Konstitutsiyaviy


-§. Oliy Majlis palatalarining vakolatlari



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

5-§. Oliy Majlis palatalarining vakolatlari

Oliy  Majlis  parlament  sifatida  o‘z  vazifalariga  va  shu  vazi

-

falarni bajarish uchun yetarli vakolatga ega.



Oliy  Majlisning  vakolatlari  palatalarning  birgalikdagi  va

-

kolatlari asosida vujudga keladi. Shuning uchun yuridik adabi



-

yotlarda, shu jumladan Konstitutsiya va qonunlarda ham asosan 

Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi vakolatlari degan tushun

-

cha ishlatiladi.



Konstitutsiyaning  78-moddasi  palatalarning  birgalikdagi  va

-

kolatlarini  belgilab  qo‘ygan.  Unga  asosan,  Qonunchilik  palatasi 



va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilar:


372

1)  O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish,

 

unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;



2)  O‘zbekiston  Respublikasining  konstitutsiyaviy  qonun

-

larini, qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar 



kiritish;

3)  O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘-

risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

4)  O‘zbekiston  Respublikasi  ichki  va  tashqi  siyosatining 

asosiy  yo‘nalishlarini  belgilash  hamda  davlat  strategik  dasturla-

rini qabul qilish;

5)  O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 

hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini bel

-

gilash;


6)  O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilma

-

larini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan 



chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

7)  boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga 

solish;

8)  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdi-

miga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul 

qilish va uning ijrosini nazorat etish;

9)  soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

10)  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy-hududiy  tuzili-

shi  masalalarini  qonun  yo‘li  bilan  tartibga  solish,  chegaralarini 

o‘zgartirish;

11)  tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, 

ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;

12)  davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish;

13)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  vazirliklar, 

davlat  qo‘mitalari  va  davlat  boshqaruvining  boshqa  organlarini 

tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

14)  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini 

tuzish;


15)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  bi-

 

noan



 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chi

-

qish va tasdiqlash, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivoj-




373

lanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobot

-

larini eshitish va muhokama qilish;



16)  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquq-

lari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;

17)  O‘zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasining  hisobotini 

ko‘rib chiqish;

18)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston 

Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudo

-

faa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish 



zaruriyati  tug‘ilganda  urush  holati  e’lon  qilish  to‘g‘risidagi  far

-

monini tasdiqlash;



19)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  umumiy  yoki 

qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning 

amal qilinishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini 

tasdiqlash;

20)  xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;

21)  Konstitutsiyada  nazarda  tutilgan  boshqa  vakolatlarni 

amalga oshirish.

Oliy Majlis palatalarining bu vakolatlari, qoida tariqasida, av

-

val  Qonunchilik  palatasida,  so‘ngra  Senatda  ko‘rib  chiqilib  hal 



qilinadi.  Zarur  hollarda  yuqoridagilar  Oliy  Majlis  palatalarining 

qo‘shma majlislarida ham ko‘rilishi mumkin. Masalan, Bosh vazir 

nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash asosan qo‘shma majlisda 

amalga oshiriladi.

Oliy Majlis palatalarining birgalikdagi bu vakolatlarini vazifa 

va maqsadiga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin.



1.

  Qonunchilik  sohasidagi  vakolatlar,  bu  Oliy  Majlisning 

asosiy  vazifalaridan  kelib  chiqadi.  Konstitutsiya  qabul  qilish, 

unga  o‘zgartirish  kiritish,  konstitutsiyaviy  qonunlar  qabul  qi-

lish  va  ularga  o‘zgartirish  kiritish  palatalarning  birgalikdagi 

vakolatidir.



2.

 Mamlakatni ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalish-

larini  belgilash  hamda  davlat  strategik  dasturlarini  qabul  qilish, 

jamiyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi eng muhim masalalarda refe-

rendum belgilash, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denon

-

satsiya qilish.




374

3. 

Davlat qurilishi sohasidagi vakolatlar: qonun chiqaruvchi, 

ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari tizimi va vakolatlarini 

belgilash; mamlakat tarkibiga yangi tuzilmalarni qabul qilish va 

chiqarish,  mamlakatning  ma’muriy-hududiy  tuzilmasini  belgi

-

lash,  markaziy  muassasalarni  tuzish  to‘g‘risidagi  Prezident  far



-

monlarini tasdiqlash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish, Bosh 

vazir nomzodini ko‘rib chiqish. 

4. 

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq vakolat

-

lar: davlat budjetini qabul qilish va ijrosini nazorat qilish, soliqlar 



va boshqa to‘lovlarni joriy qilish. 

5. 

Mamlakatning  xavsizligini  ta’minlash  bilan  bog‘liq  va

-

kolatlar: Prezidentning urush holati, umumiy safarbarlik, favqu



-

lodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonlarni tasdiqlash.



6. 

Nazorat sohasidagi vakolatlari, bularga: davlat budjetining 

bajarilishini nazorat qilish, Bosh vazir hisobotini eshitish, Hisob 

palatasining hisobotini ko‘rib chiqish.

Oliy  Majlis  palatalarining  birgalikdagi  vakolatlarini  amalga 

oshirishda Prezident, Vazirlar Mahkamasi ishtirok etadi.

Konstitutsiya mazmunidan ko‘rinib turadiki, Oliy Majlis pala

-

talarida ayrim masalalar Prezident taqdimiga ko‘ra hal qilinsa, ay



-

rim masalalar Prezident farmonlarini tasdiqlash orqali hal qilinadi. 

Bir  holatda,  ya’ni  davlat  budjetini  tasdiqlash  masalasi  Vazirlar 

Mahkamasi taqdimiga binoan hal qilinadi.

Oliy Majlis palatalari birgalikda Oliy Majlisga taalluqli masala

-

larni hal qilsada, ularning o‘zlari hal qiladigan mustaqil masalalar, 



vakolatlarining borligi palatalarning mustaqilligini ko‘rsatadi. Bu 

xususiyat  jahon  parlament  tajribasida  mavjud.  Shuning  uchun 

Konstitutsiyaning 79-moddasida Qonunchilik palatasining mutlaq 

vakolatida ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala-

tasi mutlaq vakolatlariga:

1)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 

palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari 

va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

2)  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurorining  taqdimiga 

binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa-



375

latasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi 

masalalarni hal etish;

3)  o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoi

-

dalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;



4)  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  sohasidagi  u  yoki  bu 

masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati 

maslalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Qonunchilik  palatasining  mutlaq  vakolatlari  shular  bilan 

cheklanib  qolmaydi.  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 

demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda 

siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Qonun va 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiya asosida Kons-

titutsiyaga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qonunchilik palata

-

sida eng ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalarning Bosh vazir nomzo



-

dini ko‘rsatish huquqi, palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga 

Bosh  vazirni  muddatidan  oldin  vazifasidan  ozod  qilishni  so‘rab 

Prezidentga  murojaat  qilish  huquqi  yoki  Bosh  vazirga  nisbatan 

ishonchsizlik votumi bildirish huquqining mavjudligi Qonunchilik 

palatasining huquqlari ancha kengligini ko‘rsatadi.

Konstitutsiyada Oliy Majlis Senatining ham mutlaq vakolat

-

lari  belgilab  qo‘yilgan.  Konstitutsiyaning  80-moddasiga  asosan, 



O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolat

-

lariga:



1)  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati  Raisi

-

ni  va  uning  o‘rinbosarlarini,  qo‘mitalarining  raislari  va  ularning 



o‘rinbosarlarini saylash;

2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;



3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;



4)  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudini saylash;



5)  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan

 

O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mi-



tasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish;


376

6)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston 

Respublikasi  Bosh  prokurori  va  Hisob  palatasi  raisini  tayinlash 

hamda  ularni  lavozimidan  ozod  etish  to‘g‘risidagi  farmonlarini 

tasdiqlash;

7)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  O‘zbekiston 

Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni la

-

vozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;



8)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga 

binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo

-

matik va boshqa vakillarini tayinlash hamda ularni lavozimidan 



ozod etish;

9)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga  bi-

noan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  boshqaruvining 

raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish;

10)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  taqdimiga 

binoan amnistiya to‘g‘risisdagi hujjatlarni qabul qilish;

11)  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurorining  taqdimiga 

binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Senati a’zosini daxl-

 

sizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;



12)  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokurorining,  O‘zbe-

kiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi 

raisining,  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  boshqaruvi 

raisining hisobotlarini eshitish;

13)  o‘z  faoliyatini  tashkil  etish  va  palataning  ichki  tartib-

qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

14)  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  hayot  sohasidagi  u  yoki  bu 

masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati 

masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi.

Senatning  Konstitutsiyada  belgilangan  mutlaq  vakolatlarini 

ham guruhlarga bo‘lib o‘rganilsa, ularni tushunish oson bo‘ladi. 

1.

  Senatning  o‘z  faoliyati  bilan  bog‘liq  vakolatlari.  Bular: 

Senat Raisi, rais o‘rinbosarlari, qo‘mitalar raislari, ularning o‘rin-

bosarlarini  saylash;  Bosh  prokurorning  taqdimiga  binoan  Senat 

a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish masalasini hal qilish; 

o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bi

-

lan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.




377

2.

  Boshqa  markaziy  davlat  organlari  tarkibini  tuzish  bilan 

bog‘liq vakolatlar. Bular: Prezident taqdimiga binoan Konstitutsi

-

yaviy sudni saylash; Prezidentning taqdimiga binoan Oliy xo‘jalik 



sudini saylash; Prezidentning taqdimiga binoan Tabiatni muhofaza 

qilish davlat qo‘mitasi raisini, Markaziy bank boshqaruvi raisini, 

chet  davlatlardagi  diplomatik  va  boshqa  vakillarni  tayinlash  va 

lavozimidan ozod qilish, Bosh prokurorni, Hisob palatasi raisini, 

Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va lavozimidan ozod qi-

lish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash.



3.

  Parlament  nazorati  bo‘yicha  vakolatlar.  Bular:  Bosh 

prokurorning, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, 

Markaziy bank boshqaruvi raisining hisobotini eshitish.



4.

  Fuqarolarning  huquq  va  erkinligi  bilan  bog‘liq  vakolat

-

lar. Bular: Prezidentning taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi 



hujjatlarni qabul qilish.

Senatning  vakolatlariga  e’tibor  bersak,  ularning  ayrimlari 

Prezident taqdimi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ayrimlari 

Prezident farmonlarini tasdiqlash orqali amalga oshiriladigan va

-

kolatlar ekanligini ko‘rish mumkin.



Bundan  qonunchilik  hokimiyati  bilan  davlat  boshlig‘i  yaqin 

aloqada  bo‘lib,  davlat  boshqaruvi  bo‘yicha  ishlarni  hal  qilishini 

ko‘ramiz.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish