real
respublikalar qabul qiluvchi
debet tо‘lov balansini yomonlashtiradi, degan fikr paydo bо‘ladi. Hozirgi paytda eng
tarqalgan yondashuv bu joriy hisobga barcha transfertlar kirishidir. Tovarlar, xizmatlar,
daromadlar va bir
yoqli transfertlar balansi ikkinchi real operatsiyalar natijasida
о‘zgaradigan moliyaviy aktivlarning haqiqiy kattaligini ifodalaydi. Joriy operatsiyalar
hisobi balansi sof kapital oqimi kattaligini ifoda etadi. Joriy operatsiyalar hisobi balansi sof
kapital oqimi kattaligi yoki zahiralar va parallel moddalar summasining о‘zgarishi bilan mos
kelishi kerak.
Joriy operatsiyalar hisobining muvozanatsizlashtirilganligi doim ham iqtisodiy
о‘zgartirish kiritish ehtiyojini kо‘rsatmaydi. Misol uchun, davlat rahbariyati rivojlantirishga
qaratilgan xarajatlar bilan bog‘liq uzoq muddatli kapitallar oqimi hisobidan
moliyalashtirilgan defitsitning joriy operatsiyalar hisobini saqlashga borishi va aksincha,
tashqi investitsiyani moliyalashtirish uchun joriy operatsiyalar hisobining ijobiy saldosini
saqlashga о‘z faoliyatini qaratishi mumkin.
Joriy operatsiya hisobi saldosi о‘ziga xos tahliliy ahamiyatga egaligi yana ikkita omil
bilan ifodalanadi. Birinchisi, agar transfertlar bilan bog‘liq bо‘lgan noaniqlik hisobga
olinmasa, kattalik bо‘yicha joriy operatsiyalar hisobining defitsiti yoki ijobiy saldosi
iqtisodiyotning qolgan boshqa barcha sektorlari bо‘yicha jamg‘armalar summasining о‘sishi
yoki qisqarishiga teng bо‘ladi. Ikkinchisi, joriy operatsiyalar hisobining saldosi sof tashqi
qarzlar hajmining о‘zgarishiga tengdir. Umumiy balansga erishish uchun chiziq tagiga faqat
yuqori likvidli aktivlar va pul-kredit organlarining qisqa muddatli passivlar hajmining (yoki
ular tomonidan boshqariladigan ma’lum bir aktiv yoki passiv) kо‘rsatkichi joylashtiriladi.
Pul
−
kredit boshqaruv organlarining oltin, qimmatli qog‘ozlar va aktivlari odatda zahiralar
tarkibiga kirgan bir paytda, depozit pul banklaridagi aynan shu xil aktivlar tushunchasi
subyektiv hisoblanadi va hukumat bu aktivlarning ishlatilishini qay darajada nazorat
qilishiga bog‘liq.
Bundan tashqari passivlar tushunchasi bilan bog‘liq bо‘lgan qiyinchilik ham yuzaga
keladi.
XVF tomonidan ishlatiladigan kreditlar zahiralar kategoriyasiga kiritiladi va ba’zi
hollarda ma’lum talablarni bajaruvchi tomonidan zahira aktivlari sifatida qaraladigan
passivlar, shuningdek chiziq ostiga joylashtiriladi (masalan, ma’lum MBning boshqa MB
lardagi hisoblari). Ushbu yondashuvning afzallik tomoni shundaki, u balanslarni aniqlashda
muvofiqlikni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |