II. Senat faoliyatining tashkiliy shakli va Senatning
tarkibiy tuzilmasi
Konstitutsiya va qonunlarga asosan, Senat faoliyatining tash-
kiliy shakli uning majlisidir. Senatning birinchi majlisi
Markaziy
saylov komissiyasi
tomonidan Senat tarkib topgandan keyin bir
oydan kechiktirmay chaqiriladi, majlisni
Markaziy saylov komis-
siyasi
raisi ochib, Senat Raisi saylanguncha unga raislik qiladi.
Senat doimiy ishlovchi palata emas, uning majlislari zaru
-
ratga qarab, lekin bir yilda kamida uch marta o‘tkazilishi kerak.
369
Senatning navbatdan tashqari majlisining o‘tkazilishi ko‘zda
tutilgan bo‘lib, u Prezident, Senat Raisi taklifiga binoan yoki Senat
a’zolari umumiy sonining uchdan bir qismi taklifi bilan chaqirili
-
shi mumkin.
Senat majlislarida Qonunchilik palatasida qabul qilingan qo
-
nunlar ma’qullanadi yoki rad etiladi, shuningdek Senat hujjatlari
qabul qilinadi.
Senat majlisi, agar unda senatorlar umumiy sonining yarmi
-
dan ko‘pi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Konsti
-
tutsiya qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritish, Konstitutsiyaviy
qonunlar qabul qilishda senatorlar umumiy sonining kamida uch
-
dan ikki qismi ishtirok etishi shart.
Senat va uning organlari majlislarida O‘zbekiston Respub
-
likasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh vazir, Vazir
-
lar Mahkamasining a’zolari, Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy
xo‘jalik sudi raislari, Bosh prokurori ishtirok etishlari mumkin.
Bundan tashqari, Konstitutsiyada (81-modda) Senat majlislarida
va uning organlari majlislarida Markaziy bank boshqaruvi raisi
ishtirok etishi ham ko‘rsatilgan.
Senat majlisiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkil
-
otlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olim
-
lar, OAV vakillari taklif etilishi mumkin.
Senat majlisi ochiq va oshkora o‘tkaziladi. Zarur hollarda Senat
qarori asosida yopiq majlis o‘tkazilishi mumkin. Senat Qonunchilik
palatasi bilan birga qo‘shma majlislar o‘tkazadi. Bu haqda Qonunchi
-
lik palatasiga bag‘ishlangan qismda batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
Senat ham o‘z ichki tuzilmasiga ega.
Senatning birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezi
-
dentining taqdimiga binoan Senat a’zolari orasidan yashirin ovoz
berish orqali senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan
Senat vakolat muddatiga Senat Raisi saylanadi.
Birinchi majlisda Senat Raisi bilan birga uning o‘rinbosarlari
ham saylanadi, o‘rinbosarlardan biri Qorqalpog‘iston Respublikasi
vakili bo‘ladi.
Senat Raisi o‘z vazifasini bajarishi davrida siyosiy partiyalar
va harakatlarga a’zolikni to‘xtatib turadi.
370
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyor
-
lashga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Senat qo‘mitalari va komissiyalarining faoliyatini mu
-
vofiqlashtirib boradi;
4) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining va Senat qaror-
larining ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga ham
-
da xalqaro parlament tashkilotlar ishi bilan bog‘liq Senat guruh
-
larining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va o‘zga
tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko‘radi;
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi far
-
moyishlar chiqaradi (Konstitutsiyaning 86-moddasi).
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘ri-
sida”gi Konstitutsiyaviy qonunda Senat Raisining yana boshqa
vakolatlari ham ko‘rsatilgan, ya’ni Senat ma’qullagan qonunlarni
imzolash uchun Prezidentga yuborish, o‘rinbosarlar o‘rtasida
vazifalarni taqsimlash va boshqalar (Qonunning 14-moddasi).
Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy
sonining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozi bilan muddati
-
dan ilgari chaqirib olinishi mumkin.
Senat Raisining o‘rinbosarlari Raisning topshirig‘iga binoan
uning
ayrim vazifalarini bajaradi va Rais yo‘qligida uning vazi
-
falarini bajaradi.
Senatning ichki tuzilmasi sifatida Senat Kengashini ko‘rsatish
mumkin.
Senat faoliyatini samarali tashkil etish, qo‘mitalar faoliyatini
muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyor
-
lash, qonunlarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqishni tashkil etish
uchun Senat Kengashi tuziladi. Uning tarkibiga Senat Raisi,
371
o‘rinbosarlari, qo‘mitalarining raislari kiradi. Senatda fraksiyalar
tuzilmasligi sababli Kengash tarkibida fraksiya boshliqlari yo‘q.
Kengash Senat majlislari oraliqlarida, shuningdek zaruratga
qarab to‘planadi. Uning qarori Senat a’zolari umumiy sonining
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi kabi Senatning ichki tuzilishida qo‘mi-
talar alohida rol o‘ynaydi.
Konstitutsiyaning 87-moddasida Senat muhokamasiga kiri
-
tiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish va tayyor
-
lash, qonunlar hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qaror-
larning ijrosini nazorat qilish uchun senatorlar orasidan Senat
-
ning vakolat muddatiga qo‘mitalar saylanishi belgilangan. Kons-
titutsiyaning shu moddasida zarur bo‘lgan vaqtda muayyan vazi
-
falarni bajarish uchun senatorlar orasidan komissiyalar tuzilishi
ko‘rsatilgan.
Oliy Majlis Senatining ichki tuzilishida Qonunchilik palata
-
sidagi kabi, partiya fraksiyalari, deputat guruhlari, bloklar kabi
tuzilmalar yo‘q.
Oliy Majlis Senati qo‘mitalarini saylash, vakolatlari, ishini
tashkil etish, majlislari, qarorlari, Senat komissiyalari haqidagi
masalalar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining senati to‘g‘-
risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 17–22-moddalarida belgi
-
langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |