Mavzu tо‘lov balansi


Ma’lumotlarning asosiy manbalari



Download 210,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana13.01.2022
Hajmi210,17 Kb.
#355929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3-mavzu

Ma’lumotlarning asosiy manbalari 

Tovar operatsiyalari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbalari davlatning soliq 

tizimi tomonidan tо‘planib, ma’lumotlarni о‘z ichiga oluvchi savdo hisobotlari, bank tizimi 

orqali chet el valyutasining tо‘lovlari va oqimini kо‘rsatuvchi valyuta almashuvi bо‘yicha 

ma’lumotlar hisoblanadi. 

Savdo  hisobotlarida  tovarlarning  davlat  chegarasi  orqali  jismoniy  harakati,  banklar 

orqali  amalga  oshirilgan  va  xizmatlar  uchun  tо‘lovlarda  valyuta  almashuvi  bо‘yicha 

ma’lumotlar, shuningdek, bank tizimi orqali daromadlar harakati aks etadi. Bu manbalardan 

foydalanilganda doim ham egalik huquqining sotuvchidan xaridorga о‘tayotganida (ikkala 

tomonning  ham  buxgalteriya  kitobida  aks  etadi)  tо‘lov  balansining  о‘tkazish  prinsipi 

operatsiyasini  tuzishda  joriy  manbaga  amal  qilinmaydi.  Shuning  uchun  operatsiya 

о‘rtasidagi  farq  ularni  kategoriyalarga  bо‘lim  operatsiyalarini  amalga  oshirish  vaqti 

tushunchasi,  shuningdek,  qiymati  baholashlarni  ifodalovchi  tuzatishlarni  kiritish  kerak 

bо‘lishi mumkin. Valyuta almashuvi tо‘g‘risidagi ma’lumotlarda operatsiyalar hisobi uchun 

tuzatishlar  kiritilishi  kerakki,  bularni  amalga  oshirishda  tо‘lov  bank  tizimi  orqali 

bajarilmaydi. Natural kо‘rinishdagi davlat importi, barter bitimlari, bir yoqli transfertlar va 

chet eldagi moliyaviy aktiv  va passivlar hajmining о‘zgarishi  yordamida bevosita amalga 

oshirilgan  operatsiyalar  valyuta  almashuvi  tо‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  kiritiladigan 

moddalar qatoriga tegishlidir. 

Bojxona hisoboti ma’lumotini korreksiya misoli tariqasida mamlakatdagi kemalar va 

dengiz  ovchilari  ochiq  dengizdan  tutgan  ovini  chet  elda  realizatsiya  qilishlarini  olish 

mumkin. 


Turli  moddalarni  kategoriyalarga  bо‘lish  bilan  bog‘liq  tuzatishlar  bо‘yicha  hamma 

eksport  FOB  asosida  о‘tkazilishi  kerak.  Bunda  ma’lum  о‘zgartirishlar  “Transportatsiya” 

moddasiga  kiritilishi  lozim.  Operatsiyani  amalga  oshirish  vaqti  bilan  bog‘liq  bо‘lgan 

tuzatish  tovar  oqimi  hajmi  о‘zgarishida  shuningdek,  davlat  rezidentlari  chet  eldagi 




zahiralarga  ega  bо‘lganda  yoki  rezident  emaslar  –  quriladigan  davlatdagi  zahiralarga  ega 

bо‘lganida muhim bо‘lishi mumkin. 

Savdo hisobotlarida tovarlarning jismoniy kuchi qayd qilinadi va shuning uchun bu 

zahiralar  hajmini  о‘zgartirishda  ularga  tuzatishlar  kiritish  kerak.  Valyuta  hisobotlarida 

operatsiyalarni amalga oshirish vaqti bilan bog‘liq bо‘lgan tuzatish kapitallar harakatidagi 

aktivlar va passiv о‘zgarishni kо‘rsatish uchun kiritiladi. Qiymat bо‘yicha tuzatishlar asosiy 

manbalardan olinadigan ma’lumotlar bozor narxini ifodalamaganda zarur bо‘ladi. 

Ba’zi xususiy operatsiyalarni baholashda, valyuta almashuvi ustidan kuchli nazorat 

bо‘lmagan  davlatlarga  tegishli  sо‘rovnomalar  yoki  tanlama  kuzatishlar  olib  borish  kerak 

bо‘lishi mumkin. “Turizm” tо‘lov balansi moddasini baholashda ba’zan davlat redidentlari 

tomonidan  chet  elda  о‘tkaziladigan  sutkaning  о‘rtacha  summasini  kunlarning  umumiy 

soniga  kо‘paytiriladi,  shuningdek,  ushbu  davlatda  chet  elliklar  tomonidan  о‘tkaziladigan 

kunlar soniga kо‘paytiriladi. 

Sutkaning  о‘rtacha  kattaligini  aniqlash  uchun  sayohat  agentligi,  banklar, 

mehmonxona  va  dо‘konlardan  olingan  ma’lumotlardan  foydalanish  mumkin.  Chet  el 

turistlarining mehmonxonalarda о‘tkazgan kunlari soni tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni tо‘plash 

mumkin. Turizm bо‘yicha ma’lumotlar davlatlararo ba’zi ma’lumot almashish yо‘li orqali 

tekshirilishi  mumkin.  Sо‘rovnomalardan,  shuningdek  kema  va  aviakompaniyaning 

yо‘lovchilik  chiptasi  narxi  tо‘g‘risidagi  ma’lumot,  investitsion  foyda  va  trans  milliy 

kompaniyalarining  tо‘g‘ri  investitsiyalari  tо‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  olishda  foydalanish 

mumkin. 

Qisqa muddatli kapital oqimi bо‘yicha ma’lumotlar, odatda, ishonchsiz hisoblanadi. 

Valyuta  almashuvi  tо‘g‘risidagi  ma’lumotlarning  asosiy  manbai  sifatida  ishlatilishida 

tijorat,  kredit  tо‘g‘risidagi  ma’lumotni,  qiyin  bо‘lsa,  sо‘rovnomalarni  qо‘llaganda 

ma’lumotning  kerakli  hajmini  olishi,  shuningdek,  uning  ishonchliligini  ta’minlash  esa 

murakkabdir. 




Download 210,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish