8. Ijtimoiy sheriklik prinsipi
– o‘z faoliyatini yuritishda
o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat organlari, jamoat birlashma
-
lari, fuqarolar bilan yaqindan aloqada bo‘ladi.
9. Mahalliy urf-odatlar va an’analarni hisobga olish
prinsipi
– mahalliy urf-odatlar, an’analar sobiq tuzum davrida
ancha zarbalarga uchragan bo‘lsa, ularni tiklashda, ulardan jami
-
yat, inson manfaatlari yo‘lida foydalanishda o‘zini o‘zi boshqarish
organlari muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek xalqining umumiy qadri
-
yatlaridan tashqari alohida hududlarda o‘ziga xos urf-odatlar,
an’analar mavjudki, ularni hisobga olish taraqqiyotimizga ijobiy
ta’sir qiladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi mamlakatning butun
hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar va
mahallalar o‘zini o‘zi boshqarishning hududiy birligi, makonidir.
Bu birliklarni tuzish, tugatish, shuningdek chegaralarini
o‘zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning tegishli organlari fikrini
xisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Mahallani tuzish, qo‘shib yuborish va tugatish, shuningdek
uning chegaralarini belgilash va o‘zgartirish o‘zin o‘zi boshqarish
organlari tashabbusi bilan mahalliy davlat organlari tomonidan
amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq va ovul, shuningdek
shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla hududida doimiy
yashayotgan, voyaga yetgan shaxslar qatnashadilar.
Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardan iborat:
fuqarolar yig‘ini Kengashi;
fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
komissiyalar;
464
fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi;
tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo‘lgan
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya (bundan buyon
matnda ma’muriy komissiya deb yuritiladi).
Fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
komissiyalar, fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasi va ma’muriy
komissiyani saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov
huquqlari kafolatlari ta’minlangan holda yashirin yoki ochiq ovoz
berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibiga ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘inida
(vakillar yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i uni
yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli), (bun
-
dan keyin faqat rais deyiladi) yig‘in kengashi tomonidan zaruratga
qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Fuqarolar yig‘ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tu
-
man, shahar hokimining yoki o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va mazkur
hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi
tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
Fuqarolarning yig‘ini fuqarolar yig‘inida qatnashish huquqiga
ega bo‘lgan barcha aholining yarmidan ko‘prog‘i hozir bo‘lgan
taqdirda vakolatlidir.
Fuqarolar yig‘inini olib borish uchun rayosat saylanadi.
Yig‘inni fuqarolar yig‘inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning masla
-
hatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo‘yicha qarorlar
ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko‘pchilik ovoz bilan
qabul qilinadi.
Har bir yig‘inda yig‘in o‘tkazilgan sana, hozir bo‘lgan
fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko‘rsatilgan
holda bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yig‘inining bayonnomasi va
qarorini fuqarolar yig‘inining raisi va mas’ul kotibi imzolaydilar.
Rais yo‘qligida, fuqarolar yig‘inining bayonnomasini raisning mas-
lahatchilaridan biri va mas’ul kotib imzolaydi.
Fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda,
fuqarolar vakillarining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilishga hovlilar,
465
uylar, ko‘chalar, mahallalar, mavzelar, dahalardan fuqarolarning
namoyondalari vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha tegishli tumanlar va shahar
-
lar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi.
Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda vakillarning kamida
uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatlidir va bunday
yig‘ilish ushbu Qonunda fuqarolar yig‘inlarini o‘tkazish tartibiga
nisbatan qo‘yiladigan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘inida shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hudu
-
dida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning vakillari o‘z
faoliyatlariga doir masalalar bo‘yicha maslahat ovozi bilan ishtirok
etishga haqlidir.
Fuqarolar yig‘ining qarorlarini bajarish va fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organlarining fuqarolar yig‘inlari oraliq davrdagi joriy
faoliyatni amalga oshirish uchun fuqarolar yig‘ining raisi, uning
maslahatchilari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
bo‘yicha komissiyalarning raislari va yig‘ining mas’ul kotibidan
iborat tartibda fuqarolar yig‘ining kengashi tuziladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi fuqarolar yig‘inining
raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida
bir marta o‘tkaziladi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining majlisi, agar uning ishida
Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan
bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yig‘ini
kengashining hozir bo‘lgan a’zolaridan yarmidan ko‘prog‘i yoqlab
ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini kengashining qarori ochiq ovoz berish yo‘li
bilan qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |