dim etish huquqi ham kiradi.
416
Konstitutsiyada Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasining ishi
samarali bo‘lishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi ko‘rsatib qo‘yil-
gan. Shuningdek, Konstitutsiyada yana Bosh vazir O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida, Prezident farmonlarida, qarorlari va
farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham bajarishi
belgilangan.
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi
Qonunning 15-moddasida Bosh vazirning vakolat, vazifa va maj-
buriyatlari quyidagicha belgilangan:
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va
unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shax
-
san javob beradi.
Bosh vazir:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda
Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;
Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan
xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi
hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi maj-
lisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qaror
-
lar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respub
-
likasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida na-
zarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan far
-
moyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbosar-
laridan biri bajaradi.
Bosh vazir vakolatlari va vazifasini amalga oshirishda Bosh
vazirning o‘rinbosarlari ma’lum rol o‘ynaydi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq,
o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun
417
javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar
hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoli
-
yatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga
oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar. Vazirlar Mahka
-
masi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmo-
yishlarning loyihalarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etishda Vazirlar Mah-
kamasi Rayosati muhim rol o‘ynaydi.
Rayosat Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibda
tuzilib, Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlovchi organi sifatida
faoliyat ko‘rsatadi.
Bosh vazirning qaroriga ko‘ra, Rayosat tarkibiga O‘zbekis-
ton Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: