Konstitutsiyaviy


-§. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

2-§. Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rni 

va vazifasi

Oliy  Majlis  –  parlamentning  davlat  hokimiyati  tizimidagi 

o‘rnini aniqlash uchun, avvalo, uning davlatchilikdagi, xalq hoki-

miyatini amalga oshirishdagi rolini aniqlash, boshqacha aytganda, 

shu haqda tushunchaga ega bo‘lish kerak.

Parlamentning  vujudga  kelishi  jahon  davlatchilik  tajribasi-

dagi eng yirik voqea desa bo‘ladi. Parlamentning vujudga kelishi, 

birinchidan,

 ming yillar davomida yashab kelgan davlat hokimi

-

1 Qarang: Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va 



yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005. – 37-bet.


352

yatining  bir  kishi  (monarx)  qo‘lida  to‘planishiga  barham  berdi. 



Ikkinchidan,

  yakka  hukmronlikni  chegaraladi. 



Uchinchidan, 

davlat hokimiyatini tarmoqlar asosida amalga oshirish imkoniyati-

ni vujudga keltirdi. 

To‘rtinchidan, 

hokimiyat ishlarida mamlakat 

aholisi  (fuqarolari)  ishtirok  etishining  samarali  vositasi  vujudga 

keldi. 


Beshinchidan,

 davlat, jamiyat faoliyatida vakillik nazorati 

vujudga  keldi. 

Oltinchidan,

  qonun  ishlab  chiqish,  qabul  qilish 

professionalizm asosida olib boriladigan bo‘ldi.

Parlamentizmning  vujudga  kelishi  keyinchalik  davlat  bosh-

qaruvining  eng  demokratik,  davlat  boshqaruvida  ko‘pchilikning 

ishtirokini ta’minlaydigan respublika shaklining paydo bo‘lishi va 

rivojlanishiga ta’sir qildi. 

Parlamentizmning  vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  inson  hu-

quqlarini himoya qilishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda har bir demokratik yo‘l-

dan  borayotgan  mamlakatlar  o‘z  parlamentini  shakllantirish,  ri-

vojlantirishga alohida e’tibor beradi.

O‘zbekistonning  mustaqillikkacha  bo‘lgan  davrini  ko‘radigan 

bo‘lsak, unda oliy qonunchilik organi O‘zbekiston Oliy Soveti hisob-

langan. Lekin, u shakli nuqtayi nazaridangina parlament (vakillik) 

organi bo‘lib, mazmuni parlamentdan ancha yiroq edi. Oliy Sovet 

vujudga kelib butun faoliyat ko‘rsatgan davrda biror marta muqo

-

billik asosida saylov bo‘lmagan. Uning vakillik xarakteri avvaldan 



sun’iy ravishda belgilash asosida qurilar edi. Ya’ni, uning tarkibida 

qancha ishchi, qancha dehqon, qancha ziyoli, qancha ayol bo‘lishi, 

milliy tarkibi avvaldan belgilab qo‘yilar, deputatlar mansablariga, 

lavozimiga qarab o‘ringa ega bo‘lar edi. Oliy Sovet mustaqil hech 

narsani hal qilolmas, faqat markaz manfaatiga mos qonunlar qabul 

qilar yoki partiya ko‘rsatmasi, irodasini qonunga aylantirar edi.

O‘zbekiston parlamentga mustaqillik tufayli erishdi. Parlament

-

ning  tashkil  qilinishida  O‘zbekiston  Respublikasi 



Konstitutsiyasi-

ning 11-moddasid

a mustahkamlangan: “O‘zbekiston Respublikasi 

davlat  hokimiyatining  tizimi  hokimayatning  qonun  chiqaruvchi, 

ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi”, –

 

qoidasiga to‘la amal qilishga va Oliy Majlisning faoliyatini konsti



-

tutsiyaviy asosda tartibga solishga alohida e’tibor berildi.




353

Konstitutsiyaning beshinchi bo‘limidagi XXII bob “O‘zbekis-

ton  Respublikasi  Oliy  Majlisi”  deb  nomlanib,  uning  moddalari 

Oliy Majlis faoliyatini tartibga soladi.

Oliy  Majlis  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Parlamenti  bo‘lib, 

qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi. Shu bilan birga u oliy 

davlat vakillik organidir. 

Konstitutsiyaning 76-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi-

ning Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruv-

chi hokimiyatni amalga oshiradi”, – deyilgan.

Eng avvalo, Oliy Majlis – davlat organi. Uni davlat vakillik 

organi deb yuritilishining sababi, u xalq vakillaridan iborat.

Oliy Majlis ikki palatadan: Qonunchilik palatasi – quyi pala

-

ta, Senat – yuqori palatadan iborat.



Oliy Majlis palatalarining tashkil bo‘lishi, a’zolarining tarkibi-

ni ko‘radigan bo‘lsak, ular aholining keng qatlamlari vakili ekan

-

ligiga guvoh bo‘lamiz. Oliy Majlis palatalarining deputat va sena



-

torlari  orasida  erkaklar  va  ayollar,  turli  yoshdagi  kishilar,  turli 

kasb  egalari,  olimlar,  turli  partiya  vakillari  borligini  ko‘ramiz. 

Ular xalq ishonch bildirgan va xalqdan vakolat olgan kishilardir. 

Ular Oliy Majlis palatalarida xalq nomidan ish ko‘radi. Shuning 

uchun, qonunda Oliy Majlis davlatning vakillik organi, deb belgi

-

lab qo‘yilgan.



Oliy Majlis – vakillik organi sifatida qonunchilik hokimiyatini 

amalga oshiradi. U mamlakatda yagona qonunchilik organi. Oliy 

Majlis qonunchilik organi sifatida qonunlarni qabul qiladi, ularga 

o‘zgartirish kiritadi va zarur hollarda amaldagi qonunlarni bekor 

qiladi. Qonun qabul qilish bilan ular mamlakat ijtimoiy hayotining 

huquqiy asoslarini belgilaydi.

Oliy Majlisning Konstitutsiyada qonunchilik hokimiyati amal

-

ga  oshiradi,  deb  belgilanishi  uning  vazifasi  faqat  qonun  qabul 



qilish bilan cheklanadi, degan xulosani keltirib chiqarmaydi. Oliy 

Majlis  ham  butun  dunyodagi  parlamentlarga  xos  boshqa  vazi

-

falarni bajaradi.



Oliy Majlisning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘na-

lishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;



354

2)  qonun chiqaruvchi, ijro

 etuvchi hamda sud hokimiyati or-

ganlarining tizimini, vakolatlarini belgilash;

3) davlat organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash, say

-

lashda ishtirok etish;



4) mamlakat tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish, 

ularni respublika tarkibidan chiqarish haqidagi masalalar, ma’mu-

riy-hududiy tuzilish masalalarini hal qilish;

5) qabul qilingan qonunlar ijrosini nazorat qilish, ijro hokimi

-

yati (hukumat) faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish.



Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning rivojlanib borishi 

ijro  hokimiyati  faoliyati  ustidan  vakillik  hokimiyati,  ya’ni  parla

-

ment nazoratini kuchaytirishni taqozo etmoqda.



“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqur

-

lashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bu 



masalaga alohida e’tibor berilgan edi. Shu asosda Konstitutsiyaga 

kiritilgan o‘zgartirishlar vakillik hokimiyatining hukumat faoliyati 

ustidan nazoratini, hukumatning, Bosh vazirning parlament oldi-

da mas’uliyatini yanada kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Bu masala

-

lar xususida keyingi bandlarda alohida to‘xtalib o‘tamiz. 



Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi o‘rnini aniqlash

-

da  uning  qonunchilik  hokimiyatini  amalga  oshirishi,  shu  tufayli 



boshqa  har  qanday  hokimiyat  organlarining  faoliyatini  belgilash, 

boshqa organlarni tuzishda ishtirok etishi, ijro hokimiyatining par

-

lament oldida mas’ulligiga e’tibor berish lozim. Ana shu narsalar 



Oliy Majlisning boshqa hokimiyat tuzilmalariga nisbatan ta’sirchan 

vositalarga ega hokimiyat tarmog‘i ekanligini ko‘rsatadi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish