida  belgilangan.  Shahar-

cha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) raisning shaxsiy 

yordamchi xo‘jalik yuritish uchun ajratilib beriladigan yer uchast

-

kalari to‘g‘risidagi taqdimnomasini, raisning korxonalarga, muas



-

sasalarga, fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga 

yer  berish  va  bu  subyektlarning  yerlariga  egalik  qilish,  ulardan 

foydalanish huquqlarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi, shuningdek 

qishloq  xo‘jaligi  va  o‘rmon  xo‘jaligi  korxonalari,  muassasalari-

ning va tashkilotlarining egaligidagi yerlar tarkibiga kirmaydigan, 

shaharchalar va qishloq aholisi punktlari chegarasidagi yerlarni 

olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni tasdiqlaydi. Yuqoridagi masala

-

lar  rais  tomonidan  hal  qilinadi,  lekin  ular  yig‘inda  tasdiqlanadi. 



Bundan tashqari rais tegishli hududdagi yerlarni ishlatilishi va 

muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi, imorat qurish qoidalariga, 

xonadonlarga tutash joylarning orasta bo‘lish, jonivorlarni saqlash

-

ga doir veterinariya qoidalari bajarilishi ustidan jamoat nazoratini 



tashkil qiladi.

Aholini me’yorida turmush kechirishini, sog‘lig‘ini ta’minlash, 

qadriyatlarni hurmatlash borasida mahalliy davlat organlari bilan 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  birgalikda  ko‘plab 

vazifalarni  bajaradi.  Aholi  punktlari,  suv  ta’minoti  inshootlari, 

uy-joylar, maktablar va boshqa muassasalarning sanitariya holati 

ustidan nazorat qilish ishlariga ko‘maklashadi. Rais qabristonlar, 

birodarlik qabristonlari va boshqa mozorlarni saranjom saqlash yuza-

 

sidan jamoatchilik ishlarini tashkil etadi. Rais soliq, sug‘urta va 



boshqa  xildagi  to‘lovlarni  o‘z  vaqtida  tushishiga  ko‘maklashishi 

bilan mahalliy budjetning shakllanishiga hissa qo‘shadi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jumladan rais 

jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va boshqa qonuniy 

manfaatlarini himoya qilish, mamlakat mudofaasi ishlariga yordam 

berish  borasida  salmoqli  ishlarni  amalga  oshiradi.  Bu  maqsadda 

ular  tegishli  hududlarda  yong‘inga  qarshi  tadbirlar  o‘tkazishni 

tashkil etadi, zarur bo‘lganda tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va 

ularning oqibatini tugatishga fuqarolarni jalb qiladi. O‘z hududida 



478

jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish va unga qar

-

shi kurashda tegishli organlarga yordam beradi. Ayniqsa, keyingi 



paytda  mahallarga  katta  umid  bog‘lanmoqda.  O‘zin  o‘zi  boshqa-

rish organlarining mamlakat mudofaasi bilan bog‘liq vazifalarga, 

ularning  harbiy  xizmatga  majbur  shaxslar  va  chaqiriluvchilarni 

harbiy komissariatga chaqirilayotganidan xabardor etishni tashkil 

qilish, aholini fuqaro mudofaasiga bog‘liq tadbirlar o‘tkazishga jalb 

etsh kiradi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tegishli hudud

-

da moddiy va manaviy yordamga muhtoj aholiga turli yordam 



ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etadi, ularning bu bo

-

radagi vazifalari, davlat va jamoat organlariga nogironlar, boquv



-

chisidan mahrum bo‘lgan oilalar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar, 

shuningdek  tabiiy  ofatdan  jabr  ko‘rgan  fuqarolarning  moddiy  va 

uy-joy, maishiy sharoitlarni yaxshilash to‘g‘risida takliflar kiritish, 

ota-onasiz qolgan bolalarni tegishli muassasalarga yoki ishga joy

-

lashtirshga ko‘maklashish hisoblanadi.



Rais  o‘z  hududida  turli  ommaviy  va  madaniy  tadbirlarni 

uyushtirish  bilan  davlat  organlariga  yordam  beradi.  Ular  aholi 

o‘rtasida turli mavzuda ma’ruza va suhbatlar tashkil qiladi, kino 

xizmati muntazam bo‘lishiga, kitob savdosi rivojiga, gazeta va jur-

 

nallarni tarqatilishiga yordam beradi. Aholi ommaviy dam olishi, 



sport  bilan  shug‘ullanishi  uchun  chora  tadbirlar  ko‘radi.  Bayram 

kunlari va shonli sanalar munosabati bilan ommaviy-madaniy tad

-

birlar o‘tkazishni tashkil qiladi.



Rais o‘z hududidagi fuqarolarni qabul qilib, ularni taklif, ariza 

va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. Murojaat ularning vakolat doira-

sidagi masalalarga taalluqli bo‘lsa, o‘zlari shu masalani hal qiladi 

yoki shu masalada qaysi organlarga murojaat etishni fuqarolarga 

ko‘rsatib beradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘z hududdidagi 

fuqarolarga,  ularning  shaxsini,  oilaviy  va  mulkiy  ahvolini  tas

-

diqlovchi ma’lumotnomalar beradi.



Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari,  fuqarolar 

yig‘inining  ko‘cha  va  maydonlar,  aholi  punktlari  tarkibiy  qismi-

ning  nomini  o‘zgartirish,  uylarni  raqamlab  chiqish  xususida  te

-

gishli organlarga takliflar kiritadi. Bunda ham mahalliy hokimiyat 




479

organlari bilan o‘zini o‘zi boshqarish organi o‘rtasida o‘zaro muno

-

sabat yaqqol ko‘rinadi.



O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining ma’lum qismi qo

-

nunlar, Oliy Majlis qarorlari, hukumat qarorlari va boshqa davlat 



organlarining hujjatlari bajarilishiga yordam berishdir. O‘zini o‘zi 

boshqarish organlari bu vazifani ko‘rgan vaqtda uch holatga e’tibor 

berishi  kerak.  Biprinchidan,  qonun,  qaror  va  boshqa  hujjatlarni 

bajarishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish yoki 

ularni shu ishga jalb qilish, ikkinchidan, qonun va yuqori davlat or

-

ganlari hujjatlarini amalga oshirishda mahalliy davlat organlariga 



yordam berish. Uchinchidan, qonun va boshqa hujjatlarni bevosita 

o‘zlari  bajarish,  ana  shu  uch  holatdan  o‘zini  o‘zi  boshqarish  or

-

ganlari bilan mahalliy hokimiyat (ularning sutrukturasi) o‘rtasida 



tegishli munosabatlar vujudga keladi.

Hozirgi kunda ekologik, sanitariya masalalariga taaluqli qonun 

me’yorlarini, davlat organlarin qarorlarini bajarishga aholini jalb qil

-

masdan turib to‘la erishib bo‘lmaydi. Shuningdek, huquq-tartibotni 



mustahkamlash,  jinoyatchilikning  oldini  olish  ishlariga  ham  aholi 

keng jalb qilinganda, ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.

Ana shu vazifalarni hal qilish maqsadida o‘zini o‘zi boshqarish 

organlari  turli  komissiyalar  tuzishi  va  ularning  faoliyatida  aholi 

faol ishtirok etishi mumkin.

Ba’zi sohalarda nazorat o‘rnatish huquqi orqali ham aholi qo

-

nun va qarorlarni bajarilishi ishlariga jalb etadi, masalan: oqsaqol 



o‘z hududida umumiy ovqatlanish, bozorlar, savdo muassasalarida 

qoidalarga rioya qilinish hamda fuqarolarga turli xizmat ko‘rsatish 

ustidan imorat qurish qoidalariga rioya etish, xonadonlarga tutash 

joylarning orasta bo‘lishi, jonivorlarni saqlashga oid veterenariya 

qoidalarini bajarish ustidan jamoat nazoratini tashkil qilar ekanlar, 

bu ishlarga aholini keng jalb qiladi, shu maqsadda har xil komis

-

siyalar tuzadi.



Fuqarolarning davlat organlariga qanday masalalarda yordam 

berishi, ko‘maklashishi qonun me’yorlarida u yoki bu shaklda o‘z 

ifodasini topgan.

Aholi  istiqomat  joylari,  suv  ta’minoti  manbalari,  uy-joylar, 

maktablar,  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  va  boshqa  muassa-



480

salarning  sanitariya  holati  doimo  davlat  organlari  nazoratidadir. 

Ayniqsa, bu bizning issiq iqlimimizda, yan’ni yoz paytlarida juda 

katta ahamiyatga ega. Shuning uchun qonunda rais shu vazifani 

bajarishda davlat organlariga ko‘maklashishi belgilangan.

Har  bir  davlatning  iqtisodiy  qudratini  ta’minlovchi  vosita-

lardan biri, aholidan tushadigan soliqlardir. Soliqlar va yig‘imlar 

turi, miqdori tegishli davlat organlar tomonidan belgilanadi, lekin 

soliqlar va to‘lovlarni o‘z vaqtida tushishini ta’minlashga o‘zini o‘zi 

boshqarish organlari, ya’ni rais ko‘maklashadi.

Hozirgi  kunning  eng  muhim  muommolaridan  biri,  jamoat 

tartibini saqlashni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashdir. Bu 

narsani  tegishli  darajada  hal  qilmay  turib,  huquqiy  davlat  qurib 

bo‘lmaydi,  bozor  iqtisodi  munosabatini  o‘rnatish  ham  mumkin 

emas.  Shuning  uchun  bu  masalaga  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlari yondoshmoqda, lekin masala shu darajada jiddiyki, uni 

faqat davlat organlariga tayanib hal qilish mumkin emas, u ishga 

keng jamoatchilik faol jalb qilinishi kerak. Bu xususda ham o‘zini 

o‘zi boshqarish organlari faoliyatidan keng foydalaniladi, ya’ni qo

-

nunga asosan ular tegishli organlarga jamoat tartibini saqlashda, 



jinoyatchilikning ildizini quritishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, rais o‘z hududida voyaga yetmaganlarni nazorati

-

ni tashkil qilar ekan, ota-onaning qaramog‘isiz qolgan bolalarni te



-

gishli muassasalarga joylashtirishga, aholi ommaviy ravishda dam 

oladigan joylarini tashkil qilishga, sport inshootlari tarmog‘ini ri-

vojlantirishga ko‘maklashuvini bir tomondan fuqarolarga nisbatan 

ko‘rsak, ikkinchi tomondan davlat organlariga nisbatan ko‘ramiz.

Ana shu ko‘maklashuv jarayonida maxalliy hokimiyat organ

-

lari  bilan  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  o‘rtasida 



tegishli munosabatlar vujudga keladi.

Rais ko‘pgina hollarda, qonun va boshqa yuqori davlat organ

-

lari hujjatlarini o‘zi bajaradi. Bunga misol qilib, o‘zini o‘zi boshqa-



rish organlarini bayram kunlari va shonli sanalar munosabati bilan 

ommaviy  tadbirlarni  tashkil  qilish,  fuqarolarning  murojaatlarini 

ko‘rib chiqishi va boshqalarni aytishimiz mumkin, bu ishlarda ham 

mahalliy  hokimiyat  organlari  bilan  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi 

o‘rtasida munosabat vujudga keladi.



481

Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlariga  juda  ko‘p 

masalalarida hokimiyat idoralariga takliflar kiritish huquqi belgi

-

langan bo‘lib, bu ham o‘z navbatida o‘zaro munosabatlar tizimida 



ma’lum munosabatlarni vujudga keltirib chiqaradi. Masalan, rais 

davlat organlariga boquvchisidan mahrum bo‘lgan oilalar, nogiron

-

lar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar, shuningdek tabiiy ofatlardan 



jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlari-

ni  yaxshilash  bo‘yicha  takliflar  kiritadi.  Bu  takliflar  hokimiyat 

idoralarida ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.

Qonunning  7-moddasida  belgilangan  “Davlat  organlari 

fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  faoliyatini  amalga 

oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan bel

-

gilangan  vakolatlarni  amalga  oshirishda  ularga  ko‘maklashadi”, 



degan qoida davlat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa-

rish organlari munosabatining huquqiy asosidir.

“Fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  to‘g‘risida”gi 

Qonunning yangi tahririda:

-  fuqarolar  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarining  tadbirkorlik 

faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishi;

- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan o‘limni qayd etish 

va ishonchnomalarni tasdiqlash;

- fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoat-

chilik  nazoratini  amalga  oshirilishi  haqida  yangi  qoidalar  ko‘zda 

tutilgan bo‘lib, bu o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan davlat or

-

ganlari munosabatini kengaytirishni va davlat hokimiyati vazifala-



rini o‘zini o‘zi boshqarish organlariga asta-sekin o‘tkazib borishni 

nazarda tutadi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish