4-§. Vazirlar Mahkamasining boshqa hokimiyat tuzil
-
malari, organlar va tashkilotlar bilan munosabati
Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlariga
rahbarlikni amalga oshirar ekan, mavjud barcha turdagi hokimiyat
tuzilmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasalar bilan hamda
nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, tegishli munosabat
-
lar o‘rnatadi.
Vazirlar Mahkamasining barcha tashkilotlar bilan munosa
-
bati o‘zaro hamkorlik qilish, hisob berish, bo‘ysundirish, nazorat
qilish shaklida bo‘lishi mumkin.
412
Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Prezidenti bilan muno
-
sabati alohida o‘ringa ega. Prezident Vazirlar Mahkamasi maj-
lislariga raislik qilish huquqiga ega, yuqorida aytilganidek, uni
shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Prezident va Vazirlar Mahka
-
masi munosabati hisobdorlikka, ya’ni Prezident oldida hisob be-
rishga mas’ul ekanligiga asoslanadi. Vazirlar Mahkamasi asosiy
masalalarni hal qilishda Prezident bilan maslahatlashadi. Prezi
-
dent Vazirlar Mahkamasining qaror, farmoyishlarini, Bosh vazir
farmoyishlarini bekor qilishi mumkin.
Davlat hayotida Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis bilan
munosabati alohida ahamiyatga ega.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respub
-
likasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun o‘z vakolatlari davridagi
faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiton Respublikasini iqtisodiy
va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston
Respublikasi davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va un
-
ga kiritilgan o‘zgartirishlarni ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar
Mahkamasi muayyan a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat
yoki xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan
axborotni eshitishlari hamda zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqa-
rish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi
uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari maj-
lislarida hozir bo‘lish va axborot berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa-
latasi deputatlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muay-
yan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda,
Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va
tushuntirishlar berishga haqli.
413
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari qo‘mitalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi
hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va tak
-
liflarni ko‘rib chiqish natijasi haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbir
-
lar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda
ma’lum qiladi.
Vazirlar Mahkamasi – hukumat tutgan yo‘lini va dasturiga
yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmagan siyosiy partiya
fraksiyalari yoki deputatlar guruhi hukumatga nisbatan o‘zini
muholifot deb e’lon qilishi mumkin.
Konstitutsiyaga kiritilgan oxirgi o‘zgartirishlar asosida
Bosh vazir va Qonunchilik palatasidagi ixtiloflar doimiy tus
olsa, bu Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilishi-
ga, u esa Vazirlar Mahkamasining iste’foga chiqishiga sabab
bo‘ladi.
Parlament so‘roviga javob berish tartibining mavjudligi ham
Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi munosabatlarini ko‘rsatuvchi
bir holatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palata
-
sidan, Qonunchilik palatasi deputatlaridan, O‘zbekiston Respub
-
likasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a’zosidan O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining yoki unga bo‘ysunuvchi davlat yoxud
xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so‘rovi
olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hu
-
kumati a’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og‘za-
ki yoki yozma javob berishi shart.
Oliy Majlis bilan Vazirlar Mahkamasining munosabati Vazir
-
lar Mahkamasining Oliy Majlis oldida hisobdorligi, mas’ulligi
asosiga quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika hu
-
kumati sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
bilan munosabat o‘rnatadi.
414
Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o‘zaro
hamkorlik qiladi, uning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘z-
bekiston Respublikasi Oliy Majlisining hamda Oliy Majlis pala-
talarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo‘jalik va ijtimoiy
madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday ba
-
jarilayotganligi haqida ma’lumotlarini eshitadi;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘-
yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining tak
-
liflarini ko‘rib chiqadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘-
jalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo
va mintaqaviy o‘ta muhim kompleks dasturlarni amalga oshirish
-
da Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqlariga rioya etilishini
ta’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbe-
kiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respub
-
likasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahka
-
masining qarorlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlarining
ijro etilishini o‘z vakolati doirasida to‘xtatib qo‘yish huquqiga
ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy
rivojlantirishga, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va ularni
muxofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomo
-
nidan hal etilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Doimiy vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasi Respublikadagi barcha mahalliy ijro or
-
ganlari bilan yaqindan munosabat o‘rnatadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini
ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimi
-
yat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
415
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahka-
masi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir
takliflarini ko‘rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmo-
yishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga
oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rah-
barlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va
xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi, bunda chi
-
qib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘r-
satkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devoni-
ning soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlari-
ga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish
hamda ularni bekor qilishga haqli.
Bu munosabat Vazirlar Mahkamasining rahbarligi, ustunligi
mahalliy organlarning Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunishi, uning
oldida hisob berishi prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar
yuzasidan mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari bilan
o‘zaro hamkorlik qiladi, ularga zarur yordamlar ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |